Xulosa qilib aytganda, AQSH davlatining yuzaga kelishi, rivojlanishi erkinlik ruhiyatida davom etib, bu o`ziga xoslikni shakllantirgan. Mavjud tabiiy va ijtimoiy sharoit ishbilaromnlik, tashabbuskorik, ijtimoiy faollik ruhida bo`lishga moyilik tug`dirib, har qanday qiyinchilik, mehnatsevarlikka da’vat qilgan. Bu siyosiy erkinlik, demokratik tizim sharoitida jamiyatning shakllanishi, iqtisodiy rivojlanishning tezlashuvi va sog`lom ravishda davom etishiga katta ta’sir ko`rsatib keladi. Siyosiy, iqtisodiy erkinlik haqiqiy kuchli davlat va jamiyatni yaratishga olib kelgan. Albatta bunda avvalo kuchli, taraqqiy etgan bozor munosabatlari asosidagi iqtisodiyotning xal qiluvchi ahamiyati kattadir. Aytish mumkinki, AQSHni shu darajaga yetkazgan avvalo uning qudratli bozor iqtisodiyotidir.
Iqtisodiyotni sog`lomlashtirish, raqobatdoshlikni ta’minlash, ish o`rinlarining qimmatlashib borishi kabilar va shuningdek ayniqsa xomashyolarga jahon narx-navolarining ko`tarilib borishi yangi resurslarni saqlovchi texnologiyani qo`llash, mehnat unumdorligining o`sishini ta’minlovchi texnika va ish usullarini qo`llagan xolda ishlab chiqarishni yangilab borish ilg`or iqtisodiyotni yuzaga keltirishda asos bo`lib xizmat qilgan. Bu esa ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish va yangi serunum texnika va texnologiyalarga talabni kuchaytirib bordi.
AQSH o`zining qudratli iqtisodiyoti salohiyatidan foydalangan xolda o`zining manfaatiga xos davlatlarni rag`batlantirish va moliyaviy qo`llashda bevositalik bilan jahon banki, Xalqaro moliya fondi va qator xalqaro tashkilotlar ta’sirli o`rin egallagani uchun bularning imkoniyatlarini ham ishga solib, vositachilik usulidan ham keng foydalanadi. Shu bilan birga Shimoliy Amerikada erkin savdo bo`yicha kelishuv ham kelajakda AQSH iqtisodiyotiga katta naf keltirishi kutilmoqda.
Amerika statistikasi bo`yicha mayda firmalarga 50 kishigacha band korxonalar kiradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu raqam 1-10 kishini tashkil etadi. Bu firmalar shunchalik asosliki, u ko`p pog`onali bozor iqtisodiyotida fundamental quyi qavat hisoblanadi.
Mayda biznes individual, oilaviy va kichik guruhiy shalklarida bo`ladi. Bu hunarmandchilik, kosibchilik, savdoda, xizmat ko`rsatish sohalarida juda avj olgan. Eng muhimi, bu avvalo daromad manbai, tirikchilik asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham ommaviy tus oladi. Shu bilan birga iste’mol buyumlari ishlab chiqarish va ularni sotishda katta o`rin egallaydi. Ko`p xollarda bu ko`pincha daromad va faoliyat qismi bo`lib, pul jamg`armasiga ega bo`lgan yollanma ishlovchilar ham bunday biznes bilan shug`ullanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |