4.5. Demokratik xalqchanlik iqtisodiyotining xususiyatlari
AQSH iqtisodiyotining demokratik – xalqlilik xususiyatlari mavjud deyiladi. Bu faqat maqtash, ijobiylikni ko`rsatish uchungina emas, balki haqiqatligi mavjudligi bilan bog`langandir. Amerika iqtisodiyotidagi xalqlilik ikki tomon bilan belgilanadi: iqtisodiyotda, uning daromad taqsimotidagi xalq qatnashuvi darajasi va biznesdagi ommaviylik.
G`arb iqtisodchilari ikki qarama-qarshi xalqaro iqtisodiy-siyosiy tizim mavjudligida Amerikani “xalq kapitalizmi” deb atashar edi. Buning sababi aksioner kapitalining rivojlanishi va kompaniyalarning asosan aksionerlik asosida bo`lishidir. Haqiqatdan AQSH kapitali asosan shu shakldagi tashkiliylikda bo`lib, bunga millionlab ishtirokchilar jalb etilgan.
Aksionerlik jamiyati aksiya chiqarish hisobiga tuzilgan korxona, birlashma, korporatsiyalardan iiborat. Aksiyalar erkin xolda harakatda bo`lib, uni xatto sotish, taqdim etish kabilardir. Har bir savdoga chiqarilgan aksiyalar istagan shaxs tomonidan xarid qilib olinadi. Aksiyaga ega bo`lish esa shu kompaniyaning mulkiga sheriklik huquqini beradi. Bundagi eng muhim narsa aksiyalarning mulk sifatida harakatda bo`lishi bilan birga u dividend sifatida daromad keltiradi. Dividend darajasi aksiya chiqargan korxona faoliyatiga bog`liq bo`lib, asosan bu olinadigan foydaning taqsimlanishidan keladi. Demak, aksiyaga ega bo`lishlikning asosiy maqsadi ham shu, ya’ni yillik xo`jalik faoliyatidan keladigan korxona-firmaning foydasiga sherik bo`lishdir.
Aksiyaga egalik bilan aksioner bo`lishlik shu korxona, kompaniyaning a’zosi bo`lish huquqini beradi. Bundagi eng muhim narsa aksiyalarning mulk sifatida harakatda bo`lishi bilan birga u divident sifatida daromad keltirishidir. Divident darajasi aksiya chiqargan korxona faoliyatiga bog`liq bo`lib, asosan bu olinadigan foydaning taqsimlanishidan keladi. Demak, aksiyaga ega bo`lishlikning asosiy maqsadi ham shu, ya’ni yillik xo`jalik faoliyatidan keladigan korxona-firmaning foydasiga sherik bo`lishdir.
Aksiyaga ega bo`lish erkin bo`lib, buning egalari, aytganimizdek, Amerikada millionlabdir. Bu tarzdagi kapital harakatiga xos yana bir narsa shuki, aksiya egalari aksiya chiqaruvchi korxona, firmaning faoliyatiga qatnashuv huquqiga ega. Bunda boshqaruvda ishtirok etish, hisoblardan xabardor bo`lib fikr bildirish huquqlari beriladi. Bunga bog`liq chora-tadbirlarda korxona egalari qatori faol qatnashuv huquqi beriladi. Lekin amalda bunday bo`lavermaydi. Chunki bu mavjud sharoitlarga bog`liq. Ommaviy aksiya egalari haqiqiy kapital egalari, firma tashkilotchilaridek korxonani boshqarishda faol qatnashish sharoitiga ega bo`lmaydilar. Birinchidan, bu egalik qilinadigan aksiya miqdoriga bog`liq, ya’ni ovoz berish, o`z fikr, maslahatlarini ro`yobga chiqarish, korxona faoliyatiga ta’sir ko`rstaish uchun ko`p miqdordagi iksiyaga ega bo`lish kerak. Shunda ko`p ovoz olish va o`z fikrini o`tkazish mumkin. Ikkinchidan, ko`pchilik egalari o`z ishlari bilan band bo`lib, majlislarga qatnashish, firmani boshqarish kabilarda ishtirok etish uchun vaqtlari ham bo`lmaydi. Hududiy sabab ham mavjud bo`lib, bunda boshqa shaharlarda istiqomat qiluvchilar korxona joylashgan shaharga qatnash imkoniyatiga ham ega bo`lmaydilar.
Lekin aksiyador korxona mulkiga egalik qilish va divident olish huquqiga doimo ega bo`ladi hamda o`zini shu aksiya chiqargan firmaning mulkdorlaridan hisoblaydi. Basharti lozim topsa aksiyalarni sotib, o`ziga ma’qul boshqa firma aksiyasini sotish olishi mumkin. Amalda doimo shunday ham bo`ladi. Bu fond birjalarida to`xtovsiz yuz beradigan xodisadir. Qanday bo`lmasin mulkchilikni amalga oshirishda, xo`jalik faoliyati natijalarini baholi ko`rishda demokratik mazmun yuzaga keladi. Chunki aksiya egalari korxona egalaridan hisoblanadi, dividentsiz esa aksionerlarning birgalikda boshqaruv va daromadlarni birgalikda taqsimlash tufayli yuzaga kelishi imkoni tug`iladi. Chunki yuqori boshqaruv organi aksionerlar irodasi va manfaatiga itoat etadi. Aksionerlik jamiyati organlari orqali mulkdorlikka xos mahsulot ishlab chiqarish, daromadni taqsimlash jarayonlarida ishtirok etishi kabilarni aksionerlashgan sarmoyalar hisobiga amalga oshirilishiga ta’sir etish huquqiga ega.
Bundan tashqari iqtisodiyotdagi xalqchilik ommaviy mayda biznesda o`z ifodasini topadi. Erkin bozor iqtisodiyotida tadbirkorlikka katta yo`l ochiq. Shuning uchun har bir fuqaro bu ish bilan shug`ullanishi mumkin. Amalda ham shunday bo`ladi. Juda ko`pchilik imkoni boricha, qo`ldan kelguncha biznes bilan shug`ullanishga harakat qiladi. Ayniqsa mayda biznes hozirgi davrda juda keng tarqalgan holat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |