“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 8,11 Mb.
bet11/166
Sana27.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#473608
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   166
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti nazariyasi

Nazorat savollar:

  1. Milliy bozor iqtisodiyoti shakllanishida jahon tajribasining ahamiyati nimalarda namoyon bo’ladi?

  2. Jahon iqtisodiyotiga qo‘shilishda mamlakatlar bozor iqtisodiyotini o‘rganish zaruriyati.

  3. Rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi o’rganishdan maqsad.

  4. Rivojlangan mamlakatlarda bozor tajribasini o‘rganishni magistrlik faoliyatidagi o‘rni.

  5. Rivojlangan mamlakatlar belgilari.

  6. Jahon mamlakatlarining guruhiy turlarini sanab bering.

2-BOB. BOZOR IQTISODIYOTINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY SHARTLARI


2.1. Bozor iqtisodiyotining asosiy mohiyati
2.2. Bozor iqtisodiyotining yyetakchi mexanizmlari
2.3. Bozor infratuzilmasi
2.4. Davlat faoliyati va bozor iqtisodiyoti muvozanati
2.5. Mulk shakllarining bozorga ta’siri
2.6. Davlat mulkini xususiylashtirish
Tayanch so’z va iboralar

Pirovard, bozor bahosi, monopoliya, aksmonopoliya, raqobat mexanizmi, xususiy mulk.




2.1. Bozor iqtisodiyotining asosiy mohiyati

Bozor sivilizatsiyali taraqqiyot maxsuli bo‘lib, u inson iqtisodiy faoliyatining yuqori cho‘qqisidir. Iqtisodiy faoliyat amaliyoti shuni tasdiqlaydiki, xo‘jalikni bozor asosida uyushtirish eng samarali usuldir. Chunki u iqtisodiy taraqqiyotni haqiqatdan ham inson manfaatidan keltirib chiqaradi.


Bozorning tarixi katta, u qadam-qadimdan ma’lum narsa. Ayniqsa, sharq bozorlari asrlar osha o‘z dovrug‘ini taratib kelgan. O‘zbekiston hududida ham shunday bozorlar va “Buyuk ipak yo’li” kabi savdo yo’llari o‘tgan. Lekin hozir bozor iqtisodiyotini qurmoqdamiz. Bunda qarama-qarshilik, tushunmovchilik mavjuddek tuyiladi. Buning uchun bozor iqtisodiyoti mohiyatiga diqqatimizni qaratishimiz kerak.
Bozor eskidan oldi-sotdi joyi, sotuvchi va xaridorlar joyi, chakana savdo jarayoni bilan chegaralanib, qadimiy “Sharq bozori” mazmunini bildirib, hayot asosan natural xo‘jalikka asoslangan bo‘ladi. Bozor oddiy va hayotiy yuzaki tushunchani bildirsa, bozor iqtisodiyoti to‘la mazmunli va ilmiy tushunchadir.
Bozor iqtisodiyotida iste’molning barchasi bir tizim sifatida bozor munosabatlari asosida shakllanib rivojlanadi. Ishlab chiqarish bozorning asosiy mexanizmlaridan biri bo‘lgan taklifga aylanishi tufayli reallashadi. Moddiy ishlab chiqarish jarayoni qanchalik muhim ahamiyat kasb etmasin, u iste’mol uchun atalgan va bozor sharoitida talabdan kelib chiqadi. Chunki inson iste’moli uning ehtiyoji talabga aylanishi tufayligina yuzaga keladi. Bozor munosabatlari sharoitida bozordagi talab asos bo‘lganligi uchun ishlab chiqarish.vosita sifatida xizmat qiladi, ishlab chiqarish bozor iqtisodiyoti tarkibida bo‘lib, uning moddiy asosini tashkil etadi. Umuman ishlab chiqarish bozor munosabatlari, uning qonun talablari asosida rivojlanadi. Demak, bozor iqtisodiyotida inson talabi, uning iste’moli yuqori bo‘lgani xolda ishlab chiqarish buning vositasi vazifasini bajaradi va talab uchungina xizmat qiladi. Shuning uchun bozor iqtisodiyotida tovar muomalasi tushunchasi bilan birga iqtisodiy aloqa usuli, umuman xo‘jalik yuritish usuli tushunchalari mavjud, bularni aslo inkor etib bo‘lmaydi.
Lekin bozor iqtisodiyotining mohiyati muomala va iqtisodiy aloqalarga nisbatan kengdir. Bozor iqtisodiyoti avvalo barcha xo‘jalik tarmoqlari, iqtisod turlari, sohalariga ta’sir o‘tkazadi. Bunday ta’sir etish mikroiqtisodiyot bilan chegaralanmay, balki makroiqtisodiyotning asosiy tomonlariga mazmun berib, ularni o‘z doirasiga oladi. Ma’lumki, iqtisodiy proportsiya, balanslar bozor ta’sirisiz bo‘lishi mumkin emas. Chunki avvalo resurslar bozori mavjud bo‘lib, ularning joylashuvi va taqsimlanishi bozor mexanizmlari ta’siri ostida bo‘ladi. Ishlab chiqarish sohalari va ularning hosilasi – tovarlar bozorining asosi hisoblangan talab ta’siri tufayligina reallashmog‘i mumkin.
Shunday qilib bozor iqtisodiyoti tovarlar muomalasi, iqtisodiy aloqa usuligina bo‘lib qolmay, balki iqtisodiy tizimdir, ya’ni iqtisodiyot tizimiga xos barcha xususiyatlarni o‘zida aks ettiruvchi va iqtisodiyotning barcha tomonlariga ta’sir etib, o‘ziga qamrab oluvchi iqtisodiy tizimdir. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy sohalar va tarmoqlarning o‘zaro bog‘liqligi asosidagi birlikdir.
Bozor iqtisodiyoti deganda avvalo bozor usulidagi iqtisodiyot, bozor munosabatlari asosidagi rivojlanayotgan iqtisodiyotni tushunamiz. Iqtisodiyotning ayrim qismlari yoki ayrim hudud iqtisodiyotida bozor munosabatlarining ta’sir etishi emas, balki iqtisodiyotning asosiy va ko‘pchilik qismida yoki asosan iqtisodiyotning bozor munosabatlari asosida to‘la rivojlanishidir. Bunday xolda iqtisodiyot bozor mazmuniga ega bo‘ladi, chunki bozor munosabatlari tasodifiy, ayrim xollarda uchraydigan voqelik bo‘lmay, balki u umumiy va ommaviy iqtisodiy xodisa bo‘lib, zaruriy talab holatiga aylanadi. Bozor iqtisodiyotida bozor munosabatlari tizimi yuzaga keladi va iqtisodiyot shunday tizim asosida rivojlanadi.
Bozor iqtisodiyoti erkin harakatdagi, o‘zini-o‘zi boshqaruvchi va tartibga soluvchi ichki qudratga ega. Bu qudrat – kuch bozor munosabatlari, bozor mexanizmlaridir.
Bozor iqtisodiyotining erkinlik xususiyati avvalo tadbirkorlar va tanlov erkinligidan iboratdir. Xususiy tadbirkor iqtisodiy resurslarni erkin qo‘lga kiritish va egalik qilish huquqiga ega bo‘lib, resurslardan ihtiyoriy ravishda tovarlar ishlab chiqarish, shuningdek firmalarning istagi bo‘yicha ularni sotish imkoniga egadir. Nima ishlab chiqarish, qachon, qancha, qaerda, mahsulotlarni qanday tasarruf etish erkin xolda xal qilinadi. Tadbirkorlarning ma’lum tarmoqda ish ko‘rish yoki tarmoqdan chiqish ihtiyori o‘zlarida bo‘lib, bunga to‘siqlik qiluvchi kuch bo‘lmasligi kerak.
Erkin tanlash imkonini olsak, bozor sharoitida kapital va moddiy resurslar egalarining bularni o‘z ihtiyorlari bo‘yicha ishlatish yoki ish tutish huquqi va imkoniga ega bo‘lishdan iboratdir. Shu bilan birga ishlovchilar istagan mehnat turi bilan shug‘ullana olish imkoniga ham ega bo‘ladilar. So‘ngra iste’molchilar o‘z daromadlari xajmiga qarab istagan miqdorda, sifatda biror yoki turli xildagi tovar va xizmatlarni sotib oladilar. Iste’mol tanlovi eng kuchli erkinlikdir. SHu nuqtai nazardan ishlab chiqaruvchi – sotuvchining erkinligi xaridor erkinligiga bog‘liq va shundan kelib chiqib, pirovardida ishlab chiqaruvchining erkinligi xaridor erkinligi tufayli reallashadi.
Bozor iqtisodiyotining muhim tomoni shuki, u inson manfaatidan kelib chiqadi. Chunki barcha bozor ishtirokchilari go‘yo o‘zlarining shaxsiy manfaatlari uchun kurashadilar, amalda esa deyarli barchaning manfaati ta’minlanadi.
Ma’lumki, amalda tovar ishlab chiqaruvchi tadbirkor – sotuvchi faqat o‘z shaxsiy manfaatini asos qilib oladi va barcha faoliyatini shunga qaratadi. Iste’molchi esa imkoni boricha arzonroq mol olish va ko‘proq foydaga erishishga harakat qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha shaxsiy manfaat ustida qayg‘uradi va biri ikkinchisining hisobiga o‘z manfaatini ta’minlashga urinadi. Lekin aytganimizdek, deyarli barchaning manfaati ta’minlanadi.
Ishlab chiqaruvchi – sotuvchi iste’molchini manfaatini o‘ylamaydi, u o‘zini o‘ylab harakat qiladi va iste’molchi – xaridor hisobiga boyishni chamalaydi. Lekin tadbirkor albatta tovarini sotishi kerak. Bu esa faqat unga bog‘liq emas. Tovar sotilishi uchun iste’molchining manfaatini ifodalovchi talab shakllanishi zarur. Bu esa asosan iste’molchi - xaridorga bog‘liqdir. Tadbirkor iste’mol talabiga mos tovar ishlab chiqarishi mumkin xolos. Har qanday sharoitda ham tadbirkor iste’molchini e’tiborga olishga majbur. Bozor iqtisodiyotining qonuni shuki, unda talabga mos, sotiladigan tovarlargina ishlab chiqariladi. Iste’mol har qanday ishlab chiqarishning maqsadidir va ishlab chiqaruvchining manfaatlari shuning uchun ham e’tiborliki, u iste’molchilar manfaati uchungina xizmat qiladi.
Demak, tadbirkorning manfaati xaridorning manfaatiga mutloq bog‘liqdir. Tadbirkorning manfaati inson shaxsiy manfaati tufayli ro‘yobga chiqishi mumkin. Bozor munosabatlarigina iqtisodiyotni inson manfaatiga to‘la qarata oladi. Bu esa bozorning asosiy ustunligi, barqarorligi va istiqbolini belgilab beradi. Aytish mumkinki, bozor iqtisodiyoti sharoitida manfaatlar mosligi, shu tufayli iqtisodiyotning to‘laqonli harakati, yuqori darajali taraqqiyoti ta’minlanishi mumkinligi mavjuddir. Manfaatlar mosligi, ayniqsa inson shaxsiy manfaatini asoslanganligi bozor iqtisodiyotiga qudratli kuch bag‘ishlaydi.
Bozor iqtisodiyotida tovar ishlab chiqarish juda ahamiyatlidir. Asli bozor tovar ishlab chiqarish mahsulidir. U qadimiy iqtisodiy voqelikka ega bo‘lib, o‘z taraqqiyoti tufayli bozorni yuzaga keltiradi. Ma’lumki, tovar ishlab chiqarishning tub mohiyati ayirboshlash, bozor uchun ishlab chiqarishdir. Mahsulot ayirboshlash, uning darajasi, mavjud shakllari tovar ishlab chiqarishga bog‘liqdir. Zero, bozor munosabatlari tovar ishlab chiqarish va uning muomalasi tufayli yuzaga kelib rivojlanadi.
Bozor iqtisodiyotining shakllanishi tovar ishlab chiqarishni va muomalasini taraqqiy ettirish, ularning yuqori darajasiga erishuvini talab etadi. Bu avvalo, bozor uchun zarur tovarlar mavjudligiga erishish bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, bu juda yuqori darajada bo‘lmog‘i zarur. Keng tarmoqli, katta xajmdagi va juda xilma-xil tovarlar ishlab chiqarishni tashkil etish kerak. Shunday yol bilangina bozor iqtisodiyotining moddiy asosi yaratiladi. Bu ayni vaqtda zarur bozor munosabatlari uchun iqtisodiy sharoitlarni kengaytirib boradi.
Ma’lum darajagacha bu jarayon tovar ishlab chiqarishdan kelib chiqsa, so‘ngra ahamiyat nuqtai nazaridan o‘zaro o‘rin almashish yuz berib, bozor iqtisodiyoti tizimi shakllanishi tufayli tovar ishlab chiqarishga ta’sir kuchayib boradi. Natijada tovar ishlab chiqarish bozor iqtisodiyoti qismiga aylanib, uning moddiy asosini yaratuvchidan iborat bo‘ladi. Endi bozorning rivoji tovar ishlab chiqarish miqyosiga bog‘liq bo‘lib qoladi va talabning miqdori va tuzumiga bog‘liq bo‘ladi.

Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish