Nazorat savollar:
1.Yaponiya iqtisodiyotining jahondagi yyetakchiligi nimalarda o`z ifodasini topadi?
2.Yaponiya iqtisodiy “mo`jizasi”ning mazmuni nimada?
3.Yaponiyaning yangi texnologiya, avtomatikada jahondagi yyetakchiligini aytib bering.
4.Yaponiya tadbirkorligida milliylikning mazmuni nimadan iborat?
5.Yaponcha menejment deganda nimani tushunasiz?
6.Yaponiya militarizmini Ikkinchi Jahon urushidan keyin demokratik kapitalizm bilan almashuvining bozor iqtisodiyoti rivojidagi ahamiyati nimalardan iborat?
7.Yaponiya iqtisodiy “mo`jizasi”da ilmiy-texnik taraqqiyotning o`rni qanday bo`lgan?
8. Yaponiyaga jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozining ta’sir doirasi qay darajada bo`ldi?
9. Yaponiyaning jahon moliyaviy - iqtisodiy inqiroziga qarshi qo`llayotgan choralari haqida nimalarni bilasiz?
8-BOB. JANUBIY-SHARQIY OSIYODAGI YANGI INDUSTRIAL MAMLAKATLARDA BAZAR TAJRIBASI
REJA:
8.1. Osiyo “Ajdaholari” va “Yo`lbarslari”
8.2. Janubiy Koreyada bozor iqtisodiyoti rivoji
8.3. Singapurda bozor iqtisodiyoti xususiyatlari
8.4.Tayvan va Gonkong bozor rivoji tajribasi
8.5. “Yo`lbarslar”da bozor munosabatlarining
iqtisodiy rivojga ta’siri
Tayanch so’z va iboralar
Eksport, industriallashtirish, kredit, strategiya, sanoat,savdo, moliya, ta’lim, mudofaa.
8.1. Osiyo “Ajdaholari” va “Yo`lbarslari”
XX – asrning ikkinchi yarmida Sharqiy-Janubiy Osiyoda tez rivojlangan va industrial mamlakatlar paydo bo`lib, o`z iqtisodiy salohiyati bo`yicha rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo`shilgan va yaqinlashayotgan mamlakatlar yuzaga keldi. Bulardagi yirik muvaffaqiyatlarni bozor munosabatlariga o`tish va uning mexanizmlaridan keng va chuqur foydalanish tufayli yuz berib, davlat iqtisodiy siyosatlarining oqilona amalga oshilirishining natijasi, deb tushuntirish mumkin. Osiyo “Ajdaholari” qatoriga Janubiy Koreya, Singapur,, Tayvan va Gonkong davlatlari kiradi. Janubiy Korea, Tayvan va Gonkong Sharqiy Osiyoda joylashgan bo`lsa, Singapur Sharqiy-Janubiy Osiyodadir. Bularda iqtisodiy taraqqiyot darajasi yuqori bo`lib, rivojlangan mamlakatlar hisoblanadi va o`z iqtisodiy salohiyati bilan shu mazmunga to`la muvofiq keladi.
Osiyo “Yo`lbarslariga” Malayziya, Tailand, Indoneziya va Filippin davlatlari kirib, bular asosan Sharqiy-Janubiy Osiyoda joylashgan, iqtisodiy darajasi bo`yicha rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo`shilishga yaqinlashib qolgandir.
Bu mamlakatlar Iikkinchi jahon urushidan keyin ham qoloq agrar mamlakatlar hisoblanib, boyligi asosan sholi yyetishtirish va biroz qazilma boyliklariga ega, mahsulot ishlab chiqarish esa past darajada va qoloq xoldagi qishloq xo`jaligiga ega bo`lib, agrar mamlakatlardan iborat edi.
Lekin juda qisqa vaqt ichida qoloqlikdan chiqib, qashshoqlikning oldi olinib, iqtisodiy ravnaq yo`nalishini qo`llay oldilar. Bunda davlat barcha imkoniyatlarni to`la hisobga olgan xolda iqtisodiy ochiqlik, erkin taraqqiyot siyosatini qo`llagan xolda oqilona ish yuritib bozor munosabatlariga o`tishni tezlashtirgan tarzda taraqqiyot sari intila boshladilar. Rivojlangan mamlakatlar tajribasini keng va maksimal ravishda foydalanilib, ularning yordamlarini ishga solgan xolda, iqtisodiyot harakatini erkinlashtirdilar.
Hozirga kelib bu mamlakatlar tez rivojlanuvchi va xatto AQSH, Yaponiya va G`arbiy Yevropa mamlakatlarigacha mahsulotlar yetkazib beruvchi hamda yuqori sifatli va xalqaro standartlarga to`g`ri keluvchi tovar ishlab chiqaradigan mamlakatlar qatoriga qo`shilgandir. Bunda ilg`or texnologiyaning keng qo`llanishi, ishlab chiqarishning ekologikligi darajasida bo`lishligi rivojlanish darajasiga yanada aniqlik kiritadi.
Birinchi to`rtlik, ya’ni “”Ajdaholar” shu bilan birga, aytganimizdek, rivojlangan mamlakatlardan hisoblanib, jahonda eng yirik moliya markazlaridan va jahon eksporterlaridandir. Osmon o`par binolar, zamonaviy aeroportlar, sun’iy yo`ldoshlar kabilar bularning muvaffaqiyatlaridan dalolat beradi. “Yo`lbarslar” ham qolishmaslikka, oldinga intilishmoqda. Dunyoda eng baland, osmon o`par binolar Tayvan va Malayziyadadir.
Albatta haqqoniy savol tug`iladi, qanday qilib bu mamlakatlar shunday darajaga erisha olishdi, buning asosiy xususiyatlari nimada? Albatta ilohiy kuchda emas, balki asosiy kuch, sabablar yer usti voqe’ligida, odamlar harakatida. Hozirgacha dunyoda qoloq mamlakatlar oz emas, ochlik, qashshoqlik muammolari ko`pchilikni o`ylatadi va qoloq mamlakatlar ham shular qatoriga qo`shilishni istaydi. Demak, bu va bunga o`xshagan oldin yoki keyin rivojlanish yo`liga o`tgan mamlakatlar tajribasini o`rganish va ular erishgan darajaga yetish uchun yo`l axtarish juda muhim, olamshumul vazifalardandir.
Albatta har bir mamlakatda bozor munosabatlariga va bu asosda iqtisodiy taraqqiyotga erishish o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`ladi. Avvalo bu Sharqiy Osiyo mamlakatlari madaniyati bilan bog`liqdir. Milliy madaniyat, urf-odat albatta o`z ta’sirini ko`rsatadi, mentalitetning o`rni katta. Bularning ichida insonlarning bir-biriga hurmati, o`z davlatiga munosabat, davlatga itoatkorlik, uning ko`rsatkichlarini gap so`zsiz bajarish, milliy birlik va g`urur kabilarni sanab o`tish mumkin. Bunda yana oilaviy munosabatlar, katta yoshdagilar hurmati, ota-ona va bolalar o`rtasidagi munosabatlar, ishonchlikka o`xshagan xususiy mentalitetning o`rni bor. Bir-birini qo`llash, jamoatchilik xususiyatlari, mehnatsevarlik, boshliqning, kattaning obro`- e’tiborliligi, oilaviy va qarindosh-urug`chilikka bog`liqlik, oilavyiy va urug`chilik asosidagi rejalarning mavjudligi kabilar ham bu sohada kam ahamiyat kasb etmaydi. Milliy birlikda va mamlakatni ma’lum maqsadga qarata bilishda bu milliy xususiyatlardan foydalana bilish albatta g`alabaga erishuvda qo`l keladi.
Bundan tashqari bu mamlakatlarda aholi bilim darajasi juda yuqoridir. Bilim standarti bo`yicha olinsa, jahonda eng yuqori o`ringa ega bo`lgan mamlakatlar Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiyava Gonkongdir. Ma’lumki, inson resursi hozirgi davr taraqqiyotida xal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu eng muhim va qudratli “inson kapitalidir”.
Hayotdagi topshiriq berish va ijrochilik ruhi kuchliligi, oilaviy qo`llash, himoyani sezish kabi xususiyatlar Sharq xalqlarida, ayniqsa bu Sharqiy yangi industrial mamlakatlar xalqlarida kuchlidir.
Qo`shni Yaponiya tajribasi, uning yaponcha, “”iqtisodiy mo`jiza” ta’siri ham o`z kuchiga ega bo`lgan va ma’lum darajada turtki vazifasini o`tagan hamda to`g`ridan-to`g`ri o`rganish nuqtasi vazifasini bajargan. Ko`p tomondan bevosita Yaponiya yordamidan foydalanilgan.
Industriallashtirishning boshlang`ich davrida qoloq to`qimachilik sanoati negiz bo`lib hisoblangan. Bu o`tgan asr 50 – yillarga to`g`ri kelib, deyarli past bahodagi tovarlar o`z tashqi ko`rinishi bilan o`ziga tortadigan bo`lishligi, keng assortimenti bilan jahon bozorida o`ziga yarasha joy topa bilgan. Shu yo`l bilan eng boshlang`ich miqdorda valyutaga ega bo`lishlikka muyassar bo`lgan. Eksportdan tushgan sarmoya avvalo mavjud qoloq korxonalarning asbob-uskunalarini yangilash, imkon darajada yangi texnika kiritish maqsadlarida foydalanilgan. Bunda albatta Yaponiya tajribasi qo`l kelgan.
Industrlashtirishda davlatning roli juda katta bo`lgan va barcha jarayonlar davlat ishtiroki, qovushtirish faoliyati tufayli amalga oshgan. Investitsiya uchun keng sharoit yaratilib, chet kapitalining kiritilishi uchun rag`batlantirish usullari samarali ravishda qo`llanilib borilgan. Bunda albatta arzon ish kuchining serobligi juda qo`l kelib, chet kapitali foydasini yuqori darajada bo`lishini ta’minlagan.
Asta-sekin importning o`rnini bosuvchi tarmoqlarni yaratishga e’tibor kuchayib, yangi-yangi sanoat tarmoqlari yuzaga kela boshlaydi. Bunda hukumatning oqilona ish tutish, ustuvor tarmoqlarni tanlay bilish, jahon bozori kon’yukturasini tezda seza bilib ish tutish albatta hukumat harakatiga bog`liqdir. Albatta o`rinli darajada proteksionizm siyosatini qo`llay bilish, bunda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi bozorlarga qarata bilish, hamda bundagi bog`liqlikni ta’minlash juda o`rinlidir.
Umuman davlat sanoat siyosatining mavjudligi va buni o`z vaqtida tezlik bilan amalga oshira olish talab etilgan. Yangi tarmoq va korxonalarning davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanishi, moliyalashtrishni ta’minlash va bunda zaruriyat talabiga ko`ra o`zgaruvchanlikning bo`lishi muhim rol o`ynagan.
Sanoat tashkiliy tuzumini shakllantira borish ahamiyatli bo`lib, bu jahon bozori talabi asosida olib borilgan va bunda mavjud imkoniyatlardan yuqori samarali foydalanish talab etilgan. O`tgan asr 50 – yillarida to`qimachilik va shishasozlik tarmoqlari rivojlantirilgan bo`lsa, 60 – yillarda sement, mineral o`g`itlar, neftni qayta ishlash, po`lat quyish, sintetika sanoat tarmoqlari rivojlantirilgan. 70 – yillarga kelib, kemasozlik, investision tovarlar, uzoq muddat foydalaniladigan jixoz, avtomobil kabilar ishlab chiqarishga ahamiyat kuchayadi. 80 – yillarga kelib esa elektronika, telekommunikatsiya, axborot texnika tarmoqlari paydo bo`la boshladi. 90 – yillarda asosiy e’tibor yangi materiallar va texnologiya, aerokosmik texnikaga qaratiladi.
Ko`rinib turibdiki, industrlashtirish oddiydan murakkabga tomon amalga oshib, pravardida eng yuqori texnika va texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarish yaratiladi. Shu bilan bu ketma-ketlik va maxsus sharoitlar yaratilishi asosida rivojlanish davom etadi va natijada yuqori cho`qqilarga chiqiladi hamda murakkablashib boradi.
Boj haqi yuqori darajada bo`lib, iqtisodiy siyosatni qo`llashda katta qurol bo`lib xizmat qilgan. Boshida mahalliy tovarlar asosan past narxli bo`lib, bozorga yo`l ochishni yengillashtirgan. Kreditlar imtiyozli bo`lib, foizlar deyarli past bo`lgan.
Iqtisodiyotning muntazam rivojlanishini ta’minlash uchun zarur kapitalning yetishmovchiligi muammosini xal qilish uchun e’tibor doimiy tusda bo`lgan. Shu bilan birga hukumat iqtisodiy siyosatida iqtisodiyotdagi diktatura o`rniga dekmokratik usullarni qo`llab borishga to`xtovsiz e’tibor qaratiladi.
Davlatning iqtisodiy siyosatida bevositalik asos bo`lmay, bilvositalik ustunlik qilgan. Bunda asosiy urg`u iqtisodiy mexanizmlardan foydalanishga qaratilgan.
Bu mamlakatlarda hozirgi davr taraqqiyot vazifasi ekstensivlikdan intensivlikka o`tishdir. Bu ayniqsa rivojlangan hisoblanuvchi “Ajdaholar” deb atalmish to`rtlik mamlakatlariga taalluqlidir. Bundagi yo`nalishlar albatta yangi texnologiya, ilmiy sig`imli mahsulot yyetishtirish, nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining ustunlik bilan rivojlanishini ta’minlashdir. Ma’lumki, bu ishlab chiqarishda tub o`zgarishlarni amalga oshirish va umuman yuqori darajaga ko`tarishni talab etadi.
Yuqori malakali mehnat asosida ichki bozorning o`sib borishini ta’minlash amalga oshiriladi. Aytaylik, Tayvanda kompyuter texnikasi ko`p negiz yaratish va samolyot qismlarini tayyorlash uchun Janubiy Korea Respublikasida asos solish kabilardir.
Industrlashtirishning yuqorilashuvi, ishlab chiqarishning yuqori darajada bo`lishi iqtisodiy o`sishni tezlashtirish natijasida xizmat ko`rsatish sohasining rivojlanishiga olib keladi va bu moddiy ishlab chiqarishga nisbatan tez sur’atlar bilan o`sib boradi. Bu mamlakatlarda oldin ham xizmat ko`rsatish past darajada bo`lmagan. Endi esa buning zamonaviy tarmoqlarini yuzaga keltirgan xolda yuqori texnika aosida yangi xil xizmatlar hisobiga tezlik bilan o`sish yuzaga keladi. Ayniqsa axborot texnologiyasi, turizm va moliyaviy xizmat ko`rstaish tarmoqlari keng quloch yoza boshlaydi.
Bu Osiyo mamlakatlari uchun ITIKI (ilmiy-tadqiqot va ilmiy-konstruktorlik ishlari)ning takomillashuvida katta rol o`ynaydi. Ayniqsa 80 – yillardan boshlab bunga katta ahamiyat berila boshladi. Qisqa muddat ichida ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy o`quv yurtlari, amaliy muammolar bo`yicha laboratoriyalarning keng tarmog`i yaratilgan edi. Bunda ITIKIning milliy loyixalari amalga oshirilib, bular asosan yarim o`tkazgichlar, AESlarga jixozlar tayyorlash (atomelektrostansiyalari), kompyuterlar, ishlab chiqarishga qaratilgan loyixalar edi. Ilmiy-texnik siyosatning asosiy yo`nalishi miqroiqtisod, sof kimyo, axborot, ishlab chiqarishni avtomatlashtirishlardan iborat edi. ITIKI rivoji uchun qaratilgan xarajatlar yildan-yilga ko`payib, YAIMdagi ularning hissasi xatto AQSHdan ham yuqori bo`ladi.
Bu mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarining muhim tarkibiy qismi hisoblangani radikal agrar islohotlardir. An’anaviy yer munosabatlarining o`zgarishi irrigatsiya ishlarini keng xajmda olib borish, bu bilan unumdorlikni ko`tarish, qishloq xo`jaligi infratuzilmasini yaxshilash, agrokompleksning qismlarini yaxshilash ishlarini olib borish imkonini beradi. Bular esa o`zidan-o`zi iqtisodiy o`sish omillariga aylanishi, shuningdek ichki jamg`arilishlarning qo`shimcha manbaiga aylanishi va sanoatning ham o`sish manbaiga aylanishini belgilaydi. Industrlashtirish uchun qishloq xo`jaligi hisobidan sarmoyalarning jamg`arilishida 1949-1952 yillardagi Janubiy Korea Respublikasida o`tkazilgan islohotlar, 1949-1953 yillarda Tayvanda o`tkazilgan agrar islohotlar bilan rag`batlantirilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |