“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”


Tayvan va Gonkong bozor rivoji tajribasi



Download 8,11 Mb.
bet66/166
Sana27.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#473608
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   166
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti nazariyasi

8.4.Tayvan va Gonkong bozor rivoji tajribasi

Tayvan va Gonkong asli Xitoy yerlari. Tayvan Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) yuzaga kelishi bilan Chankayshi boshliq oldingi Xitoy hukumati bu orolga joylashib, mustaqil davlatga aylangan. Gonkong esa Buyuk Britaniya mustamlakasi sifatida ajralib qolgan va hozir esa XXR yerida, biroq ma’lum vaqtgacha avtonomiyalik saqlanib qolgan, asta sekin to`la qo`shilishi ko`zda tutilgan.


Tayvan va Gonkong haqiqiy rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega. Bularning, ayniqsa Gonkongning jahon bilan Xitoyni iqtisodiy bog`lashda o`rni katta va katta xajmdagi Xitoy tovarlari shular orqali jahon bozorlariga chiqadi. Bular yirik moliya markaziga aylangan. Tashqi iqtisodiy aloqalarda bularninng o`rni katta.
Gonkong iqtisodiyotining ochiqlik darajasi juda yuqori va jahon uchun har tomonlama ochiq Xitoy hududi hisoblanadi. Chunki iqtisodiy faoliyat uchun dunyo mamlakatlariga to`siqlik yo`q va iqtisodiy harakatlar chegaralanmaydi, keng xajmda turli tarzdagi moliyaviy, savdo, investitsiyalarga to`la yo`l ochiq va erkinlik mavjud.
Xitoy Xalq Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalari uchun amaliy pog`ona bo`lib, katta xajmdagi iqtisodiy harakatlar Gonkong orqali amalga oshiriladi hamda yirik vositachilik vazifalarini bajaradi. XXR eksport va importlarida o`rni katta. YAIM asosan xizmat ko`rsatishdan iborat bo`lib, 81 foizni tashkil etsa, sanoat va qishloq xo`jaligi 19 foizdangina iborat. Orol bo`lganligi tufayli dengiz portlari rivoji uchun imkoniyat katta. Xalqaro darajadagi aeroportlarga ega. Tayvan juda tez rivojlanib, yirik iqtisodiy muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritdi va asosiy iqtisodiy ko`rsatkichlar bo`yicha rivojlangan mamlakatlar qatoridan o`rin olgan.
Gonkong aholisi 7 mln. kishidan iborat, umr ko`rishi o`rtacha 80 yosh (bu Shvesariya bilan teng), YAIM 174 mln. dollar, YAIM jon boshiga 25,6 ming dollarga to`g`ri keladi. Tayvan ham juda tez rivojlanib, yirik iqtisodiy muvaffaqiyatlarni egalladi. YAIM 90 mlrd. doll., aholi jon boshiga 15,0 ming dollar to`g`ri keladi. Juda yirik eksportyor mamlakatlardan hisoblanib dunyoda birinchi o`nliklar qatoridan o`rin egallaydi. Valyuta zaxirasi bo`yicha dunyoda Xitoy va Yaponiyadan keyingi uchinchi o`rinda turadi. Eksportning 90 foizi sanoat mollariga to`g`ri keladi, YAIM tarkibini olsak, qishloq xo`jalik mahsulotlari faqat 3,5 foiz bo`lsa, sanoat mahsulotlari 40 foizni tashkil etadi.
Tayvan sanoati eksportga mo`ljallangan bo`lib, asosan to`qimachilik, kiyim-kechak, elektronika, kimyo buyumlari ishlab chiqariladi. Iqtisodiyotda davlat sektori ancha ta’sirli hisoblanib, sanoatni 1/6 qismini tashkil etadi, tovar aylanishning esa 50 foizini tashkil etadi.
Tayvan bozor iqtisodiyoti rivojlanishda ochiqlik siyosati ijobiy o`rinni egallab, jarayonni tezlashtirgan. Ayniqsa, bunda AQSHning roli kattadir. Bu albatta AQSHning XXRga qarshi siyosati bilan bog`langan bo`lib, Tayvanning kuchli bo`lishida manfaatdor bo`lgan. Shuning uchun Tayvan rivojlanishi uchun AQSH har tomonlama qo`llab-quvvatlab, barcha chora-tadbirlarni ayamagan va tez vaqt ichida XXRga qarshi rivojlangan mamlakatga aylanishga erishgan. Tayvan o`z taraqqiyoti yillari avvalo iqtisodiy tuzumiy o`zgarishlarni amalga oshirib, bunda murakkab texnologiyali tarmoqlarga asosiy ahamiyat qaratilgan. Bu esa birinchi navbatda ish kuchining yuqori malakali bo`lishini talab etgan. Yangi tarmoqlar ichida ilm sig`imli va katta kapital xarajatlari talab etadiganlari tezroq rivojlangan.
Eksportga qaratilgan tarmoqlarga diqqat-e’tibor kuchliligi natijasida Tayvan Osiyoda birinchi bo`lib kapitalni netto-eksportyori darajasiga erishgan. Ayniqsa “inson kapitali” aloxida o`rin egallaydi. Bu esa Tayvanda ta’lim siyosatiga katta ta’sir ko`rsatadi. Ta’lim, fan, madaniyat rivoji uchun davlat xarajatlarining 15-20 foizi sarflanadi. Bu esa YAIMning 3-5 foizini tashkil etadi. Aholini boshlang`ich va o`rta ta’limga tortilishi bo`yicha Tayvan rivojlangan mamlakatlardan qolishmaydi. Oliy ta’lim darajasi bo`yicha liderlar qatoridadir.
Import o`rnini bosish yo`nalishi iqtisodiy taraqqiyotda qolgan yangi industrial mamlakatlari qatori sinov bosqichi bo`lgan. Buning sababi xususiy sektorga yordam berish deb ataladi. Chunki tashqi firmalar raqobatiga qarshi tura olish zarurati tug`ilar edi. Bundan tashqari to`lov balanslaridagi yetishmovchilikning oldini olish talab etilar edi. Chunki xomashyoga narxning pasayishi, import qilinadigan tayyor buyumlarga narxning ko`tarilishi kabilar doimo shunday holatlarga olib keladi.
Avvalo bunday vaziyat oziq-ovqat, poyabzal, to`qimachilik kabi tarmoqlarda yuz bersa, so`ngra industriallashtirish kengayishi bilan ishlab chiqarishga atalgan tovarlar bilan bog`liq bo`lib boradi.
Valyuta kursini o`zgartirib turish ham keng qo`llanilib boriladi, xatto provardida bu milliy valyutaning devalvatsiya qilinishigacha olib keladi. Valyuta kursining tez-tez o`zgarib turishi va ularning turli xilligi chayqovchilikning avj olishi va chet iqtisodiy aloqalar ishtirokchilariga muammolar tug`diradi. Tayvanda o`z vaqtida hatto turli tovarlar uchun turli xil valyuta kurslari bo`lib, pullarning almashtirilishida turli kurslar bilan amalga oshirilgan. Aytaylik, davlat sektori import qiladigan tovarlarni olish uchun sarf etiladigan valyuta maxsus joriy past darajali valyuta kursi bo`yicha amalga oshirilar edi. Shuningdek jixozlar, muhim xomashyo materiallari va o`rtalik buyumlari ham shu tarzda yuz bergan. Boshqa tovarlar uchun esa ancha yuqori kurs bo`yicha amalga oshirilgan. Bunda importga qo`shimcha soliq qo`yish qo`llanilgan. Ko`rinib turibdiki, import o`rnini bosish siyosati valyuta nazorati asosida emas, balki yuqori samarali bo`lgan tashqi savdo harakatlarini tartiblashtirish, birinchi navbatda importni litsenziyalash, kvotalash va boj proteksionizmini qo`llash orqali amalga oshirilgan.
Bu siyosatda shuningdek, xomashyolar va pul resurslarini taqsimlash tizimlari ham qo`llanilgan. Masalan, Tayvan to`qimachilik ishlab chiqarish Kengashi to`qimachilik sanoatini zarur xomashyo va boshqa resurslar bilan ta’minlash yo`li bilan qo`llab turilgan. Bu ayniqsa AQSH yordamidagi kanallardan foydalanishga taalluqli edi.
Rivojlanish strategiyasini o`zgartirish eksport mo`ljalini kuchaytirish bilan to`g`ri keladi. Bunda boshqa shunga o`xshash mamlakatlar kabi ko`p mehnat sig`imli tarmoqlardan kapital xajmli va ilm sig`imli tarmoqlarga o`tish ham turtki bo`lgan. Aniqrog`i neft mahsulotlari narxlari ko`tarilishi tufayli ishlov berish sanoati tarmoqlarini rivojlantirish va bu bilan bog`liq bo`lgan jihozlarga talab o`sishi ro`y beradi. Ilm sig`imli va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarilishini ko`paytirish ITIKI xarajatlarining o`sishi tufayli bu bilan bog`liq tashkilot, muassasalarning rivojiga olib keladi.
Tayvanda agrar islohotlar ham o`z xususiyatiga ega. Bu asosan 1949-1953 yillardagi o`zgarishlardan iborat. Industriallashtirishning boshlang`ich yillarida sanoatga qishloq xo`jaligidan resurslarning tashlanishi davlatning agrar mahsulotlarni eksport qilish asosiy hisoblangan. “Yashirin guruch solig`i”, fermerlarning pul jamg`armalarini kredit-moliya tizimi sanoatga qaratish orqali amalga oshirilgan. Shu bilan birga yirik xususiy va davlat yer egaligidan ancha mahsuldor bo`lgan mayda oilaviy yer egaligi tizimiga o`tila boshladi. Bunda yirik yer egalariga to`lov miqdori 2,5 yillik xosil qiymatidan oshmagan. Shu bilan birga to`lovning 70 foizi guruch bilan va 30 foizi davlat sanoat korxonalarining aksiyalari bilan qoplangan.
Amalga oshirilgan agrar islohotlar ko`p masalalarni xal qilishga qaratilgan. Bularning ichida davlat byudjetini to`ldirish, yer egaligining mahsuldor shaklini tadbiq qilish, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarilishini maydalash, qishloq xo`jaligini diversifikatsiyalash, monoekinchilikning oldini olish, agrar ishsizlikning bir muncha yumshatish kabilar mavjud.
Ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish jarayonidagi eng og`ir muammolardan biri dasturlarni resurslar bilan ta’minlashdan iboratdir. Albatta tuzumiy o`zgarishlar va modernizatsiyani amalga oshirish davrida moliyalashtirish faqat ichki manbaalar bilan chegaralanmagan. Chet kapitalni iqtisodiy taraqqiyotga jalb etish zarur shart bo`lgan. Ichki jamg`armaning qanchalik katta bo`lishiga qaramay, ayniqsa 70-80 yillari yangi tarmoqlarga chet investitsiyasi jalb etilib, bu hozirgacha davom etadi. Yangi investitsiya nomini olgan moliyalashtirish kengaya boradi. Bu aralash tadbirkorlik, moliyalashtirishning turli xillarini qo`llash, texnologiyalarni o`tkazish xizmatlari, boshqaruv va maslahat xizmatlari, qurilish va jixozlarni o`rnatish bilan bog`liq texnik xizmatlarni tashkil etish kabilardan iborat. Chet banklar kreditlaridan foydalaniladi.
80 – yillarnng ikkinchi yarmiga kelib Tayvan dunyodagi eng boy mamlakatlardan biri hisoblana boshladi. Hozirgi vaqtda uning oltin-pul zahirasi 100 mlrd. dollardan ko`p hisoblanadi.
Mamlakat iqtisodiyotida davlatning o`rni va sektori davr talabiga qarab o`zgarib turgan. Industriallashtirishning dastlabki yillari Tayvanda davlat sektori sanoatda 57 foizni tashkil etib, 50 – yillardan boshlab xususiy sektorga berila boshlaydi. Aytaylik, sement, ko`mir qazish, qog`oz ishlab chiqarish korxonalari, o`rmon sanoati korxonalari qa qishloq xo`jalik korporatsiyalari shular jumlasidandir. Xususiy tadbirkorlarda kapital yetishmovchiligi va xususiylashtiriladigan korxonalar daromadi pastligi sababli davlat bularga xaridorlar topishda qiyinchiliklarga duch kelar edi. Davlat ihtiyorida temir yo`l, kemasozlik, temi rva po`lat ishlab chiqarish, kommunal sohalar saqlanib qoladi. Keyingi 20 yil ichida xususiy sektor juda tezlik bilan o`sib, davlat sektori 20 foizga tushib qoldi. So`ngra yangi po`lat quyish zavodi, eng yirik dengiz porti qurilishi bilan davlat mulki yana biroz o`sdi.
Tayvan orolidagi kichik biznesning rivojlanishi boshqa bunga o`xshash mamlakatlar uchun namuna bo`lishi mumkin. Tayvanning mayda va o`rta korxonalarga bo`lgan maxsus sharoitlariga hunar korxonalari va ishlov beruvchi hamda mahsulotni qayta ishlash korxonalarini qo`shish mumkin. Bundagi o`z xususiy kapitali 40 mln. va qo`shma aktiv 120 mln. tayvan dollaridan oshmasligi va tog` qazilma sanoatida 40 mln. tayvan dollaridan kam o`z kapitaliga egalik, shuningdek, eksport-import, transport hamda boshqa tijorat firmalarida yillik aylanish 40 mln. tayvan dollari xajmida bo`lgan xususiy korxonalar mavjud. Mayda biznes va bularni qo`llash uchun tuzilgan davlat organlari o`rtasidagi barcha munosabatlar ihtiyoriy ravishda amalga oshadi.
Mayda biznes rivojini rag`batlantirishga qaratilgan Tayvan davlat faol siyosati 60 – yillarning o`rasidan boshlanadi. Bu bundan keyingi yillarda eksportni kuchaytirish bilan bog`liq xolda olib borilgan. 60-90 yillar ichida kichik va o`rta korxonalar soni xatto 98 foizgacha o`sgan va YAIM xajmining 99 foizigacha yetgan. Tayvan sanoat mahsulotlari eksportining 60 foizi kichik va o`rta korxonalarga to`g`ri kelib, o`z tushumlarining 70 foizigachasining hisobida bo`lgan.
Eksportga mo`ljallangan Tayvan mayda va o`rta korxonalarining yuqori rentabelligining siri chaqqonlik bilan bozor siyosatini qo`llay bilishi, o`zgaruvchan bozor kon’yunkturasiga tez moslasha olishi, xalqaro savdo kompaniyalari va chet importchilar bilan birga ish tutishlari kabilardadir.
Mayda va o`rta korxonalarning tashkiliy tuzumi juda oddiy bo`lib, xodimlar soni faqat boshliq va hisobchidan iborat bo`ladi. Maxsus organlar, murakkab boshqaruv tuzilmalari bo`lmaydi. Menejerlikda qisqa muataxassislikka emas, balki universalizmga asoslanadi. Mayda va o`rta korxonalardagi ijtimoiy himoyalash katta biznesdan farqlanmaydi va ish beruvchi bilan yollanuvchilar o`rtasidagi munosabatlar qonuniylik asosida olib boriladi.
Yuzaga keladigan kichik biznesdagi qiyinchiliklarni xal qilish bilan maxsus tuzilgan mayda va o`rta biznes boshqarmasi shug`ullanadi. Bunda tez-tez maslahatlar berish, maslahatchilarni taklif etish, seminarlar o`tkazish, tajribalar almashish kabilar ham qo`llaniladi. Ayniqsa, yosh ish boshlovchi tadbirkorlarga yordam qilishi diqqatga sazovordir. Bular uchun aloxida yoshlar komissiyasi tuzilgan. Keng miqyosda bularga moliyaviy yordam uyushtirilgan. Bunga qaratilgan maxsus kichik biznes banki ta’sis etilgan. Xattoki mayda va o`rta biznesning kredit – kafolat fondi tashkil etilgan.
Bundagi xususiyat yana shundan iboratki, ko`pchilik mayda biznesda oilaviylik hukmronlik qilib, bunday korxona boshida oila boshlig`i turadi va qarindoshchilik munosabatlari kuchga ega bo`ladi.



Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish