6-ilova.
“Insert usuli”
Insert - samarali o‘qish va fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi hisoblanib, mustaqil o‘qib-o‘rganishda yordam beradi. Bunda ma’ruza mavzulari, kitob va boshqa materiallar oldindan talabaga vazifa qilib beriladi. Uni o‘qib chiqib, «V; +; -; ?» belgilari orqali o‘z fikrini ifodalaydi.
Matnni belgilash tizimi
(v) - men bilgan narsani tasdiqlaydi.
(+) – Yangi ma’lumot.
(-) – men bilgan narsaga zid.
(?) – meni o‘ylantirdi. Bu borada menga qo‘shimcha ma’lumot zarur.
Insert jadvali
Tushunchalar
|
V
|
+
|
-
|
?
|
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari qanday mamlakatlar
|
|
|
|
|
Aholining yashash sharoiti
|
|
|
|
|
Milliy iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlari
|
|
|
|
|
Tashqi savdo aylanmasi
|
|
|
|
|
CHegara mamlakatlarining ta’sir doirasi
|
|
|
|
|
YAIM da sanoatning tutgan o‘rni
|
|
|
|
|
Qishloq xo‘jaligi rivojlanishi
|
|
|
|
|
Xususiy mulkning iqtisodiyotdagi ahamiyati
|
|
|
|
|
Kichik biznesning YAIM dagi xissasi
|
|
|
|
|
MAVZU BO‘YICHA TESTLAR
1. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari qanday mamlakatlar qatoriga kiradi ?
a) o‘tish iqtisodiyoti;*
b) rivojlangan iqtisod;
v) iqtisodiyotida sanoati rivojlangan;
g) rivojlanmagan iqtisod;
d) to‘g‘ri javob yo‘q.
2. Taraqqiyot darajasi bo‘yicha qanday mamlakatlardir?
a) industrial;
b) industrial va agrar industrial;*
v) agrar industrial ;
g) rivojlangan industrial;
d) barcha javoblar to‘g‘ri.
3. Ushbu mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonini izoxlang?
a) tizimli o‘zgarish usullarini qo‘llash orqali;*
b) bosqichma – bosqich utish;
v) revalyusion usuli;
g) A va Bilan javoblar to‘g‘ri;
d) yuqoridagilarning barchasi.
4. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga................mamlakatlari kiradi. Albaniya, Bolgariya, Bosniya va Gersogovina, Vengriya, Makedoniya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Xorvatiya, Chexiya va Yugoslaviya mamlakatlari kiradi
a) Albaniya, Bolgariya, Bosniya va Gersogovina, Vengriya, Makedoniya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Xorvatiya;
b) Albaniya, Bolgariya, Bosniya va Gersogovina, Vengriya, Makedoniya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Xorvatiya, Chexiya;
v) Albaniya, Bolgariya, Bosniya va Gersogovina, Vengriya, Makedoniya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Xorvatiya, Chexiya va Yugoslaviya;*
g) Bosniya va Gersogovina, Vengriya, Makedoniya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Xorvatiya, Chexiya va Yugoslaviya;
d) to‘g‘ri javob yo‘q.
5. 1997 – yilda bu mamlakatlar aholisi qancha edi?
a) 129 mln.;
b) 119,2 mln.;
v) 179 mln.;
g) 119,1 mln;
d) 118,7 mln.*
II. Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
1-MAVZU. RIVOJLANGAN MAMLAKATLARNING BOZOR TAJRIBASI VA UNI O‘RGANISHNING AHAMIYATI
Quyidagi atamalarga izoh bering:
Resurslar taqchilligi, ehtiyoj, sivilizatsiya, talab, taklif, raqobat, bozor bahosi.
MUSTAQIL ISH MAVZULARI
Milliy bozor iqtisodiyoti shakllanishida jahon tajribasining ahamiyati.
Jahon iqtisodiyotiga qo‘shilishda mamlakatlar bozor iqtisodiyotini o‘rganish zaruriyati.
Rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi mohiyati.
Rivojlangan mamlakatlarda bozor tajribasini o‘rganishni magistrlik faoliyatidagi o‘rni.
Rivojlangan mamlakatlar belgilari.
Jahon mamlakatlari guruhiy turlari.
Keys stadi
Yevropa ittifoqi (YI) — oʻzida xalqaro tashkilot va federativ davlat xususiyatlarini mujassamlashtirgan davlatlararo uyushma. Dastlab Yevropa hamjamiyati ("Umumiy bozor") nomi bilan atalgan. EI toʻgʻrisidagi shartnoma 1992 y. Maastrixt sh.da (Niderlandiya) Yevropa hamjamiyatiga aʼzo boʻlgan 12 davlat va hukumat boshliklari imzo chekkan Yevropa mamlakatlarining siyosiy va valyuta-iqtisodiy ittifoqini vujudga keltirish toʻgʻrisidagi bu shartnoma 1993 y. 1 noyab.dan kuchga kirgan. EIning maqsadlari: Yevropa xalqlarining mustahkam ittifoqini vujudga keltirish, ichki chegaralari boʻlmagan makon yaratish, iqtisodiy va ijtimoiy oʻzaro taʼsirni kuchaytirish yoʻli bilan muvofiqlashtirilgan uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyotga yordam berish; iqtisodiy va valyuta ittifoqini tashkil qilish va yagona valyuta yaratish (bu maqsadga 2002 y. yanvarda asosan erishildi); birgalikda tashqi siyosat olib borish va xavfsizlik borasida siyosat yuritish, kelgusida esa birgalikda mudofaa siyosatini ham olib borish yoʻli bilan xalqaro sohada oʻziga xos bir xillikni qaror toptirish; adliya va ichki ishlar sohasida hamkorlikni rivojlantirish; umumiy boylikni saqlab qolish va koʻpaytirish. EI organlari: Yevropa mashvarati, Yevropa parlamenti, Yevropa Ittifoqi Kengashi, Yevropa komissiyasi, Yevropa sudi. Tashkilotga 15 mamlakat (Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Olmoniya, YUnoniston, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg , Niderlandiya, Portugaliya, Finlyandiya, Fransiya, SHvetsiya) aʼzo (2002 y. yanvar). Qarorgohi Strasbur sh.da (Fransiya). Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida EI bilan hamkorlik alohida oʻrin tutadi. Tashkilot TASIS dasturi doirasida Oʻzbekistonga texnikaviy yordam koʻrsatadi. 1999 y. 1 iyulda Oʻzbekiston bilan EI oʻrtasida SHeriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim ratifikatsiya qilindi. Bu bitim siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy, madaniy-maʼrifiy aloqalar rivoji uchun imkoniyat tugʻdirdi. Jumladan, tomonlar oʻzaro savdoda bir-birlariga eng qulay sharoit yaratadilar, bir-birlariga tegishli tovarlarni oʻz hududlari orqali erkin tranzit qilishni taʼminlaydilar. [1]
Yevropa Ittifoqi — Yevropaning 28 davlatidan iborat siyosiy va iqtisodiy birlashmadir. Uning tarixi 1957 yilga, 6 Yevropa davlatlari orasida imzolangan Rim bitimi va undan soʻng paydo boʻlgan Yevropa Iqtisodiy Hamkorligiga borib taqaladi. Yevropa Ittifoqi 1992 yilda imzolangan Maastrixt shartnomasiga binoan tuzilgan va 15 davlatni oʻz ichiga olgan. 2005 yilda Ittifoqning birinchi yirik kengayishi yuz berdi. Unda Ittifoqga 10 ta Yangi davlatlar qoʻshildi. Ikki yildan soʻng ular soniga Bulg‘oriston hamda Ruminiya davlatlari qoʻshilib, hozirgi davrga qadar Yevropa Ittifoqi 29 davlatlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |