Pilsbury bilan to‘qnashish
Yangi Angliya shtatlarida muzqaymoq savdosini olib borish uchun Ben Dari-Farms’ga murojaat qildi. Kompaniya vitse-prezidenti Ben va Djerrining biznes noodatiy munosabatiga qaramay, ularning muzqaymoq “zahira”sining bir qismini olishga rozi bo‘ldi.
O‘sha paytda bozordagi yuqori sifatli muzqaymoq savdosida yetakchi yirik amerika kompaniyasi Pilsbury Corporationga tegishli Haägen Dazs edi. Uning yillik tovar oboroti 4 mlrd dollardan ko‘p bo‘lib, bunda oziq-ovqat mahsulotlari hissasi yuqori edi. Haägen Dazs bilan bir qatorda yana Green Giant (sabzavotlar savdosi) va Burger King (Fast food) kompaniyalari turardi. Kevin Xeli, Haägen Dazs prezidenti, kompaniya asoschisi Ruben Metyusning kuyovi edi. Metyus Haägen Dazs’ga 1959 yil Nyug‘YOrkda asos solgan. U jarangdor olmoncha nomni ekzotik Yevropacha uslubga qiziqish uyg‘otish uchun saqlab qolgan edi. 1984 yilga kelib, Ben va Djerri kompaniyasi bilan to‘qnashganda, Haägen Dazs yuqori sifatli muzqaymoqlar bozorida 70% hissaga ega edi.
Haägen Dazs’ning distribyutorlari bo‘lmish Dari Farms va Paul’s kompaniyalari Ben & Gerry mahsulotining distribyutorlari bo‘lishganini eshitgan Xeli ularga telefon orqali o‘z noroziligini bildiradi. Xelining fikricha, uning distribyutorlari uning raqiblari bilan, Ben & Gerry bozorda juda kichik ulushga ega ekanligi qaramasdan, hamkorlik qilmasligi kerak edi. Xelining aytishicha: “Biz distribyutorlarga Ben & Gerry mahsulotlari sotmang, -deganimiz yo‘q. Faqat ikkala kompaniya mahsulotini bir vaqtning o‘zida sota olmasliklarini va birini tanlashlari kerakligini aytdik”. “Ular yoki Biz” kabi shart distribyutorlarni sarosimaga solib qo‘ydi.
CHak Grin: “Ben & Gerry mahsuloti bozorda arzimagan bir hissaga ega bir paytda, Haägen Dazs kabi yirik kompaniyaning bunday chiqishidan hayron qoldik. Ular biz bir qarorga kelishimizni talab qildilar.” Bunday xabar topgan Ben va Djerri distribyutorlar bilan maslahatlashish uchun uchrashdilar. Distribyutorlar Ben & Gerry’ning salohiyatini yuqori baholab, ularning mahsuloti bilan shug‘ullanishdan voz kechmoqchi emasdilar, ammo Haägen Dazs’dan ham voz kechish ayanchli ahvolga olib kelishini bilardilar. Uchchala tomon ham Pilsbury’ga qarshi borganlari taqdirda yuridik xizmatlarga ehtiyoj sezib qolishlarini bilib, bunday muammolarni hal etish bo‘yicha katta malakaga ega advokat Xovi Fagetuga murojaat qilishdi.
Xovi ham Ben va Djerri kabi antiqa shaxslardan edi. Aytishlariga qaraganda, u o‘zining tashqi ko‘rinishiga uncha e’tibor bermas, ba’zan yirtilgan poyafzal ham kiyib yurardi. Haqiqatan ham, Pilsbury o‘zini g‘alati tutganligiga qo‘shilib, u bu muammoga o‘z fikrini bayon etib xat yozadi.
Bu kabi hattig‘harakatlarga qarshi chiqib, Pilsbury boshqaruv hay’atiga quyidagicha xat yozadi: “Sizning kompaniyalarizdan bo‘lgan Haägen Dazs ma’muriyati Ben & Gerry kompaniyasini sindirib, uning o‘sishini bo‘g‘ib, faoliyatini to‘xtatishni istagan ekan. Ben & Gerry – tadbirkorlik muvaffaqiyatining yahhol namunasi va uning egalari kurashadilar. Haägen Dazs bozorda mahsuloti bilan raqobatlashishni o‘rganishi kerak. Amerikacha biznes yuritishning asosi ham shunda, aynan shu orqali raqobat mavjuddir.”
Ben & Gerry’ning haqligi ravshan bo‘lsada, yuridik ustivorlik ular tomonda emas edi. Agar Haägen Dazs kompaniyasini yuridik jihatdan engolmas ekanlar, boshqa bir qurolni ishga solishga qaror qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |