Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Mulkka  aylangan  barcha  boylik  turlari  mulkchilik  ob’ektlaridir



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Mulkka  aylangan  barcha  boylik  turlari  mulkchilik  ob’ektlaridir. 

Mulk  ob‘ekti  bo‘lib,  inson  yaratgan  moddiy  va  ma‘naviy  boyliklar,  tabiiy 

boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati – ishchi kuchi 

va  boshqalar  hisoblanadi.  Mulk  ob‘ektida  asosiy  bo‘g‘in  –  bu  ishlab  chiqarish 

vositalariga  egalik  qilish  hisoblanadi.  Ishlab  chiqarish  vositalari  kimniki  bo‘lsa, 

ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo‘ladi. 

Amaliy  hayotda    ishlab  chiqaruvchilarning  ishlab  chiqarish  vositalari  bilan 

qo‘shilishi turli darajada  amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mulk sub‘ektlari 

vujudga  keladi. 

Mulk  sub’ekti  jamiyatda  ma’lum  ijtimoiy-iqtisodiy  mavqega  ega 

bo’lgan,  mulk  ob’ektini  o’zlashtirishda  qatnashuvchilar,  mulkiy  munosabatlar 

ishtirokchilari  bo’lib,  ular  jamoa,  sinf,  tabaqa  yoki  boshqa  ijtimoiy  guruhlarga 

birlashgan  bo’ladi.

  Ayrim  kishilar,  oilalar  va  davlat  ham  mulkchilik  sub‘ekti 

bo‘lib chiqadi. 

Mulkning  tuzilishi  va  shakli  xilma-xilligi  sababli,  bu  mulkni  o‘zlashtiruvchi 

sub‘ektlar  ham  turli  darajada  bo‘ladi.  Masalan,  davlat  mulkining  bevosita 

sub‘ektlari  respublika  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari,  davlat  korxonalari  va 

muassasalari hamda ularning mehnat jamoalari a‘zolari bo‘lishi mumkin. 



57 

O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida:  «Bozor  munosabatlarini 

rivojlantirishga  qaratilgan  O‘zbekiston  iqtisodiyotining  negizini  xilma-xil 

shakllardagi mulk tashkil etadi»

9

– deb ta‘kidlanadi. 



Jamiyat  rivojining  hozirgi  bosqichida  bu  mulk  o‘z  ichiga  davlat  mulkidan 

tashqari,  ishlab  chiqarish,  xizmat  ko‘rsatish  va  matlubot  sohalaridagi  jamoa 

mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo‘jaligi va shaxsiy 

tomorqa  xo‘jaligi  hamda  yakka  tartibdagi  mehnat  faoliyati  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 

shaxsiy mulkni,  aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni oladi. 

Mulk  davlatga  tegishli  bo‘lganda  unga  egalik  qilish,  foydalanish  va  tasarruf 

qilish davlat ixtiyorida bo‘ladi. Davlat mulki asosan ikki yo‘l bilan hosil bo‘ladi: 

-

 



Xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo‘liga olish. 

-

 



Davlat  mablag‘lari  hisobidan  korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona 

va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish. 

O‘zbekistonda  Fuqarolik  Kodeksiga  muvofiq  davlat  mulki  respublika 

mulkidan  va  ma‘muriy-hududiy  (munitsipal)tuzilmalar  mulkidan  iborat  bo‘ladi. 

Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda 

boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruv tuzilmalari mol-mulki, 

davlatga qarashli  madaniy  va  tarixiy boyliklar, byudjet  mablag‘lari, oltin zahirasi, 

valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi

10

.  


Ma‘muriy-hududiy  (munitsipal)  tuzilmalar  mulkida  davlat  hokimiyati 

mahalliy  organlari  mol-mulki,  mahalliy  byudjet  mablag‘lari,  munitsipal  uy-joy 

fondi  va  kommunal  xo‘jaligi  korxonalari  va  boshqa  mulkiy  majmualar,  ta‘lim, 

madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki o‘z o‘rniga bo‘ladi. 

Jamoa  mulki  –  muayyan  maqsad  yo‘lida  jamoaga  birlashgan  kishilar 

tomonidan  moddiy  va  ma‘naviy  boyliklarni  hamjihatlik  bilan  o‘zlashtirishni 

bildiradi.  Jamoa  mulki  davlat  mulkini  korxona  jamoasi  sotib  olishi,  badal  to‘lab 

korxona  qurishi,  aktsiya  chiqarib  ularni  sotish  kabi  yo‘llar  orqali  paydo  bo‘ladi. 

                                                             

    


9

  Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. –Т.: «Ўзбекистон», 2012 й. – 11-бет. 

   

10

 Ўзбекистон Республикаси Фуқоролик Кодекси. 




58 

Jamoa  mulkining  muhim xususiyati shundaki, bunda ishlab chiqarish vositalari va 

natijalariga ayrim shaxslar emas, balki ma‘lum guruh, kishilar egalik qiladi. 

Jamoa  mulkiga  –  kooperativlarning,  ijara  va  jamoa  korxonalarining, 

aktsionerlar  jamiyatlari,  xo‘jalik  jamiyatlari  va  shirkatlarining,  jamoa  va  boshqa 

tashkilotlarning mulki kiradi. 

Kooperativlar  mulkining  asosiy  belgisi  ishlab  chiqarish  vositalari  va  uning 

natijalarini 

o‘zlashtirishning  jamoa-guruh  xususiyatidir.  Ishlab  chiqarish 

vositalaridan  foydalanish  va  ularni  o‘zlashtirish  mulk  egasi  bo‘lmish  mehnat 

jamoasi  doirasida  amalga  oshiriladi,  hamda  jamoa  va  shaxsiy  iqtisodiy 

manfaatlarning mushtarakligi vujudga keladi. 

Kooperativlar  qishloq  xo‘jaligida,  sanoat,  qurilish,  transportda,  savdo  va 

umumiy  ovqatlanish, pulli  xizmatlar sohasida  hamda  ishlab chiqarish  va  ijtimoiy-

madaniy  hayotning  boshqa  tarmoqlarida,  ilmiy  va  ilmiy-texnikaviy  xizmat  ko‘r-

satish sohalarida barpo etilishi va faoliyat ko‘rsatishi mumkin. 

Shaharlarda  aholining  tovarlar  va  xizmatlarga  bo‘lgan  talabini  yaxshiroq 

qondirish  maqsadida  davlat  korxonalari  va  tashkilotlari  uning  tasarrufidan 

chiqarilib  turli  xil  matlubot  kooperattsiyalari  vujudga  keladi.  Matlubot  koopera-

tsiyasining  mulki  mulkchilikning  davlat  va  boshqa  shakllaridan  kelib  chiqadi.  

Matlubot  kooperatsiyalari  mustaqil  yoki  turli  korxona,  tashkilot  va  muassasalar 

qoshida tashkil qilinishi mumkin.  

Shaxsiy  mulk  bu  fuqarolar  mulki  bo‘lib,  shaxsiy  yoki  oilaviy  ehtiyojini 

qondirishga  xizmat  qiladi.  Bu  mulk  shakli  asosan  shaxsning  yoki  uning  oila 

a‘zolarining mehnati asosida ko‘payadi va rivoj topadi. 

Fuqaroning  shaxsiy  mulki  asosan  ularning  ijtimoiy  ishlab  chiqarishda 

ishtirokidan,  o‘z  xo‘jaligini  yuritishdan  tushgan  mehnat  daromadlari  hisobiga 

vujudga keladi va ko‘payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aktsiyadan 

keladigan  dividend,  bank  foizlari  va  boshqa  daromadlar  kabi  yangi  manbalarga 

asoslanadi. 

Shaxsiy  mulk  ob‘ektlari  –  bu  turar  joylar,  bog‘-hovli  va  uylar,  transport 

vositalari,  pul  jamg‘armalari,  uy-ro‘zg‘or  va  shaxsiy  iste‘mol  buyumlari,  yakka 




59 

tartibda  va  boshqa  xo‘jalik  faoliyati  uchun  kerakli  ishlab  chiqarish  vositalari, 

ularda  hosil qilingan  mahsulot  va  boshqalar bo‘lishi  mumkin. Shuningdek, savdo, 

umumiy  ovqatlanish,  maishiy  xizmat  sohasidagi,  iqtisodiyotning  boshqa 

tarmoqlaridagi  maydaroq  korxonalar  fuqaro  va  ularning  oila  a‘zolarining  mulki 

bo‘lishi mumkin. Shaxsiy mulk ob‘ektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, 

daromad topish yo‘lida ishlatilishi ham mumkin. 

Xususiy mulk – ayrim tadbirkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan 

va  o‘z  egasiga  foyda  keltiruvchi  mulkdir.  «Xususiy  mulk  boshqa  mulk  shakllari 

kabi dahlsiz va davlat himoyasidadir»

11



O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida, xususiy mulk o‘z mol-mulkiga 



xususiy  egalik  qilish,  undan  foydalanish  va  uni  tasarruf  etish  huquqidan  iboratdir 

deb ko‘rsatilgan.  Shu  bilan  birga  xususiy  mulk bo‘lgan  mol-mulkning  miqdori  va 

qiymati cheklanmasligi ta‘kidlanadi. 

Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o‘zining ijobiy va 

salbiy  tomonlariga  ega.  U  so‘zsiz,  tashabbuskorlik  va  tadbirkorlikni,  mehnatga 

mas‘uliyatlilik  munosabatlarini  rag‘batlantiradi.  Shu  bilan  birga,  tovar  ishlab 

chiqarish  sharoitida  u  xufyona  daromad  orttirishga  intilish  hissini  tug‘diradi.  Bu 

mulk  sotib  olingan  ishlab  chiqarish  vositalari  asosida  mustaqil  xo‘jalik  yuritish 

yoki  davlat  korxonalari,  kooperativ  firmalar,  savdo  va  umumiy  ovqatlanish 

korxonalari va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin. 

Xususiy  mulk  shakli  bir  necha  ming  yillardan  buyon  hozirgacha  saqlanib 

kelgan.  Shu  bilan  birga  bu  davr  davomida  xususiy  mulk  mazmunida  tubdan 

o‘zgarishlar  sodir  bo‘ldi.  Uning  o‘zgarishiga  xususiy  mulkchilikni  ro‘yobga 

chiqarish  usullari  sabab  bo‘ldi.  Xususiy  mulkchilik  mehnatga  majbur  qilish  yo‘li 

bilan  ro‘yobga  chiqarilsa,  u  quldorlik  yoki  feodal  xarakter  kasb  etadi:  ro‘yobga 

chiqarish  mulkdorning  o‘z  mehnati  yordamida  amalga  oshirilsa,  mayda  tovar 

ishlab  chiqarishi  uchun  xarakterli  bo‘lgan  mehnat  qilib  topilgan  xususiy  mulk 

paydo  bo‘ladi;  nihoyat,  xususiy  mulk  yollanma  ishchilar  tomonidan  harakatga 

keltirilsa, kapitalistik xususiy mulki paydo bo‘ladi. 

                                                             

11

 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси –Т.: «Ўзбекистон»,2012 й. – 11-бет. 




60 

O‘zbekiston  Respublikasining  qonun  hujjatlarida  xususiy  mulkni 

shakllantirish  manbalari  ham  ko‘rsatiladi.  Tadbirkorlik  bilan  shug‘ullanish, 

yollanib  ishlash,  kredit  muassasalariga  qo‘yilgan  mablag‘lar,  qimmatli 

qog‘ozlardan  olinadigan  daromadlar,  meros  tartibda  mol-mulkni  qo‘lga  kiritish 

kabilar  ana  shunday  manbalar  bo‘lishi  mumkin.  O‘zbekistonda  qishloq 

xo‘jaligidan  boshqa  ayrim  faoliyatlarda  yer  ham  xususiy  mulk  ob‘ekti  bo‘lishi 

mumkin.  Shu  sababli  Respublika  qonun  hujjatlariga  muvofiq  savdo,  xizmat 

ko‘rsatish  sohasi  ob‘ektlarini  ular  joylashgan  yer  uchastkalari  bilan  birga  tanlov 

asosida  sotilishiga  ruxsat  beriladi.  Mazkur  yer  uchastkalariga  xususiy  mulk 

huquqining  hamma  me‘yorlari  taalluqli  bo‘lib,  ular  sotilishi,  vasiyat  qilib 

qoldirilishi yoki ijaraga berilishi mumkin. Biroq erning boshqa toifalari, jumladan, 

umumiy  foydalanishdagi  yerlar,  qishloq  xo‘jalik  ekinzorlari  va  davlat  zahirasiga 

kiritilgan  yerlar  davlatning  alohida  mulk  ob‘ektlaridir  va  shu  sababli  ular 

fuqarolarga faqat meros qilib qoldirish huquqi bilan uzoq muddatga foydalanishga 

berilishi mumkin. 

Turli  shakldagi  mulklarning  birikib  ketishi  natijasida  aralash  mulk  paydo 

bo‘ladi.  Bu  mulk  alohida  olingan  ob‘ektning  turli  mulkdorlar  ishtirokida 

o‘zlashtirilishini bildiradi. 

O‘zbekistonda  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  davrida  mulkchilikning  turli  xil 

shakllarini  vujudga  keltirish  asosiy  maqsad  emas.  Bu  faqat  ishlab  chiqarishni 

rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishning barcha imkoniyatlaridan to‘liq 

foydalanish,  tashabbuskorlik  va  sog‘lom  raqobatni  vujudga  keltirish  uchun  qulay 

muhit yaratishga qaratilgandir. 

 


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish