2.
Ishchi kuchini qayta taqsimlashning bozor mexanizmi
Ishchi kuchi bozorida unga talab mehnat unumdorligiga bog‘liq bo‘lib, u
doimo o‘zgarib turadi. Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda mehnat unumdorligi
ish haqi darajasini belgilab beradi. Ish beruvchilar ish xaqini kamaytirishga,
yollanib ishlovchilar uni oshirishga harakat qiladi. Ammo ish haqi ortgan sharoitda
ham ishchi kuchiga talab ko‘payishi mumkin, chunki bunda ish haqiga nisbatan
mehnat unumdorligi tezroq ortib borishi yuz beradi. Natijada ish haqiga ketgan
qo‘shimcha sarfni mehnat unumdorligining ortishi qoplaydi va hatto uning
tejalishiga ham olib keladi.
Ish haqi xarajatlar tarzida foydaga ta‘sir etishi orqali ishchi kuchiga talabni
o‘zgartiradi.
Ish haqi bilan ishchi kuchiga talabning o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni
quyidagi chizmada ko‘rish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |