dunyo mamlakatlari o‘rtasida taqsimlab, ulardan samarali foydalanishni maqsad
qilib qo‘yadi. Bu siyosatda chetga kapitalni investitsiya sifatida chiqarib, uni ser-
foyda soxalarga joylashtirish uchun o‘zaro kelishilgan soliqlar, bank foizlari, boj
to‘lovlari, kvotalar kabi dastaklardan foydalaniladi. Tovarlarning qimmatlashib
ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun eksport soliqlar bilan cheklanib, ularning
importiga soliq belgilanmaydi. Bu ikki-tomonlama soliqqa tortishni bartaraf etish
deb yuritiladi. Xalqaro savdo-sotiqda o‘zaro kelishilgan engillashtirilgan bojxona
to‘lovlari qo‘llaniladi. Jumladan, xalqaro savdo tashkiloti a‘zolari o‘zaro savdo
qilganda, mazkur to‘lovlari tovar qiymatining 10 foizidan oshmasligi kerak.
Xalqaro kredit berish tartibi ham birgalikda belgilanadi. Bunga ko‘ra kredit kvo-
talari, uni berish muddati va kredit uchun foiz stavkasi o‘rnatiladi. Xalqaro
banklari o‘rnatadi, boshqa xalqaro banklar shunga qarab o‘z foizlarini
belgilaydilar. Xalqaro kredit siyosatini yirik kreditor — qarz beruvchi mamlakatlar
banklari amalga oshiradi. Bular Parij va London qarz beruvchilar klubini tashkil
433
etadi. Bu kredit siyosati kimga va qancha qarz berishni, qanday qarzlarni kechib
yuborishni, qaysilarining to‘lash muddatini cho‘zishni belgilab beradi.
Yirik xalqaro korporatsiyalar davlat ishtirokida eksport va import kvotalari
o‘rnatadilar. Bularga binoan qaerga qancha tovarni eksport va import qilish, hamda
uning tartibi aniqlab beriladi. Integratsion ittifoqlarga kirgan mamlakatlarda,
masalan, Evropa ittifoqida, davlatlararo eksport va import uchun qulay sharoit
yaratib beriladi, bunda ayrim mamlakatlar tovarlarini diskriminatsiya qilish, ya‘ni
kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Global iqtisodiy siyosatni transmilliy, ya‘ni xalqaro korporatsiya va
tashkilotlar, etakchi davlatlar hukumati, davlatlararo muassasalar va parlament
belgilaydi. Bunga misol qilib Evroparlament, Evropa ministrlar kengashi
qo‘llaydigan siyosatni olish mumkin. Bu siyosatda o‘zaro va boshqalar bilan
bo‘ladigan iqtisodiy aloqalarning qaysi yo‘nalishda va qanday tartibda bo‘lishi
ko‘rsatiladi. Global siyosat umuman yoki ayrim sohalarga tatbiqan qo‘llaniladi.
Transmilliy korporatsiyalar faqat o‘z faoliyati doirasidagi xalqaro siyosatni belgi-
laydi. Masalan, OPEK tashkiloti neftni qazib olish va qayta ishlash kvotalarini,
uning narxini o‘z siyosatiga binoan belgilaydi.
Xalqaro Valyuta fondi, Jahon banki, Evropa Tiklanish va Tarraqiyot banki,
Osiyo Rivojlanish banki kabi xalqaro institutlar valyuta rejimini mustahkamlash,
kreditni rivojlantirishga qaratilgan siyosatni qo‘llaydilar. Ular milliy valyuta
kursini barqarorlashtirish va uning tahlikasini kamaytirish uchun, milliy
iqtisodiyotni rivojlantirib eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan kredit
siyosatini qo‘llab quvvatlaydi.
Global iqtisodiy siyosat davlatlararo ishchi kuchi migratsiyasiga ham
taalluqlidir. Ishchi kuchi migratsiyasini tartibga solish uchun unga oid xalqaro
qoidalar ishlab chiqiladi. Turli mamlakat hukumati va parlamentlari belgilagan
migratsiya qoidalari bir-biriga yaqin turadi. Migratsiya oqimini nazorat qilish tar-
tibi ham kelishiladi, migratsiyaga oid o‘zaro axborot almashlab turiladi.
Global siyosat tabiiy ravishda globallashuv jarayonining afzalliklaridan
foydalanish, uning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratiladi.