Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet471/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   467   468   469   470   471   472   473   474   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 

2.

 

Davlatning milliy iqtisodiyotdagi vazifalari. 

Davlat iqtisodiy munosabatlar ishtirokchisi hisoblanadi va ayni vaqtda bozor 

tizimi  faoliyat  qilishiga  ta‘sir  ko‘rsatadi.  Bozor  iqtisodiyotida  bu  davlatning 

iqtisodiy vazifalarida ifodalanadi. Bular quyidagilar: 

 

bozor iqtisodiyoti me‘yorida faoliyat qilish uchun huquqiy asosni vujudga 



keltirish va takomillashtirish; 

 



raqobatni himoya qilish; 

 



daromad va boylikni oqilona qayta taqsimlash; 

 



resurslarni qayta taqsimlash; 

 



iqtisodiyotni  barqarorlashtirish,  ya‘ni  inflyatsiya  va  bandlik  darajasi 

ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish; 

 

tashqi samarani tartibga solish. 



Bozor  iqtisodiyoti  uchun  zaruriy,  huquqiy  asosni  quyidagi  tadbirlar  taqozo 

qiladi:  xususiy  korxonalarga  qonuniy  mavqeini  berish;  xususiy  mulkchilik 

xuquqini  aniqlash  va  shartnomalarga  amal  qilishini  kafolatlash;  korxonalar, 

resurslarni  yetkazib  beruvchilar  va  iste‘molchilar  o‘rtasidagi  munosabatlarni 

tartibga  soluvchi  qonuniy  bitimlarni  ishlab  chiqish  va  shu  kabilar.  O‘zbekiston 

Respublikasining  korxonalar,  tadbirkorlik  va  aktsionerlik  jamiyatlar  to‘g‘risidagi 

qonunlari hamda ularga kiritilgan qo‘shimcha va tuzatishlar, mulkni davlat tasarru-

fidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  bo‘yicha  tadbirlari  bozor  iqtisodiyoti  uchun 

zaruriy, huquqiy asosni ta‘minlashga qaratilgan. 

Davlat  tomonidan  ijtimoiy  muhitni  ta‘minlash  o‘z  ichiga  ichki  tartibni 

saqlash,  mahsulot  sifati  va  og‘irligini  o‘lchashga  andozalar  belgilash,  tovarlar  va 

xizmatlar  ayriboshlashini  engillashtirish  uchun  milliy  pul  tizimini  muomalaga 

kiritish kabilarni oladi.  



421 

Bozor  munosabatlari rivojlangan sharoitda  monopoliyalar  ustidan  ikki  usul-

da  nazorat  o‘rnatiladi.  Birinchi  usulda,  texnologiya  va  iqtisodiy  sharoitlar 

―raqobatli  bozor‖  mavjud  bo‘lish  imkoniyatini  yo‘qqa  chiqaradigan  tabiiy 

monopoliyalar  deb  nomlanadigan  tarmoqlarda  davlat  narxlarini  tartibga  soladi  va 

ko‘rsatiladigan xizmatlarga andozalarni o‘rnatadi. Transport, aloqa, elektr quvvati 

ishlab  chiqarish  va  boshqa  ijtimoiy  foydalanishdagi  korxonalar  ma‘lum  darajada 

shunday tartibga solinadi. Ikkinchi usulda, samarali ishlab chiqarish juda ko‘pchilik 

bozorlarda  raqobat  rivojining  juda  yuqori  darajasida  ta‘minlanishi  sababli  davlat 

raqobatini  quchaytirish  va  himoya  qilish  maqsadida  monopoliyalarga  qarshi 

qonunlar qabul qiladi.  

Bozor  tizimi  pul  daromadlarini  va  milliy  mahsulotni  jamiyat  a‘zolari 

o‘rtasida  taqsimlashda  birmuncha  tengsizliklarni  keltirib  chiqaradi.  Shu  sababli 

davlat  o‘z  zimmasiga  daromadlar  tengsizligini  kamaytirish  vazifasini  oladi.  Bu 

vazifa  bir  qator  tadbir  va  dasturlarda  o‘z  ifodasini  topadi.  Birinchidan,  transfert 

to‘lovlari  orqali  muhtojlarni,  nogironlarni  va  birovning  qaramog‘ida  bo‘lganlarni 

nafaqalar hamda ishsizlarni ishsizlik nafaqalari bilan ta‘minlaydi. Ijtimoiy ta‘minot 

dasturlari orqali pensionerlar va qariyalarga moliyaviy yordam ko‘rsatiladi. 

Ikkinchidan,  davlat  bozorini  tartibga  solish  yo‘li  bilan,  ya‘ni  talab  va  taklif 

ta‘sirida  o‘rnatiladigan  narxlarni  o‘zgartirish  yo‘li  bilan  ham  daromadlarning 

taqsimlanishiga ta‘sir ko‘rsatadi.  

Davlat  jamiyat  a‘zolari  o‘rtasida  daromadlarni  qayta  taqsimlashda  soliq 

tizimidan keng foydalanadi. 

Bozor  mexanizmining  resurslarni  qayta  taqsimlashdagi  layoqatsizligi  ikki 

holatda ko‘rinadi,  ya‘ni  raqobatli bozor tizimi: 1)  ma‘lum tovarlar  va  xizmatlarning 

kam  miqdorini  ishlab chiqaradi; 2)  ishlab  chiqarishi o‘zini oqlagan ayrim tovarlar 

va xizmatlarga resurslarning har qanday turini ajratish holatida bo‘lmaydi.  

Resurslarning  qayta  taqsimlanishi  tovarlarni  ishlab  chiqarish  yoki  iste‘mol 

qilish  bilan  bog‘liq  foyda  yoki  zarar,  uchinchi  tomonga,  ya‘ni  bevosita  xaridor 

yoki  sotuvchi  hisoblanmaganlar  tomonga  ―joyini  o‘zgartirsa‖  vujudga  keladi.  Bu 

qo‘shimcha  samara  deb  ataladi,  chunki  u  bozor  qatnashchisi  hisoblanmaganlar 



422 

xissasiga  to‘g‘ri  keluvchi  foyda  yoki  zararni  ifodalaydi.  Bunga  atrof-muhitning 

ifloslanishini  misol  qilib  keltirish  mumkin.  Kimyo  korxonasi  o‘zining  sanoat 

chiqitlarini  ko‘l  yoki  daryoga  oqizsa,  bu  cho‘miluvchilar,  baliqchilar  va  atrofdagi 

aholiga zarar keltiradi.  

 Davlat bu holatlarni tartibga solish uchun qonunchilik tadbirlarini qo‘llaydi 

yoki mahsus soliq va jarimalardan foydalanadi. 

Masalan,  atrof-muhit  va  suv  havzalarining  ifloslanishini  taqiqlovchi  yoki 

cheklovchi  qonunlar,  ishlab  chiqaruvchilarni  o‘zlarining  sanoat  chiqitlarini  ishlab 

chiqarish  jarayonida  ifloslangan  suvni  tozalovchi  qurilmalar  sotib  olish  va 

o‘rnatish bilan yo‘qotishga majbur qiladi.  

Boshqa  holda  davlat  maxsus  soliqlarni  kiritish  yordamida,  atrof-muhitni 

ifloslantiruvchi  korxonalarga  boshqalarga  keltirishi  mumkin  bo‘lgan  zararni 

yuklashga harakat qiladi. 

Davlat  bir  qator  yo‘llar  bilan  resurslarning  nomutanosib  taqsimlanishi 

keltirib chiqaradigan oqibatlarni yumshatishga ham harakat qiladi. 

Birinchidan,  iste‘molchilarning  aniq  tovar  va  xizmatlarni  xarid  qilish 

qobiliyatini oshirish yo‘li bilan ularning talabi kengaytirildi.  

Ikkinchidan,  davlat  taklifini  oshirish  maqsadida  ishlab  chiqarishni  sub-

sidiyalashi  mumkin.  Subsidiyalar  ishlab chiqaruvchilarning zararlarini qisqartiradi 

va mahsulotlarni ishlab chiqarishda resurslarning etishmasligi bartaraf qilinadi. 

Uchinchidan,  davlat  ayrim  tovarlar  va  ijtimoiy  ne‘matlarni  ishlab 

chiqaruvchisi  sifatida  chiqadi.  Bunday  tarmoqlar  davlat  mulkchiligiga  asoslanadi 

va davlat tomonidan bevosita boshqariladi yoki ularni moliyalashtirishni davlat o‘z 

zimmasiga oladi. 

Bular  fan,  ta‘lim,  sog‘liqni  saqlash,  milliy  mudofaa,  favqulodda  ro‘y 

beradigan  tabiiy  hodisalarga  qarshi  kurash,  ichki  tartibni  saqlash  shular 

jumlasidandir. 

Davlat 

byudjet 


mablag‘lari  hisobiga  resurslarni  hususiy  sohada 

qo‘llanilishdan  bo‘shatadi  hamda  ularni  ijtimoiy  ne‘mat  va  xizmatlar  ishlab 

chiqarishga yo‘naltirish mumkin. Shunday qilib, davlat mamlakat milliy mahsuloti 



423 

tarkibida  muhim  o‘zgarishlarni  amalga  oshirish  maqsadida  resurslarni  qayta 

taqsimlaydi. 

Iqtisodiyotni  barqarorlashtirish,  ya‘ni  iqtisodiyotning  barcha  sohalarini 

resurslar  bilan  ta‘minlash,  to‘liq  bandlik  va  narxlarning  barqaror  darajasiga 

erishishda  yordam  berish  hamda  iqtisodiy  o‘sishni  rag‘batlantirish  davlatning  eng 

muhim vazifasi hisoblanadi. 

Iqtisodiyotda to‘liq bandlikni ta‘minlash uchun umumiy sarflar, hajmi etarli 

bo‘lmasa,  davlat  bir  tomondan  ijtimoiy  ne‘matlar  va  xizmatlarga  o‘z  xarajatlarini 

ko‘paytiradi,  boshqa  tomondan  xususiy  sektorning  sarflarini  rag‘batlantirish 

maqsadida soliqlarni qisqartiradi.  

Agar  jami  sarflar  to‘liq  bandlik  sharoitida  taklif  hajmidan  oshib  ketsa,  bu 

narxlar  darajasining  ko‘tarilishiga  olib  keladi.  Jami  sarflarning  mazkur  ortiqcha 

darajasi  inflyatsion  xususiyat  kasb  etadi.  Bunday  holda  davlat  soliqlarni  oshirish 

orqali  xususiy  sektor  sarflarini  qisqartirish  va  shu  yo‘l  bilan  ortiqcha  sarflarni 

tugatishga  harakat  qiladi.  Iqtisodiyotda  ishsizlik  mavjud  bo‘lganda  davlat 

sarflarining  ko‘payishi  jami  sarflar,  ishlab  chiqarish  hajmi  va  bandlilikning 

o‘sishiga  olib  keladi.  O‘z  navbatida,  soliqlarning  qisqarishi  yoki  transfert 

to‘lovlarining  ko‘payishi  daromadlarni  ko‘paytiradi.  Bu  daromadlar  shaxsiy 

sarflarning o‘sishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.  

Davlat o‘z  ishlab chiqarishini  moliyalashtirishdan tashqari  ijtimoiy sug‘urta 

va  ijtimoiy  ta‘minotning  bir  qator  dasturlarini  amalga  oshiradi,  iqtisodiyotning 

xususiy  va  kooperativ  sektorida  daromadlarni  qayta  taqsimlaydi.  Davlat  atrof-

muhitni  himoya  qilish,  aholi  sog‘lig‘ini  saqlash,  bo‘sh  ishchi  o‘rinlariga  ega 

bo‘lishning  teng  sharoitini  ta‘minlash  va  ma‘lum  sohalarda  narx  belgilash 

amaliyoti  ustidan  nazorat  qilish  va  shu  kabilar    orqali    ham    iqtisodiy    faollikga  

ta‘sir  ko‘rsatadi.  

 Ijtimoiy tavsifdagi  ne‘matlar  ham borki,  ular  faqat davlat tomonidan  ishlab 

chiqarilib,  butun  jamiyat  a‘zolari  yoki  alohida  kishilar  guruhi  bahramand  bo‘lishi 

taqazo qilinadi. 




424 

Davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvi  ikki  yo‘nalishda  kechadi.  Birinchidan, 

iqtisodiyotning  davlat  sektorini  tashkil  etuvchi  korxonalarda  tovar  va  xizmatlar 

yaratib  bozor  munosabatlarida  ishtirok  etadi.  Ikkinchidan,  davlat  umumiy 

manfaatlarini  ifodalovchi  kuch  sifatida  milliy  iqtisodiyotni  tartiblashda  ishtirok 

etadi. 


Respublikamizda  yaqin  istiqbolda  ham:  ―iqtisodiyotda  davlat  ishtirokini 

kamaytirish, xususiy mulkning huquqlarini himoya qilish va uning istiqbolli rolini 

yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining rag‘bat-

lantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish‖ nazarda 

tutiladi.

83

 Bunda quyidagilarga ustuvorlik beriladi: 



 

davlat  mulkini  xususiylashtirish  tartib-tamoyillarni  yanada  kengaytirish  va 



soddalashtirish; 

 



xo‘jalik  yurituvchi sub‘ektlarning  ustav jamg‘armalarida davlat  ishtirokini 

kamaytirish; 

 

davlat  mulkini  xususiylashtirilgan  ob‘ektlarning  bazasida  xususiy 



tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish; 

 



korporativ boshqaruvining zamonaviy standartlari va usullarini joriy etish; 

 



davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish; 

 



nodavlat,  jamoat  tashkilotlar  va  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlarining  rolini 

oshirish 

Davlat  bozorga  nisbatan  tashqi  kuch  sifatida  ham  maydonga  chiqib  butun 

iqtisodiyotni  tartiblashda  ishtirok  etadi  va  bunda  butun  jamiyat  nomidan  ish 

ko‘radi.  

Davlatning  oilalarga  beradigan  turli  transferlari  ularning  xarid  qobiliyatini 

oshiradi,  bu  esa  o‘z  navbatida  talabni  shu  orqali  bozorni  kengaytiradi.  Davlat 

sektori korxonalarida yaratilgan tovar va xizmatlar taklifini oshiradi. 

Davlat sektori butun jamiyat  uchun zarur bo‘lgan  xususiy korxonalar  ishlab 

chiqarilmaydigan  tovar  va  xizmatlarni  yaratadi.  Aksariyat  hollarda  davlat  sektori 

                                                             

83

Мирзиѐев Ш.М.. 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор 



йўналишлари бўйича Ҳаракатлар стратегияси. www.lex.uz 


425 

ishlab chiqarish infratuzilmasi, yonilg‘i-energetika, transport, yo‘l va suv xo‘jaligi, 

aloqa kabi sohalarni qamrab oladi. Ularning xizmatlari milliy iqtisodiyotning rivoji 

uchun  zarur  bo‘lganligi  sababli  shu  sohalar  xarajatini  qoplashni  davlat  o‘z 

zimmasiga olib, iqtisodiy o‘sishga turtki beradi. 

Xozirgi  zamon  bozor  iqtisodiyotini  tartiblashda  bozor  va  davlat  mexanizmi 

birgalikda  amal  qiladi.  Biroq,  ularning  nisbati  iqtisodiyotdagi  vaziyatdan  kelib 

chiqib  turlicha  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  Italiya,  Yaponiya,  Avstriya,  Frantsiya, 

Shvetsiyada  davlatning  roli  kuchli  bo‘lsa,  AQSh  va  Germaniyada  bozor 

mexanizmi ustuvorlikka ega. 

Davlatning  tartibga  solish  rolini  iqtisodiyot  rivojining  umumiy  holati  ham 

belgilaydi.  Iktisodiyot  barqaror  o‘sayotgan  va  bozor  mexanizmi  samarali  ishlab 

turganidan  davlat  iqtisodiyotga  kamroq  aralashadi.  Aksincha,  iqtisodiyot  inqirozli 

holatda  bo‘lganda  davlat  uning  oqibatlarini  yumshatishga  qarata  aralashuvi 

faollashadi. 

 


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   467   468   469   470   471   472   473   474   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish