Tijorat banklari
to‘la mustaqil, lekin ular real jalb qilgan resurslari
miqyosidagina kredit bera oladi. Ixtisoslashgan tijorat banklar alohida sohalarda
kredit-pul operatsiyalarini amalga oshiradi. Jumladan,
investitsiya banklari
iqtisodiyotning turli tarmoqlarini eng avvalo sanoat, savdo, transportni uzoq
muddatli kreditlash bilan shug‘ullanadi, qimmatli qog‘oz chiqaradi va ularni
investorlar o‘rtasida joylashtiradi.
Uy-joy qurilish banki
aholining uy-joy qurilishini moliyalashtirish bilan
shug‘ullanadi.
Ipoteka bank
ko‘chmas mulkni garovga olib, uzoq muddatli kreditlar beradi.
Innovatsiya banki
ilmiy texnikaviy loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq
bo‘lgan operatsiyalarni kreditlaydi. Shunga o‘xshash boshqa maxsus banklar ham
u yoki bu ixtisoslashgan xizmat turini ko‘rsatadi. Tijorat va maxsus banklar
faoliyatini, Markaziy bank nazorat qiladi.
Respublikada ―bank tizimini isloh qilish, banklar depozit bazasining
kapitalizatsiyasini chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, ularning moliyaviy
barqarorligini va ishonchligini mustahkamlash
81
‖ga qaratilishi lozim.
Kredit tizimida maxsus moliya-kredit muassasalari alohida o‘ziga xos
mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. Ko‘rsatilgan xizmati bir, ikki turda bo‘lib, ko‘pincha
maxsus tavsifga ega bo‘ladi. Maxsus moliya-kredit institutlariga ikki tomonlama
nazorat xos. Bir tomondan qarz berish, hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish
tufayli Markaziy bank talablariga bo‘ysunadi. Ayrim paytlarda ular xalqaro
muassasalar tomonidan qabul qilingan normativ xujjatlar asosida ish ko‘radilar.
Moliya
kredit
istitutlarining
o‘ziga
xos
turi
pochta-jamg‘arma
muassasalaridir. U mayda omonatchilarni jalb qilib mijozlarga pochta bo‘limlari
orqali xizmat ko‘rsatiladi. Keyingi paytlarda pochta-jamg‘arma muassasalari
orqali kredit-hisob operatsiyalarini amalga oshirish kengayib bormoqda.
81
Мирзиѐев Ш.М..
2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта
устувор йўналишлари бўйича Ҳаракатлар стратегияси.
www.lex.uz
412
Maxsus moliya-kredit muassasalari tizimida lizing, faktoring firmalari odatda
lizing va faktoring operatsiyalarni amalga oshiradi. Faktoring firmalari
mijozlarining boshqalarga bergan qarzlarini undirishni o‘z zimmasiga oladi va shu
qarz ustidan ularga universal moliya xizmati ko‘rsatadi. Konfentsial faktoringda
esa ayrim operatsiyalar, jumladan qarzni to‘lash, pul olish xuquqlari chegaralangan
bo‘ladi. Lizing firmalari investitsion tovarlarni ijaraga berish bilan shug‘ullanadi.
Lizing kompaniyalarda lizing operatsiyalarini o‘tkazish uchun o‘z mablag‘lari
etishmaydi shu sababli, ko‘pchilik bunday operatsiyalarda jalb qilingan mablag‘lar
keng qo‘llaniladi. Bunda odatda bankning uzoq muddatli kreditlaridan
foydalaniladi.
Lombardlar ko‘chirib bo‘ladigan mol-mulk evaziga kredit beradi. Ular mol-
mulkni saqlash, hamda garovga qo‘yish, belgilangan muddatda qaytarib olinmagan
mulkni komission vositachilik asosida sotishni ham amalga oshiradi.
Kredit birlashmalari-xususiy shaxslar guruhi yoki mayda kredit muassasalari
tomonidan tashkil etiladi. Ular ikki turda bo‘lishi mumkin:
Jismoniy shaxslar guruhi tomonidan kasbi yoki hududiy jihatiga qarab,
qisqa muddatli iste‘mol krediti berish maqsadida tashkil etiladi.
Mustaqil mayda kredit muassasalari ixtiyoriy tarzda birlashuvi tufayli
tashkil etiladi. Ularning mablag‘lari paychilik yoki a‘zolik badallari va zayomlar
chiqarish bilan shakllanadi. Mazkur muassasalarning asosiy operatsiyalari
omonatlarini jalb etish, zayomlar chiqarish, o‘z a‘zolariga qarz berish, veksellarni
hisob-kitob qilish, savdo vositachiligi, komission operatsiyalar, maslahat va
auditorlik xizmatlari ko‘rsatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |