inqiroz, turg’unlik, jonlanish, yuksalish
fazalarini ichiga oladi.
Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun
sharoit yuzaga keladi.
Iqtisodiy siklning
inqiroz
fazasi ishlab chiqarish hajmi va boshqa iqtisodiy
faollik ko‘rsatkichlarining pasayishida ifodalanadi.
Inqirozdan keyin
turg’unlik fazasi
boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom
etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta‘minlansada, u inqiroz
boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo‘ladi. Narxlarning o‘sishi
to‘xtab, ssuda foiz normalari pasayadi, tovar zaxiralari barqarorlashadi.
Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg‘unlik fazasi
davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |