iqtisodiyotning tarmoq va texnologik tuzilishini takomillashtirishga
qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlar
Tayanch tushunchalar
Iqtisodiy muvozanatlik -
bu makroiqtisodiyot darajasida jamiyat
ehtiyojlariga mavjud iqtisodiy resurslar miqdorining va milliy ishlab chiqarish
natijalari hajmi hamda tarkibining o‘zaro mos kelishligini tavsiflaydi.
Xususiy muvozanatlik
- bu ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy
miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining o‘zaro teng kelishidir.
Umumiy muvozanatlik -
bu jamiyatning barcha ehtiyojlari va milliy ishlab
chiqarish real hajmining o‘zaro mos kelishlik darajasini bildiradi.
Retsession farq
- yalpi sarflarning sof milliy mahsulot hajmidan kam
bo‘lgan miqdori.
Inflyatsion farq
- yalpi sarflarning sof milliy mahsulot hajmidan ortiqcha
bo‘lgan miqdori.
Do'stlaringiz bilan baham: |