Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet359/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 

4.

 

Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi 

Milliy    boylik  insoniyat  jamiyati  taraqqiyoti  davomida  ajdodlar 

tomonidan  yaratilgan  va  avlodlar    tomonidan  jamg’arilgan  moddiy,  nomoddiy 

va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir. 

Milliy boylikning bir qismi inson mehnatining natijasi hisoblansa, boshqa qismi 

tabiat  boyliklaridan  iborat  bo‘ladi.  Shunday  ekan  milliy  boylik  keng  ma‘noda  o‘z 

                                                             

62

 Концепция инновационного развития Республики Узбекистан за 2012-2020 г. Т.: 2011. Стр 12 




321 

ichiga  nafaqat  moddiy  va  nomoddiy  ne‘matlar,  yaratilgan san‘at asarlari,  intellektual 

salohiyatni  balki  barcha  tabiat  resurslari  va  boyliklari  hamda  takror  ishlab 

chiqarishning  tabiiy  iqlim  sharoitlarini  ham  oladi.  Milliy  boylikning  bu  barcha 

tarkibiy qismlarini miqdoran, qiymat o‘lchovlarida hisoblab chiqish bir qator ob‘ektiv 

sabablarga ko‘ra ancha qiyin, jumladan  uning tabiat  in‘omlaridan  iborat qismi  ishlab 

chiqarishning  natijasi  hisoblanmaydi  va  qiymat  o‘lchovlariga  ega  emas.  Shu  sababli 

iqtisodiy  tahlil  amaliyotida  milliy  boylikning  tor  ma‘nodagi  tushunchasidan 

foydalaniladi. Tor ma‘noda milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror 

ishlab  chiqarilishi  mumkin  bo‘lgan  barcha  moddiy  intelektual  boyliklardan  iborat 

bo‘ladi. Milliy boylikning bu qismi milliy iqtisodiyot rivojining butun tarixi davomida 

doimiy  takrorlanib  turuvchi  ishlab  chiqarish  jarayonining  umumiy  natijasi  sifatida 

chiqadi  va    buyumlashgan  shaklda  namoyon  bo‘ladi.  U  kishilarning  ko‘plab  avlodi 

mehnati natijasi hisoblanadi. 

Aytilganlardan  kelib  chiqib,  milliy  boylikni  shartli  ravishda  quyidagi  uchta 

yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin: 

1. Moddiy buyumlashgan boylik. 

2. Nomoddiy boylik. 

3. Tabiiy boylik. 

Moddiy  buyumlashgan  boylik  oxiri  oqibatda  ishlab  chiqarishning,  natijasi 

hisoblanadi.  U  ishlab  chiqarishda  yaratilgan  mahsulotlarning  joriy  iste‘mol 

qilishdan ortiqcha qismini jamg‘arish oqibatida vujudga keladi va o‘sib boradi. 

Ammo  moddiy  buyumlashgan  boylikni  qator  yillardagi  yillik  yalpi 

mahsulotlar  yig‘indisi  sifatida  tasavvur  qilish  noto‘g‘ri  bo‘lur  edi.  Chunki  bu 

boylikning  bir  qismi  har  yili  iste‘mol  qilinib,  qaytadan  yangilanib  turadi  (ishlab 

chiqarish  vositalari,  iste‘mol  buyumlari).  Shu  sababli  ishlab  chiqarish 

vositalarining  o‘rnini  qoplash  bilan  bir  vaqtda  yalpi  mahsulotning  faqat  bir  qismi 

moddiy  buyumlashgan  boylik  sifatida  jamg‘arilib  boriladi.  Demak,  qoplash  fondi 

va  moddiy  buyumlashgan  boylikning  o‘sishi  yalpi  milliy  mahsulot  hisobiga 

amalga oshiriladi. 




322 

Milliy  boylikning  inson  mehnati  bilan  yaratilgan  moddiy  qismi  qiymat 

shakliga ega bo‘lib, qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi: 

- ishlab chiqarish maqsadidagi asosiy kapital.

 Bular butun milliy boylikning 

tarkibida  ancha  katta  salmoqqa  ega  bo‘ladi,  hamda  o‘zining  texnikaviy  darajasi 

bo‘yicha yalpi milliy mahsulotning o‘sish imkoniyatini belgilab beradi: 



- noishlab chiqarish tavsifidagi asosiy kapital.

  Asosiy kapitalning  bu turiga 

mamlakatning uy-joy fondi, ijtimoiy madaniy tavsifdagi ob‘ektlar kiradi. 

- aylanma kapital.

 Milliy boylikning bu qismi mehnat predmetlaridan iborat 

bo‘lib, asosiy kapitalning taxminan 1/4 qismini tashkil qiladi. 

-  tugallanmagan  ishlab  chiqarishning  moddiy-buyumlashgan  qismi.

  Ular 


ishlab  chiqarish  bosqichida  mehnat  jarayoni  ta‘siri  ostida  bo‘lib,  potentsial 

pirovard mahsulot hisoblanadi. 



-  moddiy  zahiralar  va  ehtiyotlar.

  Bunga  tayyor  mahsulot,  korxonalar  va  savdo 

tarmoqlaridagi  moddiy  zahiralar,  davlat  ehtiyotlari  va  rezerv  fondlari  kiradi.  Moddiy 

zahiralar iqtisodiyotda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan va oldindan bilib bo‘lmaydigan fav-

qulotda holatlardan kafolatlanish maqsadida ushlab turiladi. 

Davlat  ehtiyojlariga  oltin  zahiralari,  sug‘urta  va  mudofaa  ehtiyojlari  uchun 

zarur zahiralar kiradi. 

-  aholining  uy,  tomorqa  va  yordamchi  xo‘jaligida  jamg‘arilgan  mol-mulk. 

Bunga  uy-joy,  avtomobil,  madaniy-maishiy  buyumlar,  kiyim-kechaklar  va  shu 

kabilarning qiymati kiradi. 

Moddiy  buyumlashgan  boylik  tarkibiy  qismlarining  mazmuni  va  ularning 

salmog‘i o‘zgarishsiz qolmaydi. Asosan fan-texnika taraqqiyoti sharoitida moddiy, 

buyumlashgan  boylik  tarkibida  katta  o‘zgarishlar  ro‘y  beradi.  Sanoat  tarmoq-

larining asosiy kapitali tez ko‘payadi va yangilanadi, noishlab chiqarish sohasining 

asosiy  kapitali  tarkibida  ilmiy,  o‘quv,  sog‘liqni  saqlash  muassasalarining  ulushi 

tobora ko‘proq hissasini egallaydi. Tabiiy resurslarni iqtisodiy faoliyatga jalb qilish 

suratlari o‘sib boradi. 

Moddiy  buyumlashgan  boylik  o‘sishining  asosiy  omillari  sifatida 

quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 



323 

 



mehnat unumdorligining o‘sishi; 

 



ishlab chiqarish samaradorligining ortishi; 

 



milliy daromadda jamg‘arish normasining ortishi. 

Moddiy  buyumlashgan  boylik  nafaqat  ishlab  chiqarishning  natijasi  balki 

uning  shart-sharoiti  hamdir.  Buning  ma‘nosi  shuki,  bir  tomondan    boylikning 

iste‘mol  qilingan  qismining  qoplanishi  va  uning  ko‘payishi  ro‘y  beradi.  Boshqa 

tomondan  milliy  boylik  ishlab  chiqarishning  moddiy  shart-sharoiti,  uning  moddiy 

texnikaviy asosi hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarishning o‘sish sur‘ati va miqyosi 

milliy boylikdan foydalanish xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. 

Moddiy  buyumlashgan  boylik  takror  ishlab  chiqarish    uning    har    qanday  

shaklida  yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi. 

Milliy  boylikning  boshqa  qismi  tabiiy  boyliklar  ishlab  chiqarishning  shart-

sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladi.  

Tabiat  in‘omlari  o‘zining  dastlabki  ko‘rinishida  tabiiy  boylik  bo‘lib,  shu 

holatda  inson  faoliyatining  natijasi  hisoblangan  milliy  boylik  tarkibiga  kirmaydi. 

Buning  ma‘nosi  shuki,  tabiiy  boyliklar  jamiyat  uchun  faqatgina  potentsial  boylik 

hisoblanadi. Ular real boylikka inson mehnatining ta‘siri oqibatida aylanadi. 


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish