Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet358/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

1.

 

Yangi  mahsulotning  ishlab  chiqarishga  tayyor  bo‘lgan  andozasi  yaratilish 

jarayoni. 

2.

 

O‘zlashtirish,  ishlab  chiqarish  va  tarqatilish  jarayoni.  Buning  natijasida 

yaratilgan mahsulot innovatsiyaga aylanadi.  

Innovatsiyalar bir qator mezonlar asosida turkumlanadi. Bular: yangilikning 

darajasi;  bozorga  ta‘sir  ko‘rsatishi;  texnik  o‘lchamlari;  tarqalish  sohasi;  qamrab 

olish ko‘lami; bozordagi mavqei va h.k. 

Jumladan, yangilikning darajasiga ko‘ra davriy, bazisli (radikal), yaxshilanib 

boruvchi  innovatsiyalar  farqlanadi.  Davriy  innovatsiyalarga  dehqonchilik  va 

chorvachilikning  o‘zlashtirilishi,  yozuvning  kashf  qilinishi,  o‘q  qurollari  va  ter-

moyadro qurollar kashf etilishi, davlatlarning qaror topishi va boshqa shu kabilarni 

kiritish mumkin. Bazisli innovatsiya natijasida jarayon, mahsulot yoki xizmatlarda 

shunday  katta  o‘zgarish  kashf  qilinadiki,  bu  mavjud  tarmoq  yoki  bozorning 




319 

butunlay  transformatsiyalashuviga  olib  keladi.  Bunga  internet  tufayli  elektron 

biznes sohasining paydo bo‘lishini misol qilib keltirish mumkin. 

Innovatsiyalar  paydo  bo‘lishining  muhim  shart-sharoiti 



innovatsion  muhit

 

hisoblanadi.  Innovatsion  muhit  innovatsion  g‘oyalarning  tug‘ilishi  va  amalga 



oshirilishi  uchun  qulay  sharoit  yaratadi.  Innovatsion  muhit  innovatsion  salohiyat 

mavjud  bo‘lganda  qaror  topadi.  Innovatsion  salohiyat  turli  xil  resurslar 

(intellektual, moddiy ―moliyaviy, infratuzilmaviy‖) ning yaxlitligini tavsiflaydi.  

Milliy  innovatsion  tizim  (MIT)  –  milliy  hudud  doirasida  ilmiy  bilim  va 

texnologiyalarni  yaratish, ro‘yobga chiqarish  va tijoratlashtirishga  xizmat qiluvchi 

o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tuzilmalar majmuasidir. 

MIT o‘ziga ikki tarkibiy bo‘linmani qamrab oladi: ilmiy-ishlab chiqarish va 

institutsional.  O‘z  navbatida  ilmiy-ishlab  chiqarish  tizimi  a)  fan  va  ta‘lim;  b) 

tadbirkorlik  sektori;              v)  innovatsion  infratuzilmadan  iborat  bo‘ladi. 

Institutsional  muhit  davlatning  fan-texnika  sohasidagi  faoliyatini  va  innovatsion 

siyosatini ta‘minlaydi.  

Innovatsion  infratuzilma  ishlab  chiqarish  –  texnologik,  moliyaviy  va 

eksport-konsalting tuzilmalardan iborat bo‘lib quyidagilarni o‘z ichiga oladi.  

1.

 



Ishlab chiqarish - texnologik infratuzilma. 

 



texnoparklar  

 



innovatsion – texnologik markazlar  

 



biznes inkubatorlar  

 



texnologiyalar transferi markazlari 

 



innovatsion –sanoat klasterlari 

 



maxsus iqtisodiy zonalar 

2.

 



moliyaviy infratuzilma 

 



turli tipdagi fondlar (byudjet,venchur, sug‘urta, investitsion)  

 



xususiy investorlar 

 



fond bozorlari 

3.

 



eksport –konsalting infratuzilma. 


320 

 



konsalting  markazlari  (moliya,  investitsiya,  marketing,  boshqaruv  va 

h.k.) 


 

xizmat 



ko‘rsatish 

bo‘yicha 

muassasalar 

(intellektual 

mulk, 

standartlashtirish, sertifikatlash) 



 

axborot –analitik markazlar, internet resurslar. 



Innovatsion jarayonlarning jadalligi va samaradorligi davlatning innovatsion 

siyosatiga  bog‘liq.  Davlatning  bu  siyosati  asosan  quyidagi  yo‘nalishlarda  amalga 

oshiriladi: 

 



milliy 

mahsulot 

raqobatbardoshligini 

ta‘minlaydigan  innovatsion 

faoliyatni kuchaytirishi; 

 



zamonaviy texnologiyalar asosidagi innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash; 

 



yangi mahsulotlar va ilg‘or texnikaviy ishlanmalarga yo‘naltirilgan ilmiy-

tadqiqot va konstruktorlik loyihalarni moliyalashtirish; 

 

davlat  tomonidan  tartibga  solishni  bozor  innovatsion  mexanizm  samarali 



amal qilishi va intellektual mulkni himoyalash bilan qo‘shib olib borish; 

 



innovatsiyalar  asosida  rivojlanishning  qonunchilik  va  axborot  bazasini 

yaratishni kengaytirish; 

 

texnologiyalarning  jahon  bozoriga  transfertida  xalqaro  innovatsion 



hamkorlik va milliy innovatsion tadbirkorlikni himoya qilishga . 

Davlatning  amalga  oshiradigan  maqsadli  innovatsion  siyosati  natijasida 

respublikada    2020-yilda  yuqori  texnologik  tarmoqlar  mahsuloti  31%ga  o‘sib, 

yalpi ichki mahsulotda innovatsion mahsulotlar ulushi 22% gacha ortishi zarur.

62

 


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish