Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


XIII  BOB.  ISTE’MOLCHI  HULQI  NAZARIYASI:  NAFLILIK  VA  UNI



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

XIII  BOB.  ISTE’MOLCHI  HULQI  NAZARIYASI:  NAFLILIK  VA  UNI 

MAKSIMALLASHTIRISH QOIDASI

 

 



1.

 

Naflilik, yalpi naflilik va keyingi naflilik tushunchalari. 

2.

 

Iste’molchi byudjeti. 

3.

 

Iste’molchi tanlovi nazariyasi. 

 

1.

 

Naflilik, yalpi naflilik va so’nggiqo’shilgan naflilik tushunchalari 

 

Bozor  vaziyatining  o‘zgarishini  iste‘molchi  nuqtai  nazaridan  qarab  chiqilsa 



aynan  olingan  tovarga  talab  qanday  shakllanadi,  uning  xulqi  nimadan  iborat,  is-

te‘molchi tanlovi qanday tartibda amalga oshiriladi kabi savollarga mantiqiy javob 

topish mumkin bo‘ladi. 

Iste‘molchi  hulqi  bu  ularning  turli  xil  tovar  va  xizmatlarga  talabning 

shakllanish jarayonidir. Iste‘molchi hulqi quyidagi mantiq asosiga quriladi:  

1.

 



Iste‘molchi  imkoniyati  cheklangan  sharoitda  harakat  qiladi,  shu  sababli 

uning  qarori  tovarlarning  mavjud  muqobil  variantlaridan  birini  tanlashga 

qaratiladi.  

2.

 



Iste‘molchi  maqsadi  –  tovarlarni  iste‘mol  qilish  natijasida  maksimal 

qoniqish olishdir. 

3.

 

Iste‘molchi  hulqi  oqilona,  ya‘ni  u  barcha  cheklanishlarni  baxolaydi  va 



o‘z maqsadiga etishishning eng yaxshi variantini tanlaydi.  

Iste‘molchi  xulqini  miqdoriy  aniqlashda  keyingi  naflilik  nazariyasi  va 

farqsizlik egri chizig‘i usuli yordamida amalga oshiriladi. 

Naflilik  –  sub‘ektiv  qoniqish  ya‘ni  tovar  (xizmat)  ni  iste‘mol  qilishdan 

ko‘riladigan naf.

 

―Umumiy  tarzda  naflilik    tovarning  inson  extiyojini  qondira  olish  qobiliyati 

deb ta‘riflashimiz mumkin‖

38



                                                             

38

Economics:  principles,  problems  and  policies.  Stanley  L.  Brue,  Campbell  P.  McConnell,  seventeenth  edition,                                 



McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 360 бет. 


194 

Agar  naflilikka  iste‘molchi  nuqtai  nazari  bilan  qaralsa,  u  iste‘molchining 

biron-bir  ne‘matni  iste‘mol  qilishidan  olinadigan  qoniqishni  anglatadi.  Iste‘-

molchining  tomonidan  o‘zi  uchun  turli  tovarlar  naflilik  darajasining  baholanishi 

iste‘molchining afzal ko‘rishi deyiladi.

39

 



Naflilik  funktsiyasi  ma‘lum  miqdordagi  tovarlarga  boshqa  bir  miqdordagi 

tovarlarni  taqqoslash  orqali  ro‘yobga  chiqadi.  Naflilikni  mutlaq  ko‘rsatkichlarda 

aniqlash  qiyin.  Faqat  iste‘molchi  tanlovini  naflilik  darajasining  ketma-ket 

joylashuvi  bilan  izohlash  mumkin.  Bir  to‘plamdagi  tovarlar  nafliligi  boshqasidan 

qay darajada afzalligini miqdoriy baholash mumkin emas. 

Naflilik  funktsiyasi  iste‘mol  qilinayotgan  tovarlar(X,Y)-dan  olinayotgan 

naflilikning hosilasini ifodalaydi: 

XY

Y

X

U

)



,

(

 



 

―Naflilik‖  atamasini  ilmiy  sohaga  birinchi  bo‘lib  ingliz  filosofi  I.Bentam 

(1748-1832) kiritgan. 

 

Naflilik  va  narx  o‘rtasidagi  bog‘liqlikni  ilk  bor  ingliz  iqtisodchi  olimi 



U.Djevons (1835-1882) ko‘rsatib, keyingi naflilik kontseptsiyasini ilgari suradi va 

aynan u bozor narxida o‘z o‘rniga ega bo‘lishini isbotlaydi.  

 

Naflilikni  miqdoriy  aniqlash  ancha  qiyin,  chunki  u  sub‘ektiv  tushuncha.  Ayni  



vaqtda  iqtisodiyot  nazariyasida  naflilikni  aniqlashda  ikkita  yondashuv  qaror 

topgan.  

1.

 

Kardinalistik yondashuvda  naflilik  miqdorini  mutloq aniq  hisoblash talab 



qilinadi. Bunda uni aniqlashning sharti birligi ―yutil‖ (inglizcha – utility – naflilik) 

dan foydalaniladi. 

2.

 

Ordinalistik  yondashuvda  qator  tovarlarni  afzal  ko‘rish  tartibi  bo‘yicha 



joylashtirishda  naflilikning  ma‘lum  ketma-ketligiga  yo‘l  qo‘yiladi.  Bunda 

iste‘molchi  tovarning  bir-biriga  qiyosan  muhimlilik  darajasi  bo‘yicha  xulosa 

chiqarish  mumkin.  Masalan,  birinchi  tovar  ikkinchisiga,  ikkinchisi  uchunchisiga 

nisbatan afzal ko‘riladi va h.k.  

                                                             

39

  Economics:  principles,  problems  and  policies.  Stanley  L.  Brue,  Campbell  P.  McConnell,  seventeenth    edition, 



McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 362 бет. 


195 

 

Iste‘molchi uchun naflilikning ikki turi: umumiy va keyingi naflilik muhim. 



 


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish