Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


O’zbekistonda antimonopol qonunchilikning vujudga kelishi



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

O’zbekistonda antimonopol qonunchilikning vujudga kelishi. 

3.

 

Tabiiy  monopoliyalar,  ularning  belgilari  va  tartibga  solinish 

hususiyatlari. 

4.

 

Monopol faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari. 

 

1.

 

Antimonopol qonunchilikning zarurligi va kelib chiqishi. Antimonopol 

siyosat 

Monopolistlar  iqtisodiyotdagi  erkin    raqobatga  to‘sqinlik  qilib,  iqtisodiy 

rivojlanishga ancha jiddiy salbiy ta‘sir ko‘rsatishi, taraqqiyot yo‘liga g‘ov bo‘lishi  

mumkin. Shunga ko‘ra, deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni 

davlat  tomonidan  tartibga  solish  chora-tadbirlari  qo‘llanilib,  bu  monopoliyaga 

qarshi siyosatning mazmunini tashkil etadi. 

Davlatning  antimonopol  siyosati  –  monopoliyalar  faoliyatini  cheklash, 

tartibga solish va raqobatchilik muhitini vujudga keltirishga qaratiladi. 

 Davlatning  monopoliyaga  qarshi  siyosati  asosini  monopoliyaga  qarshi 

qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada rivojlangan. 

Iqtisodiyotda  monopollashuv  printsiplari  kuchayib  borishi  bilan  raqobat 

cheklanadi,  shu  sababli  raqobatchilik  muhitini  vujudga  keltirishda  davlat  ham 

qatnashadi. Bu esa davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o‘z aksini topadi. 

Har bir  mamlakatdagi aniq  vaziyat,  ya‘ni  iqtisodiyotning  monopollashuv darajasi, 

uning  miqyosi  va  xarakteriga  qarab,  bu  siyosat  erkin  raqobat  muhitini  yangidan 

yaratish,  uni  saqlab  qolish,  zarur  bo‘lganda  qaytadan  tiklash,  raqobat  usullarini 

qaror  toptirish  kabilarga  qaratiladi.  Bular  asosan  antimonopol  qonunchilik 

yordamida hal qilinadi. Jahon tajribasida bunday qonunchilik 120 yildan ortiq davr 

davomida  rivojlanib  kelgan.  Jumladan,  u  birinchi  bo‘lib,  AQShda  monopoliyalar 

gurkirab tashkil topa boshlagan davrda paydo bo‘lgan.  




171 

Hozirgi  davrda,  erkin  raqobatni  himoya  qiluvchi  qonunchilik  bitimlari 

G‘arbiy  Evropaning  barcha  mamlakatlarida  mavjud.  Ularda  mazkur  qonunchilik 

ikki yo‘nalishga ega: narxlar va kompaniyalar qo‘shilishi ustidan nazorat qilish. 

 Antimonopol tartibga solish takomillashmagan  va  muayyan  xarajatlar bilan birga 

borsa-da,  ular  bozor  iqtisodiyotida  monopolistik  tamoyillarni  cheklashga  olib 

keladi.   

 Monopoliyalarga  qarshi  qonunchilik  va  uni  amalga  oshirish  uchun  zarur 

bo‘lgan chora-tadbirlar boshqa mamlakatlarda ham sharoit taqozo etgan shakllarda 

amal qiladi. 

Odatda  AQShdagi  monopoliyaga  qarshi  qonunchilik  nisbatan  ilgariroq  va 

mukammalroq  ishlab  chiqilgan,  deb  hisoblanadi.  U  quyidagi  qonunchilik 

hujjatlariga asoslanadi:  

1.  Sherman  qonuni

  (1890  y.)  Kartel  bitimlarini  noqonuniy  deb  hisoblaydi, 

savdoni  yashirin  monopollashtirish,  u  yoki  bu  tarmoqdagi  yakka  nazoratni  qo‘lga 

olish, narxlar bo‘yicha kelishuvlarni ta‘qiqlaydi. Bu qonun asosan savdo va tijorat 

faoliyatining  monopollashuviga  qarshi  yo‘naltiriladi.  Hamda  erkin  savdoni 

cheklashga  qaratilgan  kelishuvlarning  har  qanday  shakliga  taqiq  qo‘yadi.  Mazkur 

qonunda  jazo  chorasi  sifatida  jarimalar,  zararni  qoplash,  qamoqqa  olish  va  hatto 

aybdor  firmani  tugatishni  ham  ko‘zda  tutadi.  Qonunning  eng  muhim  hususiyati 

mavjud  faoliyat  qilib  turgan  monopoliyalarga  qarshi  kurashga  qaratiladi.  Uning 

kamchiligi  asosiy  qoidalar  noaniqligi,  qonunning  bajarilishini  nazorat  qiluvchi 

doimiy  muassasa yo‘qligi  va antimonopolistik  tadbirlarning profilaktik  xarakterga 

ega bo‘lganligidir. 



2.  Kleyton  qonuni

  (1914  y.)  Bu  qonun  savdodagi    kamsitishni,  mahsulot 

sotish  sohasidagi  cheklashni  narx  bo‘yicha  kamsitishni    firmalarning  ma‘lum 

ko‘rinishda birlashib ketishlar, o‘zaro bog‘lanib ketuvchi direktoratlar  va boshqa-

larni  taqiqlaydi.  Trestlarga  qarshi  qonunchilikka  doir  asosiy  tushunchalar 

aniqlashtirildi  va  monopoliyalarga  qarshi  faoliyat  tushunchasi  kengaytirildi. 

Trestlarga  qarshi  qonunlarning  bajarilishini  nazorat  qilish  hukumat  Federal  savdo 



172 

komissiyasiga  yuklatiladi.  Shu  qonun  tufayli  ―monopol  kasallik‖  deb  nomlangan  

tushuncha  paydo  bo‘lgan. 

3.  Robinson-Payman  qonuni

  (1936  y.)  Bu  qonun  savdo  sohasidagi 

cheklovchi  faoliyatlar,  «narxlar  qaychisi»,  narx  bo‘yicha  kamsitishlar  va  boshqa 

shu  kabilarni  taqiqlaydi.  AQShdagi  trestlarga  qarshi  mavjud  qonunchilik  ko‘proq 

darajada  boshqa  mamlakatlarda  ham  antimonopol  qonunchilikning  rivojlanishiga 

ta‘sir ko‘rsatgan. 



4. Unler-Li qonuni

 (1938  y.)  Savdo bo‘yicha  federal komissiyaga ―savdoda 

chalg‘itishga  olib  keladigan  harakatlarni‖  nazorat  qilish  bo‘yicha  qo‘shimcha 

majburiyat  qo‘ygan.  Natijada  komissiya  iste‘molchini  reklama  va  yolg‘on 

ma‘lumot natijasida jabr ko‘rishdan himoya qilish vazifasini oldi. Unler-Li qonuni 

iste‘molchilar  huquqini  himoya  qilishga  qaratilgan.  Mazkur  qonun  yolg‘on 

reklama  va  ma‘lumotlarni  soxtalashtirishga  qarshi  qaratilgan  chora-tadbirlarni  o‘z 

ichiga oladi. 

5. Kleyton qonuniga  Keller-Kefover  qonuni tuzatishi kiritgan (1950  yilda). 

Unda  noqonuniy birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib 

olish  orqali  birlashib  ketish  taqiqlandi.  Agar  Kleyton  qonuni  yirik  firmalarning 

gorizontal  ravishdagi  birlashib  ketishlariga  to‘siq  qo‘ygan  bo‘lsa,  Keller-Kefover 

tuzatishi  vertikal  ravishdagi  birlashib  ketishlarga  cheklov  kiritdi

36

.  Unda  moddiy 



aktivlar  sohasida  monopoliyalar  o‘zaro  ta‘siriga  e‘tibor  qaratadi.  AQShda  XXasr 

80-yillarining birinchi yarmida monopoliyalarga qarshi qabul qilingan yo‘riqnoma 

hujjatlarida 

Xorfindal-Xirishman 

indeksidan 

foydalanib 

tarmoqlar 

kontsentratsiyalashuvining  normativlarini  o‘rnatdi.  Agar  bu  indeks  1000  dan 

yuqori  bo‘lmasa,  bozor  kuchsiz  kontsentratsiyalashgan,  1800dan  yuqori  bo‘lsa 

kuchli darajada kontsentratsiyalashgan deb tan olingan.  

 

Ayni  vaqtda  bir  qator  tarmoqlarda  (gaz-ta‘minoti,  elektr  ta‘minoti  va  h.k.) 



tabiiy  monopoliyalardan  holi  bo‘lish  qiyin.  Shu  sababli  davlat  ularga  nisbatan 

                                                             

36

 Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue. Economics: Tamoyillar, muammolar va siyosat. O‘n ettinchi Nashr. 



583-597 b. 


173 

bevosita  yoki  bilvosita  tartibga  solish  dastak  va  vositalarini  qo‘llashga  majbur 

bo‘ladi. 

 


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish