Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi ishlab chiqarish imkoniyatlarining



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi ishlab chiqarish imkoniyatlarining 

ham cheklanishiga olib keladi.

 

 Resurslardan  foydalanish  darajasi  turlicha  bo‘lgani  uchun  barcha  tovarlar 



bo‘yicha ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini ko‘rsatish qiyin. 

 

4.



 

Iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishi va iqtisodiy fanlarning 

shakllanishi 

Iqtisodiyot  sir-asrorlarini  bilishga  qiziqish  juda  qadim  zamonlarda  ham 

mavjud bo‘lgan.  

Iqtisodiyotga 

oid 

bilimlar 



antik 

dunyoning 

ko‘zga 

ko‘ringan 

olimlariKsenofont,  Platon,  Aristotel  shuningdek,  qadimgi  Misr,  Xitoy,  Hindiston 

                                                             

1

McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 



th 

edition. America, New York: McGraw-Hill, 2008. page 

39

 

2



McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 

th 


edition. America, New York: McGraw-Hill, 2008. page 

41

 




17 

va  Markaziy  Osiyo  muttafakkirlari  qarashlarida  ham  uchraydi.  Qadimgi  Hindis-

tonning  «Manu  qonunlari»da  (bizning  eramizgacha  IV-III  asr)  ijtimoiy  mehnat 

taqsimoti,  xukmronlik  va  qaramlik  munosabatlari  mavjud  bo‘lishi  qayd  qilingan. 

Qadimgi  Xitoy  mutafakkirlari  xususan  Konfutsiy  (bizning  eramizgacha  551-479 

y.y.) asarlarida aqliy va jismoniy mehnatning farqlari ko‘rsatiladi, bunda birinchisi 

jamiyat  ―yuqori‖  qatlamlari,  ikkinchisi  asosiy  qismi  qullardan  iborat  bo‘lgan 

«oddiy kishilar» ga tegishli bo‘lishi qo‘rsatilgan.  

Iqtisodiy qarashlarning yanada rivojlanishiga qadimgi Gretsiya mutafakkirlari 

munosib  hissa  qo‘shgan,  Ksenofont  (430-354  y.y.,),  Platon  (427-347  y.y.  e.o), 

Aristotel  (384-322  y.y.  e.o.)  qarashlarini  hozirgi  zamon  iqtisodiy  fanining  bosh-

lang‘ich  nazariy  nuqtasi  sifatida  tavsiflash  mumkin.  Bu  ularning  xo‘jalik 

ne‘matlari asosi hisoblangan naflilik to‘g‘risidagi, ne‘matlarni to‘g‘ri ayriboshlash, 

ekvivalent ayriboshlanishi va boshqa shu kabi qarashlariga tegishli.  

Qadimgi  Rim  mutafakkirlari  (S.Katona,  Varrona,  Kalumella)  iqtisodiy 

qarashlarida  qulchilikning  mavjud  bo‘lishi  asoslanadi,  tabiatan  barcha  kishilar 

tengligi  qayd  qilinadi,  adolatli  narx  printsiplari,  mehnat  mahsulotlarini  ijtimoiy 

baholash,  mulkchilik  tushunchasi,  boylik  va  boshqa  shu  kabilarga  o‘z  fikrlarini 

bayon qilinadi.  

Aristotel  birinchilardan  bo‘lib  tovarning  xususiyatini  ko‘rsatib,  ayriboshlash 

nisbatini  asoslaydi,  pulning  kelib  chiqishi  va  vazifalariga  o‘zining  qarashlarini 

bayon qiladi. 

Iqtisodiyot  nazariyasi  fani  ko‘pgina  mamlakatlarda  milliy  bozor  shakllangan 

va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda dastlab «siyosiy iqtisod» nomi bilan 

shakllana boshladi.  

Siyosiy  iqtisod grekcha so‘zdan olingan bo‘lib  «politiko»–ijtimoiy,  «oykos»-

uy  xo‘jaligi,  «nomos»–qonun,  ya‘ni  uy  yoki  ijtimoiy  xo‘jalik  qonunlari  degan 

ma‘noni bildiradi. Bu «iqtisod» tushunchasiga yaqin bo‘lib u  ilmiy bilishning aniq 

sohasini va yaxlit iqtisodiy munosabatlarni anglatadi. Frantsuz iqtisodchisi Antuan 

de Monkreten birinchi marta «Siyosiy iqtisod traktati» (1615 y.) nomli asarida, bu 

fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi.  



18 

Iqtisodiy  fan  shakllanishi  jarayonida  bir  qancha  g‘oyaviy  oqimlar,  maktablar 

vujudga  kelgan.  Ular  jamiyat  boyligining  manbai  nima,  u  qaerda  va  qanday  qilib 

ko‘payadi,  degan  savollarga  javob  topishga  urinishgan.  Bunday  iqtisodiy 

oqimlardan  dastlabkisi  «merkantilizm»,  (italyancha  merkante  -  savdogar)  deb 

atalgan.  Bu  oqim  tarafdorlari  odamlarning,  jamiyatning  boyligi  (pul,  oltin) 

savdoda,  asosan  tashqi  savdoda  paydo  bo‘ladi,  ko‘payadi,  faqat  savdoda  band 

bo‘lgan mehnat unumli mehnat, boshqalari esa unumsizdir, deb tushuntiradi.  

Boshlang‘ich  merkantalizm  (XIV  asr  oxiri  XVI  asr  o‘rtalari)  monetar  tizim 

deb nomlanib, uning asosiy sharti pul (oltin, kumush)ni mamlakatda ushlab qolish 

hisoblangan.      Keyingi  merkantalizm  (XVII  asr-XVIII  asr  boshlari)  tashqi  savdo 

rivojlanishi  va  umuman  iqtisodiy  rivojlanishga  pulni  tashqariga  chiqarishni 

taqiqlash to‘siq bo‘lishini anglashgan.  

Keyingi  merkantalizmning  Angliyadagi  asosiy  vakili  Tomas  Mann  (1571-

1641)  hisoblanib,  u  davlatning  ichki  va  tashqi  siyosatini  asoslaydi.  Merkantalizm 

kontseptsiyasi  asosan  protektsionizm  iqtisodiy  siyosatiga  tayanadi,  ya‘ni  ular 

davlatning  iqtisodiyotni  boshqarishda  qatnashishi,  eksportning  importdan  ortiq 

bo‘lishi  va boylikni ko‘paytirishni ta‘minlashi zarurligi  masalalariga e‘tibor  qara-

tadi.  


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish