U pulning qadrsizlanish darajasini pasaytirib turishga, pul massasini hamda
to‘lovga qodir bo‘lgan jami talabni keskin kamaytirish hisobiga pul muomalasini
barqarorlashtirishga asoslanadi. Bu yondoshuvning kamchiligi shuki, u ishlab
chiqarishning jismoniy hajmi kamayishiga va investitsiya faoliyatining to‘xtab
Ikkinchisi – ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirishga,
asoslangan yondoshuv. Bunda bir me‘yordagi qattiq moliyaviy va pul-kredit
114
siyosati tovar bilan qoplashning iloji bo‘lmagan ortiqcha talablarni cheklash
bo‘yicha tadbirlar bilan uzviy bog‘lab olib boriladi.
Respublikada o‘tish davrida makroiqtisodiy barqarorlikka erishishda ikkinchi
yondoshuvga ustunlik beriladi. Bu ishlab chiqarishning istiqbolga ega bo‘lgan
tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni har tomonlama rag‘batlantirish, eng muhim
bo‘g‘inlarni aniqlash (neft, energetika, don, paxtani qayta ishlash sanoati va h.k.)
va shu orqali iqtisodiyotni tarkiban qayta tashkil qilish bo‘yicha amalga
oshiriladigan yondoshuvdir.
Barqarorlashtirish dasturini ishlab chiqishda, muvozanatga keltirilgan
monetar siyosat asosiy tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni tarkiban qayta tashkil
qilishni qo‘llab-quvvatlash siyosati bilan birga qo‘shib olib borilishi zarur.
Ana shu yondoshuvlar negizida iqtisodiy barqarorlikka erishishning asosiy
mezonlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
I.
Ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga yo‘l qo‘ymaslik;
II.
Ustvor bo‘lgan tarmoqlarda ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun qulay
sharoitlarni vujudga keltirish va rag‘batlantirish;
III.
Davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolining barqarorligini
ta‘minlash;
IV.
Pulning qadrsizlanishini to‘xtatish;
V.
To‘lov balansi va davlat valyuta rezervlarining holatini yaxshilash;
VI.
Muvozanatlashtirilgan ijtimoiy siyosat asosida aholi turmush darajasini
yaxshilash.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirishda soliq tizimini takomillashtirish kredit-bank
tizimini, pul muomalasini mustahkamlash, valyuta munosabatlarini tartibga solish
ham alohida o‘rin tutadi.
Bozor munosabatlariga o‘tish davrida milliy valyutani mustahkamlash uning
ichki bozorda erkin almashinuvini ta‘minlash muhim vazifa hisoblanadi.
Birinchidan, milliy valyutaning tovar (xizmat) lar bilan barqaror
ta‘minlanishiga erishish. Bunda bozorning umumiy hajmida respublikada ishlab
chiqariladigan mahsulotlar hissasini oshirib borish hal qiluvchi o‘ringa ega bo‘ladi.
115
Ikkinchidan, etarli barqaror valyuta zahiralariga ega bo‘lish. Bunga respublika
eksport imkoniyatini kengaytirish, eksport uchun mahsulot ishlab chiqaradigan
korxonalar ulushini va ularning jahon bozoridagi mavqeini oshirish orqali
erishiladi.
Uchinchidan, ishlab topilgan har bir so‘mni qadrlash va iqtisodiyotga
sarflangan har bir so‘mning foyda bilan qaytishiga erishish.
To‘rtinchidan, pul qadrsizlanishiga, inflyatsiyaga qarshi puxta o‘ylangan
siyosat o‘tkazish. Bunda ichki bozorni mollar bilan to‘ldirish, naqd pul va kredit
emissiyasining o‘sishiga, aholi qo‘lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo‘l
qo‘ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega.
Respublikaning bozor iqtisodiyotiga o‘tishida iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini
ishlab chiqarilayotan mahsulot, eksport va import tarkibini tubdan o‘zgartirish
shuningdek, eng muhim makroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nisbatlarini
tartibga solish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: