Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 

3.

 

O’zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy 

yo’nalishlari

 

Iqtisodiy  munosabatlarning  bir  turidan  butunlay  boshqa  yangi  turiga  o‘tish, 



iqtisodiy  islohotlar  strategiyasini  ishlab  chiqish  va  uning  asosiy  yo‘nalishlarini 

aniqlab  olishni  taqozo  qiladi.  Iqtisodiy  islohotlar  –  bu  bozor  munosabatlarini 

shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. 

Respublikada  iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirishning  asosiy  yo‘nalishlari 

quyidagilar: 

– mulkiy munosabatlarni isloh qilish; 

– agrar islohotlar; 

– moliya-kredit va narx-navo islohoti; 

– boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish; 

– tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti; 

– ijtimoiy islohotlar.

20

 



Bozor  islohotlarining  bosh  bo‘g‘ini  mulkchilik  munosabatlarini  tubdan 

o‘zgartirishdir,    shu  orqali  ko‘p  ukladli  iqtisodiyot  va  raqobatlashish  muhiti 

shakllantiriladi    Respublikada  mulkiy  munosabatlarni  isloh  qilishdan  ko‘zda 

tutilgan  maqsad  davlat  mulki  monopolizmini  tugatish  va  bu  mulkni 

xususiylashtirish  hisobiga  ko‘p  ukladli  iqtisodiyotni  real  shakllantirishga  

qaratiladi.

 

Respublikada 



iqtisodiy 

islohotlarni 

amalga 

oshirishning 

dastlabki 

bosqichidayoq qishloq xo‘jaligini isloh qilishga ustunlik berildi. Bunga quyidagilar 

                                                             

20

 



Иқтисодий  ислоҳотларни  амалга  оширишнинг  бу  асосий  йўналишлари  И.А.Каримовнинг  «Ўзбекистон 

иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида» китобида баѐн қилиб берилган. 

 



109 

sabab bo‘ldi. Birinchidan, Respublikamiz  iqtisodiyotida agrar soha  ustunlikka ega 

bo‘lib,  aholining  ko‘pchiligi  qishloq  xo‘jaligida  bandligi,  iqtisodiy  o‘sish  ko‘p 

jihatdan shu tarmoq ahvoliga bog‘liq ekanligi.  

Ikkinchidan, Respublika butun sanoat potentsialining yarmiga yaqinini tashkil 

qiladigan  sanoatning  ko‘pgina  tarmoqlarini  (paxta  tozalash,  to‘qimachilik,  yengil, 

oziq-ovqat,  kimyo  sanoati,  qishloq  xo‘jalik  mashinasozligi  va  boshqalar)  rivoj-

lantirish istiqbollari bevosita qishloq xo‘jaligiga bog‘liq. 

Uchinchidan,  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlari  (asosan  paxta)  valyuta  resurslari, 

Respublika  uchun  zarur  bo‘lgan  oziq-ovqat  mahsulotlari,  dori-darmonlar,  texnika 

va texnologiya uskunalarini chetdan sotib olishni ta‘minlayotgan asosiy manbadir. 

To‘rtinchidan,  mustaqillik  sharoitida  qishloq  xo‘jaligining  oziq-ovqat 

muammosini hal etishdagi roli ortib boradi. 

O‘zbekistonda  agrar  islohotning  negizi  erga  bo‘lgan  mulkchilik  masalasi  

hisoblanadi.  Respublika  qonunchiligida  er  xususiy  mulk  qilib  sotilishi  mumkin 

emasligi    sababli    qishloqda  bozor  munosabatlarini  shakllantirishga  erni  meros 

qilib qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanish uchun ijaraga berib qo‘yish orqali 

erishish ko‘zda tutilgan. 

Respublikada  erga  bo‘lgan  mulkchilik  munosabatlarini  isloh  qilishning 

boshqa  xususiyati,  melioratsiya,  irrigatsiya,  yerlarning  unumdorligini  oshirish 

dasturlarini bajarishni davlatning o‘z zimmasiga olganligidir. Bundan xulosa shuki, 

birorta ham fermer irrigatsiya va melioratsiya ishlarini o‘zi mustaqil amalga oshira 

olmaydi.  Faqat  davlatgina  melioratsiya  tarmoqlarini  rekonstruktsiyalashga, 

qurishga va irrigatsiya tadbirlarini amalga oshirishga qodirdir. 

Respublikada  agrar  islohotlarning  navbatdagi  yo‘nalishi      mavjud    davlat  

xo‘jaliklarini  mulkchilikning aralash,  jaoma  va  boshqa  shakllariga  aylantirilib 

borilganligidir.  Ularning  tarkibida  fermer  xo‘jaliklari  qishloq  xo‘jalik  ishlab 

chiqarishini tashkil etishning asosi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.  

Qishloq  xo‘jaligini  isloh  qilishning  keyingi  yo‘nalishi  –  bu  shaxsiy 

tomorqalarni  kengaytirish,  yangi  sug‘oriladigan  yerlarni  shaxsiy  xo‘jaliklar  va 

bog‘-  dala  hovli  uchastkalariga  ajratib  berish  yo‘li  bilan  aholini  yer  bilan 



110 

ta‘minlashdan  iborat  bo‘ladi.  Shu  ko‘rilgan  chora-tadbirlar  hisobiga,  birinchidan, 

qishloq  joylarda  ishsizlikning  kuchayib  borish  xavfini  barham  toptirishga, 

ikkinchidan, aholining  real daromadlarini  oshirishga, uchinchidan, aholini  hayotiy 

muhim  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan  ta‘minlashdagi  keskinlikka  barham  berishga 

va  to‘rtinchidan,  yakka  tartibda  uy-joy  qurilish  ko‘lamini  ancha  kengaytirishga 

muvaffaq bo‘lindi. 

Islohotlar  amalga  oshirilgan  dastlabki  yillarda  aholiga  foydalanish  uchun 

qo‘shimcha  550  ming  gektar  sug‘oriladigan  yer  ajratib  berildi,  shaxsiy  tomorqa 

uchun berilgan erning  umumiy  maydoni 700  ming  gektarga etdi. Natijada dehqon 

xo‘jaliklarining  qishloq  xo‘jalik  ishlab  chiqarishi  umumiy  hajmidagi  ulushi  1992 

yildagi 33% dan 1999  yilda 60,3%  ni, 2002 yilda 66%  ni  va 2008  yilda 65,3%  ni 

2012 yilda 63,7%ni va 2014 yilda 64,3% ni 2016 yilda 65,1  tashkil qilgan. 

Respublikada agrar islohotlarning navbatdagi yo‘nalishi – bu qishloq xo‘jalik 




Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish