Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

2.

 

O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va 

xususiyatlari.

 

Markazlashgan  ma‘muriy-buyruqbozlikka  asoslangan  iqtisodiyotdan  bozor 



iqtisodiyotiga  o‘tishda  maqsad  bir  xil  bo‘lsa-da,  turli  mamlakatlar  turli  yo‘llarni 

tanlashlari  mumkin.  Bir  tizimdan  ikkinchi  tizimga  o‘tishning    revolyutsion  va 

evolyutsion  yo‘llar  mavjud.  Polsha,  Chexoslovakiya,  Rossiya  va  boshqa  ayrim 

mamlakatlar  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tishning  revolyutsion  yo‘lini,  birdaniga  katta 

to‘ntarishlar  qilish  yo‘lini  tanladilar.  Boshqacha  aytganda  ular  «karaxt  qilib 

davolash»  degan  usulni  qo‘lladilar.  Bu  yo‘lni  amalga  oshirish  uchun  Rossiyada 

«300 kun», «500 kun» degan o‘tish dasturlari ishlab chiqilib ularni tezkorlik bilan 

amalga oshirishga  harakat  qilindi.  




104 

O‘zbekistonning  yangi    iqtisodiy    tizimiga    o‘tishning    o‘ziga    xos    yo‘li  

rivojlanishning    o‘ziga  xos  madaniy,  tarixiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  xususiyatlarini 

hamda  bu  yo‘ldagi  jahon  tajribasini  hisobga  olgan  holda  revolyutsion 

to‘ntarishlarsiz,  ijtimoiy  to‘qnashuvlarsiz,  ijtimoiy  himoyani  kuchaytirgan  holda 

asta-sekinlik,  lekin  qat‘iyatlilik  bilan  bosqichma-bosqich  bozor  iqtisodiyotiga 

o‘tishdan iboratdir. 

O‘zbekistonda  bozor  munosabatlariga  o‘tish  yo‘li  ijtimoiy-yo‘naltirilgan 

bozor  iqtisodiyotini  shakllantirishga  qaratilgan.  Bu  yo‘lni  amalga  oshirishga, 

iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Respublika Birinchi Prezidenti I.Karimov tomo-

nidan ishlab chiqilgan beshta muhim tamoyil asos qilib olingan. 

Birinchidan,  iqtisodiyotni  mafkuradan  xoli  qilish,  uning  ustunligini 

ta‘minlash. 

Ikkinchidan, o‘tish davrida davlatning o‘zi bosh islohotchi bo‘lishi. 

Uchinchidan,  butun  yangilanish  va  taraqqiyot  jarayoni  qonunlarga 

asoslanmog‘i, qonunlarning ustunligini ta‘minlash. 

To‘rtinchidan, bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy 

himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish. 

Beshinchidan,  bozor  munosabatlarini  bosqichma-bosqich  qaror  toptirish. 

Bozor  munosabatlariga  o‘tishda  bu  tamoyillarning  hammasi  ham  muhim 

ahamiyatga  egadir,  lekin  ularning  ichida  bozor  iqtisodiyotiga  bosqichma-bosqich 

o‘tish printsipi alohida e‘tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozorning 

infratuzilmalarini  yaratish,  odamlarda  bozor  ko‘nikmalarini  hosil  qilish,  yangi 

sharoitlarda ishlay oladigan xodimlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi. 

Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o‘tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini 

o‘zgartirish  bilan  cheklanmaydi.  U  ijtimoiy  hayotning  bir-biri  bilan  uzviy  bog‘liq 

bo‘lgan  barcha  sohalarini,  shu  jumladan  siyosiy,  ma‘naviy-ahloqiy,  maishiy  va 

boshqa  sohalarni  ham  tubdan  o‘zgartirishni  taqozo  qiladi.  Bularning  hammasi 

bozor  iqtisodiyotiga  bosqichma-bosqich,  evolyutsion  yo‘l  bilan  o‘tish  haqidagi 

g‘oya juda muhim va afzal ekanligini ko‘rsatadi. 




105 

Respublikada    bozor  iqtisodiyotiga  o‘tishning  birinchi  bosqichida  quyidagi 

ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo‘yildi: 

–  totalitar  tizimning  og‘ir  oqibatlarini  engish,  tanglikka  barham  berish, 

iqtisodiyotni barqarorlashtirish; 

– Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda 

bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish.

16

 



Shu  vazifalarni  hal  qilish  uchun  birinchi  bosqichda  isloh  qilishning  muhim 

yo‘nalishlari aniqlab olindi. 

Birinchidan, 

o‘tish  jarayonining  huquqiy  asoslarini  shakllantirish, 

islohotlarning qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash; 

Ikkinchidan,  mahalliy  sanoat,  savdo,  maishiy  xizmat  korxonalarini,  uy-joy 

fondini  xususiylashtirish,  qishloq  xo‘jaligida  va  iqtisodiyotning  boshqa  sohalarida 

mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish. 

Uchinchidan,  ishlab  chiqarishning  pasayib  borishiga  barham  berish, 

moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta‘minlash. 

Respublika  iqtisodiyotini  bozor  munosabatlariga  o‘tkazishning    birinchi 

bosqichida  bir  nechta   yo‘nalishlarda   iqtisodiyot sohasiga tegishli bo‘lgan,  100 

ga yaqin asosiy qonun-hujjatlar qabul qilindi. 


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish