Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet527/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   523   524   525   526   527   528   529   530   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

To’lov balansining tuzilishi 

30.4-jadval 

I. Joriy operatsiyalar hisobi 

1. Tovar eksporti 

2. Tovar importi 

Tashqi savdo balansi qoldig‘i 

3. Xizmatlar eksporti 

(chet  el  turizmidan  daromadlar  va 

h.k. - kreditli xizmatlar) 

4.Xizmatlar importi  

(turizm uchun chet elga to‘lovlar va h.k. 

- kreditli xizmatlar) 

5. Investitsiyalardan sof daromadlar 

 (kreditli xizmatlardan sof daromadlar) 

6. Sof transfertlar 

Joriy operatsiyalar bo‘yicha balans qoldig‘i 



II. Kapital harakati hisobi

 

7. Kapital kirishi 



8. Kapital chiqishi 

Kapital harakati balansi qoldig‘i 

Joriy operatsiyalar va kapital harakat balansi qoldig‘i 

III. Rasmiy zaxiralarning o’zgarishi

 

 



Mamlakatning  tashqi  to‘lov  balansi  mazkur  davlatning  chet  ellik  sheriklari 

bilan  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarining  holatini  ifodalab,  uning  kredit-pul, 

valyuta, byudjet-soliq, tashqi savdo siyosatini amalga oshirish va davlat qarzlarini 

tartibga solishi uchun indikator bo‘lib xizmat qiladi. 

Joriy operatsiyalar hisobi o‘z ichiga tovar va xizmatlar eksporti («+» belgisi 

bilan),  import  («-»  belgisi  bilan),  investitsiyalardan  sof  daromad  va  sof 

transfertlarni  oladi.  Tovarlar  eksporti  va  importi  o‘rtasidagi  farq  savdo  balansini 

tashkil qiladi. 

Tovar  eksporti  kredit  sifatida  chiqib,  milliy  bankda  chet  el  valyutalari 

zahiralarini  vujudga  keltiradi.  Import  esa  («debet»  grafasida  «-»  belgisi  bilan) 

mamlakatdagi chet el valyutalari zahirasini qisqartiradi. 

Investitsiyalardan sof daromadlar (chet eldan sof omilli daromadlar) kreditli 

xizmatlardan  olinadigan  daromad  hisoblanib,  u  chet  ellarga  qo‘yilgan  milliy  pul 

kapitali  hisobiga  kirib  keladi.  Agar  chet  elga  qo‘yilgan  milliy  kapital  mazkur 

mamlakatga qo‘yilgan chet el kapitaliga qaraganda foiz va dividentlarning ko‘proq 

hajmini keltirsa, bunda investitsiyalardan olinadigan sof daromad ijobiy, aks holda 

esa salbiy bo‘ladi. 



486 

Sof  transfertlar  xususiy  va  davlat  mablag‘larning  boshqa  mamlakatlarga 

o‘tkazilgan  summasini  bildiradi  (pensiya,  sovg‘a,  chet  elga  pul  o‘tkazishlar  yoki 

chet  mamlakatlarga  insonparvarlik  yordamlari).  Bunday  to‘lovlar  mamlakatda 

mavjud chet el valyutalari zahirasini kamaytiradi. 

Makroiqtisodiy  modelda  joriy  operatsiyalar  hisobi  qoldig‘i  quyidagicha 

ifodalanadi. 



X





(s+1+G) 


eksport 

 

import 



 

sof 


eksport 

 

YaIM 



 

Absorbatsiya 

 

Absorbatsiya

  -  yalpi  ichki  mahsulotning  mazkur  mamlakatdagi  uy 

xo‘jaliklari, korxonalar va davlatga sotiladigan qismi. 

Importga  to‘lovlar  eksportdan  olingan  daromaddan  ortiqcha  bo‘lsa,  bu 

mamlakatning  joriy  operatsiyalar  bo‘yicha  balansi  taqchilligini  bildiradi.  Bu 

taqchillik  chet  el  qarzlari  yordamida,  yoki  aktivlarning  bir  qismini  chet  elliklarga 

sotish yo‘li bilan moliyalashtiriladi va bu kapital harakati hisobida aks etadi. 

Eksportdan  olinadigan  daromad  importga  sarflardan  ortiq  bo‘lsa  joriy 

operatsiyalar hisobi ijobiy qoldiqqa ega bo‘ladi. 

Kapital harakati  hisobida aktivlar bilan amalga oshiriladigan barcha xalqaro 

bitimlar  o‘z  ifodasini  topadi.  Bular  chet  elliklarga  aktsiyalar,  obligatsiyalar, 

ko‘chmas mulk va h.k. sotishdan olinadigan daromadlar hamda chet eldan aktivlar 

sotib olish natijasida vujudga keladigan sarf xarajatlar. 

 

Chet el aktivlarini sotish ularning zahiralarini ko‘paytiradi, ularni sotib olish 



esa  kamaytiradi.  Kapital  harakati  hisobi  ham  taqchillikka  va  ijobiy  qoldiqqa  ega 

bo‘ladi. 




487 

To‘lov  balansining  taqchilligi  Markaziy  bank  (MB)  rasmiy  zaxiralarini 

qisqartirish  hisobiga  moliyalashtirilishi  mumkin.  Rasmiy  zaxiralarning  asosiylari 

quyidagilar: 

 

chet el valyutalari; 



 

oltin;




Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   523   524   525   526   527   528   529   530   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish