Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

1.

 

Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va omillari 

Ishlab  chiqarish    –  bu    iste’mol    uchun  zarur  bo’lgan  iqtisodiy  ne’matlarni 

yaratilish jarayonidir. 

 

Ma‘lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir 



yoki  boshqacha  qilib  aytganda,  tabiatdagi    narsalarni    o‘zining  iste‘moli 

moslashtirish  uchun  qilingan  faoliyatdan  iboratdir.  Ana  shu  mehnat  jarayonida 

kishilar,  eng  avvalo,  tabiatga,    ta‘sir  ko‘rsatish  orqali  bir-birlari  bilan  o‘zaro 

ma‘lum  munosabatda  bo‘ladilar.  Ishlab  chiqarish  jarayonida    ro‘y    beradigan  bu 

munosabatlar  cheklangan  iqtisodiy  resurslardan  unumli  foydalanilgan  holda 

kishilarning o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishishga  qaratiladi.  

Mehnat  jarayonida  insonning  o‘zi  ham  har  tomonlama  kamol  topib  boradi, 

ya‘ni  ular  o‘zining    qobiliyatini,  bilimini  oshiradi  va  uni  amalda  qo‘llash 

imkoniyatini kengaytirib boradi. 

Mehnat  jarayon    uning  rivojlanishi  uzoq  tarixga  ega  bo‘lib,  oddiy  tosh  va 

yog‘och  qurollardan  foydalanib,  eng  sodda  ovchilik  va  dehqonchilik  qilishdan   

hozirgi  zamon  murakkab  zamonaviy  texnologiyaga  asoslangan    ishlab 

chiqarishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.  

Iqtisodiy  ne‘mat  va  vositalarning  tabiatda  mavjud  resurslardan  yaratilgan 

qismi  moddiy  ko‘rinishga  ega  bo‘ladi.  Ularning  bunday    resursdan 

foydalanilmasdan yaratilgan qismi nomoddiy ne‘matlar yoki xizmatlar hisoblanadi. 

Shu  ma‘noda  ishlab  chiqarish  va  xizmat  ko‘rsatishsada  sohalari  farqlana    ular 

iqtisodiyotning 



real sektori

 ham deyiladi.  

Bu  ikki soha bir-biri bilan chambarchas bog‘langan  holda rivojlanadi  va bir-

biriga  ta‘sir  ko‘rsatadi.  Ayni  vaqtda  ular  umumiy  jihatlarga  ham  ega.  Ishlab 




36 

chiqarish  va  xizmat  ko‘rsatish  jarayoni  bir  tomondan,  naflilikni  vujudga  keltirish, 

ikkinchi tomondan, qiymatning o‘sish jarayoni hisoblanadi. 

Ishlab  chiqarish  jarayoni  har  doim    ijtimoiy  mehnat  taqsimoti  sharoitida 

amalga  oshiriladi,  ayni  vaqtda  har  bir  ishlab  chiqaruvchi  boshqalari  bilan  ko‘plab 

xo‘jalik rishtalari orqali o‘zaro bog‘liq bo‘ladi.   

Ishlab  chiqarishdan  maqsad  iste‘mol,  lekin  bozor  xo‘jaligida  pirovard 

maqsad  bilan  tovar  ishlab  chiqaruvchining  maqsadi  mos  kelmasligi  mumkin. 

Pirovard maqsad  ehtiyojni qondirish bo‘lsa, tovar ishlab chiqaruvchining maqsadi 

xarajatlarni qoplab, foyda olishdir.  

        Har  qanday    ishlab  chiqarishning  amalga  oshishi,    uchun  uning  omillari 

mavjud  bo‘lmog‘i  lozim.  Ishlab  chiqarish    jarayonida    iqtisodiy    resurslar  ishchi 

kuchi, kapital,  er va tadbirkorlik layoqati uning  omillariga  aylanadi. 

 Ishchi  kuchi  mehnat  qobiliyatiga  ega  bo‘lgan  kishilar  uchun  xos    bo‘lib,  

ishlab  chiqarishning  asosiy  hal  qiluvchi  omilidir.  

Kapital  omil  sifatida  inson  tomonidan  yaratilgan  ishlab  chiqarish  vositalar 

yani mehnat vositalari va predmetlarini o‘z ichiga oladi. 

Mehnat  vositalari    insonning  tabiatga,  mehnat  predmetlariga  ta‘sir  qiladigan 

vositalardir  (mashinalar,  stanoklar,  traktorlar,  qurilmalar,  uskunalar  va  boshqalar). 

Mehnat  predmetlari  esa  bevosita  mehnat  ta‘sir  qiladigan,  ya‘ni  mahsulot 

tayyorlanadigan narsalardir (er-suv, xomashyo va boshqa turli materiallar). Mehnat 

predmetlari  tabiatda  tayyor  holda  uchrashi  mumkin  yoki  oldingi  davrdagi  mehnat 

mahsuloti, ya‘ni xomashyo bo‘lishi mumkin.  

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  alohida  o‘ziga  xos  omillardan  biri  tadbirkorlik 

qobiliyatidir.  Tadbirkor  qobiliyati  iqtisodiy  resurslarning  bir-biriga  qo‘shilishini 

ta‘minlaydigan  tashkilotchi,  yangilikka  intiluvchi  tashabbuskor,  iqtisodiy  va 

boshqa  xavf-xatardan  qo‘rqmaydigan  kishilarni  anglatadi.  Ishlab  chiqarish 

jarayonida  yuqorida  qayd  qilingan  omillar  bir-birini  to‘ldiradi,  o‘zaro  ta‘sirda 

bo‘ladi.  Ishlab  chiqarishning  omillari    miqdor  jihatdan  ortib  sifat  jihatdan 

takomillashib  boradi.  Ishlab  chiqarish    rivojlanib,  borgan  sari  murakkab 

mashinalar, asbob-uskunalar, yangi texnologiyalar vujudga keladi.  



37 

Ishlab  chiqarish  omillarining  o‘zaro  ta‘sir  usuli  texnologiyada  o‘z  ifodasini 

topadi.  Kishilar  buyumlarning  ilgari  ma‘lum  bo‘lmagan  xususiyatlarini  anglab, 

tovar  va  xizmatlarning  yangi  turlarini  tayyorlash  sirlarini  bilib  oladilar,  ilg‘or 

texnologiyani qo‘llaydilar, yangi materiallardan, energiya turlaridan foydalanadilar. 

Ishlab  chiqarish  omillari  va  texnologiyaning  o‘zgarishi  ishlab  chiqarishni  tashkil 

etishning  mazmuni  va  shaklining  o‘zgarishiga,  uning  takomillashuviga  sabab 

bo‘ladi. 




Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish