Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet352/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Makroiqtisodiy 

darajada 

iqtisodiy 

o’sishning 

asosiy 

qiymat 

ko’rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi: 

 



YaIM yoki milliy daromadning mutloq hajmining o‘sish sur‘ati; 

 



YaIM yoki milliy daromadning aholi jon boshi hisobiga to‘g‘ri keladigan 

nisbiy miqdorining o‘sish sur‘ati; 

 

YaIM (IMM) yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi 



hisobiga to‘g‘ri keladigan nisbiy miqdorining o‘sish sur‘ati; 

Iqtisodiy o‘sishni aniqlashda har uchala ko‘rsatkichdan ham foydalanish 

mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha. 

Masalan: agar tahlil markazida iqtisodiy salohiyat muammosi tursa, birinchi 

ko‘rsatkichdan  foydalanish  ko‘proq  mos  keladi.  Alohida  mamlakat  va 

regionlardagi  aholining  turmush  darajasini  taqqoslashda,  ko‘proq  ikkinchi 

ko‘rsatkichdan  foydalaniladi.  Iqtisodiy  samaradorlikni  baholashda  uchinchi 

ko‘rsatkichga ustuvorlik beriladi. 

Odatda  iqtisodiy  o‘sish  %  (foiz)  da  o‘sishning  yillik  sur‘ati  sifatida 

aniqlanadi.  

Mamlakatning  iqtisodiy  o‘sish  sur‘atini  tavsiflaydigan  ko‘rsatkichlar  (real 

YaIM,  aholi  jon  boshiga  va  iqtisodiy  resurs  birligiga  real  YaIMning  o‘sishi) 

miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular:  

-  birinchidan  mahsulot  sifatining  oshishini  to‘liq  hisobga  olmaydi  va  shu 

sababli farovonlikning haqiqiy holatini to‘liq tavsiflab berolmaydi; 

- ikkinchidan, real YaIM va aholi jon boshiga YaIMning o‘sishi bo‘sh vaqtning 

sezilarli  ko‘payishini  aks  ettirmaydi  va  farovonlik  real  darajasining  pasaytirib 

ko‘rsatilishiga olib keladi,  

–  uchinchidan,  iqtisodiy  o‘sishni  miqdoriy  hisoblash  boshqa  tomondan  uning 

atrof  muhitga  va  insonning  hayotiga  salbiy  ta‘sirini  hisobga  olmaydi.  Shu  sababli 

tahlilda  iqtisodiy  o‘sishning  shart-sharoitlari  va  alohida  tomonlarini  tavsiflovchi 



313 

ko‘rsatkichlardan  ham  foydalaniladi.  Ulardan  asosiylari  iqtisodiyotning    texnikaviy  

darajasi    YaIM  ning    qiymat    tuzilishi  iqtisodiy  resurslar  unumdorligi,  milliy 

iqtisodiyotning  tarmoq  tuzilishi,  ish  vaqtini  tejash,  shaxsiy  daromad  va  foyda 

miqdorining oshishi kabilar hisoblanadi. 

Ishlab  chiqarishning    texnikaviy    darajasi  quyidagi  ko‘rsatkichlar  bilan 

tavsiflanadi: 

a) ishlab chiqarish vositalari va texnologiyaning rivojlanish darajasi. 

b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi. 

v) ishlab chiqarishning moddiy va inson omillari nisbati. 

g)  mehnat  taqsimoti,  ishlab  chiqarishning  tashkil  etilishi,  ixtisoslashtirilishi 

va kooperatsiyasi. 

Iqtisodiy  o‘sishning  jahon  amaliyotida  keng  qo‘llaniladigan  boshqa 

ko‘rsatkichi  iqtisodiyotning  tarmoq  tuzilishi  o‘zgarishi  hisoblanadi.  YaIMda 

industrial  va  qayta  ishlovchi  sanoat  tarmoqlari  ulushining  ortib  borishi  nafaqat 

uning  miqdoran  o‘sib  borishi  balki  sifat  jihatdan  yaxshilanayotganini  ham 

anglatadi. 

          Aholi shaxsiy daromadi va tadbirkorlik sektori foyda miqdori mutloq hamda 

nisbiy ko‘rsatkichlarda ortib borishi ham iqtisodiy o‘sish sur‘ati va sifati to‘g‘risida 

xulosa chiqarish imkonini beradi. 

Iqtisodiy  resurs  va  texnikaviy  vositalar  birligi  unumdorligi  ortishi  iqtisodiy 

o‘sishning    jismoniy  ko‘rsatkichlari  jumlasiga  kiradi.  Jumladan,  qishloq  xo‘jalik 

ekinlari hosildorligi va chorva mollari maxsuldorligi ortishi, bir kombayn hisobiga 

yig‘ib  olingan  g‘alla  yoki  paxta  hosili  miqdori  o‘sishi,  to‘quv  dastgohi  birligiga 

ishlab chiqarilgan material miqdorining ko‘payib borishi shular jumlasidandir.  


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish