Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


 Monopol faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

4. Monopol faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari 

Monopol faoliyatni tartibga solish – bu davlatning ishlab chiqaruvchilarning 

bozorni  monopollashtirish  imkoniyatini  cheklash  maqsadida  amalga  oshiradigan 

qonunchilik, ma‘muriy va iqtisodiy tavsifdagi chora-tadbirlaridir.  

Antimonopol qonunchilik  asosida  maxsus antimonopol muassasa (qo‘mita) 

tashkil  qilinib  u  davlatning  monopoliyalarga  qarshi  siyosatini  amalga  oshiradi. 

Uning asosiy vazifalariga quyidagilardan iborat: bozor tuzilishini joriy tahlil qilish; 

monopollashuv  omillarini  aniqlash;  antimonopol  qonunchilikni  amalga  oshirish; 

sohaga tegishli qonun  va  hukumat qarorlarini ekspertizadan o‘tkazish;  monopolist 

korxonalarga sanktsiyalar qo‘llash;  monopoliyalarni bo‘lish va qayta tashkil qilish 

bo‘yicha takliflar berish. 

Ma‘muriy chora-tadbirlar dekartel va detrest tavsifiga ega bo‘lishi  mumkin. 

Masalan,  Germaniya  va  Yaponiya  iqtisodiyotida  ikkinchi  jahon  urushidan  keyin 

ana  shunday  tadbirlar  qo‘llanilgan.  Iqtisodiy  tadbirlar  odatda  monopol  ishlab 

chiqaruvchilar  mahsulotlariga  narx o‘sishini cheklashga qaratiladi  va tegishli  narx 

siyosatini  taqozo  etadi.  Narx  siyosati  ijtimoiy  xizmatlardan  tashqari  tovarlarning 

ko‘pchilik guruhiga narxlarni erkinlashtirishni ko‘zda tutadi. Bu siyosatning asosiy 

maqsadi  milliy  bozorga  chet  ellik  ishlab  chiqaruvchilarning  kirib  kelishini  yo‘l 

qo‘yiladigan  darajada  nazorat  qilish  asosida  raqobatni  rag‘batlantirish,  mavjud 

monopoliyalarga  qarshi  turuvchi  raqobatchi  korxonalarni  moliyaviy,  soliq  va 

kreditli  vositalar  orqali  rag‘batlantirish,  ishlab  chiqarishni  diversifikatsiyalash 

uchun shart-sharoit yaratishdir.  



181 

Davlatning  monopoliyalarga  qarshi  amalga  oshiradigan  iqtisodiy  chora-

tadbirlarini quyidagi yo‘nalishlarga ajratish mumkin: 

1.

 



Monopol  mahsulotning  o‘rnini  bosuvchilarini  ishlab  chiqaruvchilarini 

rag‘batlantirish; 

2.

 

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash; 



3.

 

Xorijiy  investittsiyalarni  jalb  qilish,  qo‘shma  korxonalar  va  erkin  savdo 



zonalari tashkil qilish; 

4.

 



Taqchil  tovarlarni  ishlab  chiqarishni  kengaytirish  bo‘yicha  tadbirlarni 

davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish. 

Davlatning  monopoliyalar  faoliyatini  tartibga  solish  usullari  quyidagi 

maqsadlarni amalga oshirishga qaratiladi. 

 

bozorning monopollashuvini cheklash; 



 

doimiy davlat monitoringini amalga oshirish; 



 

monopol narxlar o‘rnatilishini taqiqlash; 



 

raqobatni  saqlash  va  qo‘llab-quvvatlash  ya‘ni  raqobatchi  kompaniyalar 



qo‘shilishiga yo‘l qo‘ymaslik.  

 



Raqobat zamonaviy shakllarda amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash. 

Hozirgi  davrda:  ―iqtisodiy  tarmoqlari  uchun  samarali  raqobatbardosh 

muhitni  shakllantirish  hamda  mahsulotlar  va  xizmatlar  ko‘rsatish  bozorlarida 

monopoliyani bosqichma- bosqich kamaytirish‖

37

 davlat antimonopol siyosatining 



negizini tashkil qiladi.


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish