178
11.1-chizma. Davlatning qayd qilingan narxlarni o’rnatish orqali tabiiy
monopoliya faoliyatini tartibga solishi.
Qayd qilingan narxlarni o‘rnatmaslik. Bunda davlat auktsion o‘tkazib,
mahsulotning mazkur turini ishlab chiqarish huquqini byudjetga qayd qilingan
to‘lovning maksimal summasini tushirish majburiyatini olgan korxonalarga beradi.
Bunda davlat narxlar va mahsulot chiqarish hajmini to‘g‘ridan –to‘g‘ri tartibga
solmaydi. Korxona monopolist sifatida faoliyat yuritadi, mahsulotiga narxni
darajada o‘rnatilib, ishlab chiqarishning
hajmini tanlaydi.
Tabiiy monopoliyalar ob‘ektiv shart-sharoitlarga ko‘ra ayrim sohalarda ham
qonuniy tartibda vujudga keladi va amal qiladi. Masalan, kamyob yer osti
boyliklarni qazib olishda, choy, uzumning alohida navlarini etishtirishda takror
ishlab chiqarilmaydigan tabiiy resurslar, jumladan alohida unumdor yer
uchastkalarga egalik ishlab chiqaruvchiga monopol mavqeini ta‘minlaydi.
Davlat tabiiy monopoliyalarni tartibga solish maqsadida ularning
mahsulot(xizmat)lariga narxlar va tariflar darajasini, shuningdek taklif etiladigan
tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko‘rsatkichlarni nazorat qiladi.
Davlatning tabiiy monopoliyalarni tartibga solish usullarini qo‘llashidan
maqsad quyidagilardan iborat:
- tabiiy monopoliyalarning sodir etishi mumkin bo‘lgan monopol holatini
suiiste‘mol qilishini oldini olish;
- iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish;
179
- jamiyat manfaatlari yo‘lida monopol tarmoq ishlab chiqarishining
rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash.
O‘zbekiston iqtisodiyotida tabiiy monopoliya sub‘ektlari faoliyati ustidan
nazorat qilishning bir qator usullari qo‘llaniladi. Ularning huquqiy asosi va tartibi
O‘zbekiston Respublikasi «Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida»gi qonun (9-
moddasi)da belgilangan bo‘lib, «tabiiy monopoliya sub‘ektlari faoliyati ustidan
davlat nazorati monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi».
O‘zbekistonda barcha monopoliyalar faoliyati ustidan nazorat qiluvchi organ
bu – O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni
qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hisoblanadi.
Monopoliyaga qarshi davlat organlari tabiiy monopoliyalarning quyidagi
faoliyatlari ustidan nazorat qiladi:
1) tabiiy monopoliya sub‘ekti asosiy vositalarga nisbatan mulk huquqini
yoki foydalanish huquqini qo‘lga kiritadigan bitimlar ustidan (agar bunday asosiy
vositalarning balans qiymati tabiiy monopoliya sub‘ekti o‘z kapitali qiymatining
10 foizdan ortiq bo‘lsa);
2) tabiiy monopoliya sub‘ekti asosiy vositalarning bir qismiga nisbatan mulk
huquqini yoxud ularga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini xo‘jalik
yurituvchi boshqa sub‘ektga o‘tkazadigan bitimlar ustidan (agar bunday asosiy
vositalarning balans qiymati tabiiy monopoliya sub‘ekti o‘z kapitali qiymatining
10 foizdan ortiq bo‘lsa);
3) iste‘molchilarga etkazib beriladigan tovarlar hajmi bo‘yicha
shartnomalarga rioya etilishi ustidan;
4) tovarlar narxini belgilash hamda narxlar (tariflar)ni qo‘llash tartibiga
rioya etish ustidan;
5) tabiiy monopoliya sub‘ektlarining tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi va
tugatilishi ustidan.
Nazoratning boshqa bir xil usuli – bu tabiiy monopoliya sub‘ektlarining
qiladigan ayrim xatti-harakatlari uchun tegishli ruxsat berish yo‘li bilan amalga
oshirilib turiladi.
180
O‘zbekiston iqtisodiyotida tabiiy monopoliya sub‘ektlariga nisbatan
o‘rnatilgan bunday nazorat usullari jahon amaliyotiga mos keladi va ular tabiiy
monopoliya sub‘ektlarining o‘z ustun mavqeini suiiste‘mol qilishlarining
belgilangan narxlarning asossiz oshirilishining oldini olishga, iste‘molchi
manfaatlariga mos ravishda sifatli xizmat qilishga, tovar bozorlaridagi ularning
ustun mavqeni qattiq nazorat qilib turishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: