Tayanch tushunchalar
Raqobat –
bozor sub‘ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat
bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda, omilli daromad va ko‘proq naflilikka ega
bo‘lish uchun kurashni anglatadi.
Tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat
– tovarlarni qulay
sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman
yuqori foyda olish, iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan
iborat.
Raqobat shakllari
– raqobatchilik muhitning etuklik darajasi bilan farqlanib,
sof (erkin) raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyani o‘z ichiga
oladi.
Raqobat usullari
– raqobat kurashida qo‘llaniladigan vosita va dastaklardan
iborat bo‘lib, bunda raqobat narx vositasida va narxsiz raqobatlashish usullari
orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |