munosabatlarda davlat byudjeti taqchilligini kamaytirib borish, byudjetdan beri-
111
ladigan dotatsiyalar va subsidiyalarni bosqichma-bosqich qisqartirish, birinchi
darajali, eng zarur umumdavlat ehtiyojlari uchungina byudjetdan mablag‘ ajratish,
milliy xo‘jalikni rivojlantirishda investittsiya kreditlaridan keng foydalanish
islohotlarning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.
Kredit sohasidagi islohotlar bank tizimini takomillashtirish, banklarning
mustaqilligini va pul muomalasi uchun javobgarligini oshirishga qaratildi. Shu
maqsadda Respublikada Markaziy bank hamda keng tarmoqli tijorat va xususiy
banklardan iborat ikki bosqichli bank tizimi vujudga keltirildi. Markaziy bank
zimmasiga federal rezerv tizimiga xos bo‘lgan vazifalar yuklatildi. Ixtisoslashgan
aktsiyadorlik – tijorat banklari shakllantirildi.
Respublikada islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish printsipi,
ayniqsa narxlarni erkinlashtirishga yondashishda yorqin namoyon bo‘lgan.
Narxlarning erkin shakllanishi uchun dastlab davlat xarid narxlarining amal
qilish doirasi qisqartiriladi va keyin ichki narxlar jahon narxlariga muvofiqlashtirib
boriladi. Shuningdek, narxlarni erkinlashtirishda xomashyo va mahsulot ayrim
turlarining, narx-navo bilan aholi va korxonalar daromadlari o‘rtasidagi
mutanosiblikka erishishga harakat qilinadi.
Respublikada boshqarish tizimini isloh qilish butun iqtisodiyot, tarmoqlar
va hududlarni boshqarishning eng maqbul va davrga mos bo‘lgan tuzilmalarini
ishlab chiqish orqali amalga oshirildi.
Ko‘plab markaziy iqtisodiy organlar va vazirliklar tugatildi yoki ularning
faoliyati tubdan qayta qurildi. Faoliyati tugatilgan ma‘muriy apparatlar o‘rniga
yangi boshqarish bo‘g‘inlari tuzildi.
Masalan, Iqtisodiyot vazirligi, respublika ulgurji va birja savdosi
aktsiyadorlik uyushmasi, antimonopol va narx-navo siyosatini o‘tkazish qo‘mitasi
kabilar shular jumlasidandir.
Respublika iqtisodiyotining tarmoqlari va ayrim sohalarini boshqarish
tizimida ham chuqur tarkibiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Tarmoq vazirliklari
uyushmalarga, kontsernlarga, korporatsiyalar va boshqa xo‘jalik birlashmalariga
aylantirildi ayrim faoliyat sohalarida milliy kompaniyalar tuzildi.
112
Boshqarishning mahalliy darajasida (viloyat, tuman, shahar) ijroiya –
boshqaruv vazifalarini bajarish uchun hokimlik joriy qilindi.
Bozor islohotlari bozor infratuzilmasini yaratish chora-tadbirlarini ham
qamrab oladi.
Respublikada bozor infratuzilmasini yaratish bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha
bordi. Birinchi yo‘nalish bo‘yicha tovar xom-ashyo birjasi tizimi rivojlandi. Bu,
o‘z navbatida, brokerlik va dillerlik idoralari, savdo uylari, vositachi firmalar
paydo bo‘lishiga olib keldi.
Ikkinchi yo‘nalishda kapital bozorining ishini ta‘minlaydigan tuzilmalar
vujudga keltirildi. Kredit resurslari bozori va valyuta bozori vujudga keltirildi
hamda davlatga qarashli bo‘lmagan sug‘urta kompaniyalari tuzildi.
Uchinchi yo‘nalish mehnat bozorini shakllantirishdan iborat bo‘lib, bu sohada
mehnat birjalarini o‘z ichiga oluvchi katta tarmoq shakllantirildi.
Bozor islohotlari tashqi iqtisodiy aloqalarga ham tegishlidir. Bu sohada
islohotlarni amalga oshirish borasida respublikaning zamonaviy tashqi iqtisodiy
majmuasi mutlaqo yangidan shakllantirildi, tashqi iqtisodiy faoliyatni bosh-
qarishning yangi tizimi vujudga keltirildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan
shug‘ullanishi zarur bo‘lgan muassasalar (Tashqi iqtisodiy aloqa vazirligi, Tashqi
iqtisodiy faoliyat milliy banki, bojxonalar xizmati) barpo etildi.
Respublikada iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda aholini ijtimoiy
himoyalash chora-tadbirlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilib
borildi.
Birinchi yo‘nalish – narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi
ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini
muntazam oshirib borish.
Ikkinchi yo‘nalish – respublikaning ichki iste‘mol bozorini himoya qilish
hamda oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollari asosiy turlari iste‘molini
muayyan darajada saqlab turish.
Uchinchi yo‘nalish – islohotlarning dastlabki bosqichida aholining kam
ta‘minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash.
113
Respublika uchun ijtimoiy himoyalash tizimini tanlab olishda xalqning uzoq
yillar davomida qaror topgan ma‘naviy ahloqiy qadriyatlari, turmush tarzi va
dunyoqarash xususiyatlari hisobga olingan.
Shunday qilib, islohotlar O‘zbekistonning mustaqilligini iqtisodiy jihatdan
ta‘minlash, uni iqtisodiy jihatdan rivojlangan va xalqaro miqyosda obro‘-e‘tiborli
mamlakatga aylantirishga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: