Iqtisodiy munosabatlarning bir turidan butunlay boshqa yangi turiga o‘tish,
aniqlab olishni taqozo qiladi. Iqtisodiy islohotlar – bu bozor munosabatlarini
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari
o‘zgartirishdir, shu orqali ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti
shakllantiriladi Respublikada mulkiy munosabatlarni isloh qilishdan ko‘zda
xususiylashtirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishga
qaratiladi.
bosqichidayoq qishloq xo‘jaligini isloh qilishga ustunlik berildi. Bunga quyidagilar
109
sabab bo‘ldi. Birinchidan, Respublikamiz iqtisodiyotida agrar soha ustunlikka ega
bo‘lib, aholining ko‘pchiligi qishloq xo‘jaligida bandligi, iqtisodiy o‘sish ko‘p
jihatdan shu tarmoq ahvoliga bog‘liq ekanligi.
Ikkinchidan, Respublika butun sanoat potentsialining yarmiga yaqinini tashkil
qiladigan sanoatning ko‘pgina tarmoqlarini (paxta tozalash, to‘qimachilik, yengil,
oziq-ovqat, kimyo sanoati, qishloq xo‘jalik mashinasozligi va boshqalar) rivoj-
lantirish istiqbollari bevosita qishloq xo‘jaligiga bog‘liq.
Uchinchidan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari (asosan paxta) valyuta resurslari,
Respublika uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, texnika
va texnologiya uskunalarini chetdan sotib olishni ta‘minlayotgan asosiy manbadir.
To‘rtinchidan, mustaqillik sharoitida qishloq xo‘jaligining oziq-ovqat
muammosini hal etishdagi roli ortib boradi.
O‘zbekistonda agrar islohotning negizi erga bo‘lgan mulkchilik masalasi
hisoblanadi. Respublika qonunchiligida er xususiy mulk qilib sotilishi mumkin
emasligi sababli qishloqda bozor munosabatlarini shakllantirishga erni meros
qilib qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanish uchun ijaraga berib qo‘yish orqali
erishish ko‘zda tutilgan.
Respublikada erga bo‘lgan mulkchilik munosabatlarini isloh qilishning
boshqa xususiyati, melioratsiya, irrigatsiya, yerlarning unumdorligini oshirish
dasturlarini bajarishni davlatning o‘z zimmasiga olganligidir. Bundan xulosa shuki,
birorta ham fermer irrigatsiya va melioratsiya ishlarini o‘zi mustaqil amalga oshira
olmaydi. Faqat davlatgina melioratsiya tarmoqlarini rekonstruktsiyalashga,
qurishga va irrigatsiya tadbirlarini amalga oshirishga qodirdir.
Respublikada agrar islohotlarning navbatdagi yo‘nalishi mavjud davlat
xo‘jaliklarini mulkchilikning aralash, jaoma va boshqa shakllariga aylantirilib
borilganligidir. Ularning tarkibida fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jalik ishlab
chiqarishini tashkil etishning asosi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jaligini isloh qilishning keyingi yo‘nalishi – bu shaxsiy
tomorqalarni kengaytirish, yangi sug‘oriladigan yerlarni shaxsiy xo‘jaliklar va
bog‘- dala hovli uchastkalariga ajratib berish yo‘li bilan aholini yer bilan
110
ta‘minlashdan iborat bo‘ladi. Shu ko‘rilgan chora-tadbirlar hisobiga, birinchidan,
qishloq joylarda ishsizlikning kuchayib borish xavfini barham toptirishga,
ikkinchidan, aholining real daromadlarini oshirishga, uchinchidan, aholini hayotiy
muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlashdagi keskinlikka barham berishga
va to‘rtinchidan, yakka tartibda uy-joy qurilish ko‘lamini ancha kengaytirishga
muvaffaq bo‘lindi.
Islohotlar amalga oshirilgan dastlabki yillarda aholiga foydalanish uchun
qo‘shimcha 550 ming gektar sug‘oriladigan yer ajratib berildi, shaxsiy tomorqa
uchun berilgan erning umumiy maydoni 700 ming gektarga etdi. Natijada dehqon
xo‘jaliklarining qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi ulushi 1992
yildagi 33% dan 1999 yilda 60,3% ni, 2002 yilda 66% ni va 2008 yilda 65,3% ni
2012 yilda 63,7%ni va 2014 yilda 64,3% ni 2016 yilda 65,1 tashkil qilgan.
Respublikada agrar islohotlarning navbatdagi yo‘nalishi – bu qishloq xo‘jalik
Do'stlaringiz bilan baham: