1- ma`ruza mashg‘uloti
Ushbu mavzuni yangi pedagogik texnologiyaning hamkorlikdagi ma’ruza, mualliflik ma’ruza, konspektsiz ma’ruza tarzida o‘tish mumkin. Aqliy xujum, “to‘g‘ri-noto‘g‘ri” savol javoblari, test sinovlari mavzuni yanada chuqurroq o‘rganishga xizmat qiladi.
Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari. Pulga bo‘lgan talab va pul taklifi.
Inflyasiya, uning mohiyati va turlari.
Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari.
Pul va u bilan bog‘liq munosabatlarni tahlil qilish iqtisodiyot nazariyasi fanining eng muhim sohasini tashkil qiladi.
Pulning harakati bozor iqtisodiyotining moliyaviy asoslaridan biri bo‘lib, uning barqarorligi pul tizimi, daromadlar va xarajatlar aylanishiga hayotiy tus bag‘ishlaydi, butun iqtisodiyotning rivojlanishini ta’minlab beradi, ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanishga imkon tug‘diradi va to‘la bandlikka erishishni ta’minlaydi. Aksincha, beqaror amal qiluvchi pul tizimi ishlab chiqarish, bandlik va narx darajasining keskin tebranishiga asosiy sabab bo‘lib, iqtisodiy rivojlanishga to‘siq bo‘lishi mumkin. Shu sababli bu bobni pul muomalasi qonuniyatlarining tahlili bilan boshlanadi. Pulga bo‘lgan talab va taklif tahlil qilinib, inflyasiyaning mohiyati ochib beriladi.
Tahlilning keyingi bosqichi kredit tizimi, banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roliga bag‘ishlanadi. Nihoyat bob respublikada milliy valyutani mustahkamlash vazifalarini tahlil qilish bilan yakunlanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul mablag‘lari to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi, tovarlar va xizmatlar ayirbosh qilish jarayonida resurslar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda, ish haqi hamda boshqa majburiyatlarni to‘lashda pul qo‘ldan qo‘lga o‘tib, aylanib turadi. Pulning o‘z vazifalarini bajarish jarayonidagi bu to‘xtovsiz harakati pul muomalasi deyiladi.
Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlab qo‘yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
1) milliy pul birligi (so‘m, dollar, iena, funt sterling, marka va h.k.);
2) naqd pul muomalasida qonuniy to‘lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog‘oz, tanga va kredit pullar tizimi;
3) pul emissiyasi, Ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi;
4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to‘lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo‘lgan pul massasi ularni (naqd va kredit pullarni) qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.
Pul muomalasi o‘ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash va Shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir.
Muomalani ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagi omillarga bog‘liq:
Muayyan davrda, aytaylik bir yil davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo‘lgan tovarlar summasiga. Tovarlar va xizmatlar qancha ko‘p bo‘lsa, ularning narxi qancha baland bo‘lsa, ularni sotish va sotib olish uchun Shuncha ko‘p pul miqdori talab qilinadi.
Pul birligining aylanish tezligiga. Pul bir xil bo‘lmagan tezlik bilan aylanish qiladi. Bu ko‘p omillarga, jumladan sotilayotgan tovarlar turiga, ularning xaridorgirligiga bog‘liq bo‘ladi. Pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori Shuncha kam bo‘ladi.
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori kreditning rivojlanishiga, puldan to‘lov vositasi vazifasidan foydalanishga ham bog‘liq. Ko‘pincha tovarlar qarzga (kreditga) sotiladi va ularning haqi keliShuvga muvofiq keyingi davrlarda to‘lanadi. Demak, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori kredit miqdoriga muvofiq kamroq bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to‘lash vaqti boshlanadi. Bu pul miqdoriga ehtiyojni ko‘paytiradi. Undan tashqari hozirgi vaqtda ko‘pgina oldi-sotdi jarayonlari naqd pulsiz, bir-biriga bank orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Biz ularni o‘zaro hisob-kitoblar deb ataymiz.
Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
,
bu erda:
Pm - muayyan davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori;
Tb - sotilishi lozim bo‘lgan tovarlar summasi (tovarlar miqdori x narxi);
Xk - kreditga sotilgan tovarlar summasi;
Xt - to‘lash muddati kelgan tovarlar va xizmatlar hamda boshqa to‘lovlar summasi;
O‘x-k - naqd pulsiz o‘zaro hisob-kitoblar;
At - pulning aylanish tezligi.
Masalan sotilgan tovarlar summasi 100 mln. so‘mni, kreditga sotilgan tovarlar – 20 mln. so‘mni, ilgari kreditga sotilib, ayni paytda to‘lash muddati kelgan tovarlar va boshqa to‘lovlar – 40 mln. so‘mni, naqd pulsiz o‘zaro hisob-kitoblar summasi 30 mln. so‘mni tashkil qilib, pulning aylanish tezligi 6 marta bo‘lsa, u holda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori 15 mln. so‘mga teng bo‘ladi. Ya’ni:
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori pul muomalasi qonunini miqdoran ifodalaydi. Chunki muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga nisbatan muomalaga kam pul chiqarilsa, ko‘pgina xo‘jaliklarda pul etishmasligi, normal holatda xo‘jalik yuritib bo‘lmay qolish holati yuz beradi. YOki, aksincha, muomalada bo‘lgan pul miqdori sotilayotgan tovarlar va xizmatlar summasiga nisbatan oshib ketishi va buning natijasida tovarlar bilan ta’minlanmagan pulning paydo bo‘lishi pulning qadrsizlanishi, Ya’ni inflyasiyani bildiradi.
Pul miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olib, pul muomalasi qonuniga quyidagicha ta’rif berish mumkin: boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, muayyan davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori sotishga chiqariladigan tovarlar narxi summasiga to‘g‘ri mutanosib, pulning aylanish tezligiga teskari mutanosibdir.
Ta’kidlash lozimki, pulning hamma tizimlari uchun pul muomalasi qonuni umumiy bo‘lib, Shu bilan birga oltin va qog‘oz pul muomalasi qonunlarining o‘ziga xos xususiyatlari va bir-biridan farqlari mavjud.
Masalan, 1) oltin pul muomalada bo‘lganda:
a) ortiqcha oltin pul xazinaga jalb qilinadi va har xil bezaklar uchun foydalanishga chiqariladi;
b) tovarlar hajmi ko‘payib, muomala uchun qo‘shimcha pul zarur bo‘lganda xazinadagi oltin pullar muomalaga kiritiladi. Shu yo‘l bilan muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdori o‘z-o‘zidan tartiblanadi.
2) Muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdori tovarlar qiymatining miqdoriga teskari mutanosiblikda, oltinning o‘z qiymatiga nisbatan esa to‘g‘ri mutanosiblikda o‘zgaradi:
a) oltin pul qiymati va tovarlar hajmi o‘zgarmagan taqdirda tovarlar qiymati qancha past bo‘lsa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori ham Shuncha kam bo‘ladi. Agar tovarlar qiymati o‘zgarmasa, pulning miqdori tovarlar hajmining ortishiga qarab unga mutanosib ravishda ko‘payadi;
b) agar tovarlar hajmi va qiymati o‘zgarmaydi, deb faraz qilsak, muomaladagi oltin pul miqdori oltinning o‘z qiymatiga qarab o‘zgaradi, Ya’ni uning qiymati oshsa, pul miqdori kamayadi, qiymati pasaysa, pul miqdori ko‘payadi.
Qog‘oz pul muomalasi qonunlari oltin pul muomalasidan farq qilib, uni quyidagicha ifodalash mumkin:
- qog‘oz pul qancha miqdorda chiqarilmasin, unda belgilangan qiymat miqdori muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdorining qiymatiga teng bo‘ladi;
- qog‘oz pulning har birligida belgilangan qiymat miqdori muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul qiymatining muomalaga chiqarilgan qog‘oz pul miqdori nisbatiga mos keladi.
Qog‘oz pul tizimi amal qilib turgan davrdan buyon o‘tgan real iqtisodiy hayot Shuni ko‘rsatadiki, oltin pul muomaladan chiqarilgan va qog‘oz pullarning oltin pul bilan aloqasini yo‘qotishga rasman urinilgan bo‘lsada, uning nominal qiymat belgisi sifatidagi harakatida oltin pul bilan bo‘lgan aloqasi hozirgacha ob’ektiv ravishda saqlanib qolgan. Faqat u modifikatsiyalashib, murakkablashib bormoqdaki, natijada uni mantiqiy mushohada qilish orqali tuShunish ancha qiyinlashadi. Shuning uchun ham qog‘oz pullar har bir davlatning maxsus qonuni bilan muomalaga chiqariladi. Bu qonunda pulning belgisi, birliklari, miqyoslari va chet el valyutalari bilan rasmiy almashuv tartibi o‘rnatiladi. Ammo uning qiymat belgisi sifatida qancha qiymatga ega ekanligini hech qanday davlat qonuni bilan o‘rnatib bo‘lmaydi, u faqat ob’ektiv iqtisodiy qonun – pul muomalasi qonuni asosida o‘rnatiladi va amal qiladi.65
Milliy iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassasalarning majburiyatlari pul sifatida foydalanadi. Pul operatsiyalarining asosiy ko‘pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli muomalada bo‘lgan pul miqdorini hisoblash uchun M1 ...Mn pul agregatlari yoki tarkibiy qismi tushunchasidan foydalaniladi. Barcha pul agregatlari yig‘indisi yalpi pul massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi.
Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |