Bozor infratuzilmasi


-mavzu. Moliya tizimi va moliyaviy siyosat



Download 0,79 Mb.
bet306/413
Sana22.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#399905
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   413
Bog'liq
uzbekistin rivojlanish yo\'lida

21-mavzu. Moliya tizimi va moliyaviy siyosat

(4 soat)

1- ma`ruza mashg‘uloti
Grafik va jadvallar, vizual ma’ruza, elektron darsliklar yordamida, aniq holatlarni echish yo‘li bilan bu mavzuni yoritish mumkin.

  1. Moliyaning mohiyati va vazifalari.

  2. Moliya tizimi va uning tarkibiy bo‘g‘inlari.

  3. Byudjet taqchilligi va davlat qarzlari. Soliq tizimi va uning vazifalari.


Takror ishlab chiqarish jarayonida vujudga kelib, rivojlanadigan turli xil o‘zaro bog‘liq aloqalar pul vositasida amalga oshiriladi. Pul vositasida takror ishlab chiqarishning bir bosqichidan boshqasiga o‘tiladi hamda ma’lum bir maqsadga qaratilgan ijtimoiy fondlar vujudga keltiriladi. Bu fondlar o‘z navbatida takror ishlab chiqarishning uzluksiz davom etishini va uning kengaytirilishini ta’minlaydi. YAlpi milliy mahsulotni yaratish, taqsimlash va undan foydalanish jarayonida pul mustaqil harakat qilib, turli xo‘jalik yurituvchi bo‘g‘inlar, uy xo‘jaliklari va davlatning pul mablag‘lari fondini tashkil etadi. Pul fondlari hosil bo‘lish manbalari va amal qilish tavsifi, maqsadlari va foydalanish usullariga qarab moliya va kredit shakllari tusini oladi. Biz bu bobda moliya tizimi, uning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan davlat byudjeti va byudjet mablag‘larining shakllanishida soliqlarning rolini qarab chiqamiz.

Har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi eng avvalo davlat, uning turli mintaqa va hududlari, iqtisodiyotning tarmoq va sohalari, ishlab chiqarish birliklari, aholi turli qatlamlari o‘rtasidagi pul mablag‘lari oqimining samarali tashkil etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday pul oqimlari jamiyat real hayoti jarayonlarini aks ettirib, mamlakatdagi fuqarolar va yuridik muassasalar o‘rtasida o‘zaro munosabat va aloqalarni o‘rnatadi. Davlat korxona va tashkilotlar, turli moliyaviy muassasalar, aholi ustidan o‘zining barcha vazifalarini aynan moliya mexanizmi orqali amalga oshiradi. Moliya milliy iqtisodiyot va aholi farovonligining o‘sishini aks ettirib, korxonalar ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi va ularning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshishini rag‘batlantiradi, ishlab chiqarish tuzilmasini, tarmoqlararo va hududiy nisbatlarni shakllantiradi.

Shunga ko‘ra, moliya – pul mablag‘laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tizimi bo‘lib, uning vositasida turli darajada pul mablag‘lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.

Moliya iqtisodiyot doirasida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir qator vazifalarni bajaradi.

1. Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy ta’minlash, ularga xizmat ko‘rsatish vazifasini bajaradi.

2. Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi. Milliy daromadning bir qismi korxona va aholi daromadlaridan turli xil soliqlar olish, renta va bojxona to‘lovlari, aksiz yig‘imlari kabilar orqali davlat qo‘lida to‘planadi. O‘z qo‘lida to‘plangan milliy daromadning katta qismini davlat moliya vositasida aholining ijtimoiy madaniy ehtiyojlariga (uy-joy qurilishi, tibbiy xizmat ko‘rsatish, maorif, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash va boshqalar), daromadlarning me’yordagi darajasini ushlab turish, milliy mudofaani ta’minlash, atrof muhitni muhofaza qilish va Shu kabilarga sarflaydi.

3. Moliyaning rag‘batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Har ikki holda ham moliya ishlab chiqarish samaradorligiga, uning pirovard natijasiga, mahsulot sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

4. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo‘lish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablag‘ bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi.

Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Moliya tizimi o‘z ichiga turli darajadagi byudjetlarni, ijtimoiy, mol-mulk va Shaxsiy sug‘urta fondlarini, davlatning valyuta zahiralarini, korxona va firmalar, tijorat va notijorat tuzilmalarining pul fondlarini, boshqa maxsus pul fondlarini oladi.

Eng avvalo, korxonalar (tarmoqlar) va umumdavlat moliyasini bir-biridan farqlash lozim.

Korxona va tarmoqlar moliyasi ulardagi takror ishlab chiqarish jarayonida hamda alohida fondlar yaratish yo‘li bilan xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlariga xizmat qiladi.



Umumdavlat moliyasi davlat byudjetini, ijtimoiy sug‘urta fondini hamda davlat mol-mulkiy va Shaxsiy sug‘urtasi fondini o‘z ichiga oladi. Davlat pul mablag‘larining asosiy markazlashgan fondi bo‘lmish davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi. Davlat byudjeti – bu davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir. Davlat daromadlari va xarajatlarining asosiy qismi davlat byudjeti orqali o‘tadi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun sharoit yaratishdir.

Davlat byudjeti tarkibiga kiruvchi tashkiliy tuzilmalar majmui mamlakat byudjet tizimini namoyon etadi. Mazkur tizim eng avvalo mamlakatning davlat tuzilishi xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Ayrim mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda byudjet tizimi ikki darajali – davlat va mahalliy byudjetdan iborat bo‘ladi. Federativ davlat tuzilishiga ega bo‘lgan mamlakatlarda (masalan, AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya) yana oraliq bo‘g‘in – shtatlar, Federatsiya sub’ektlari va boshqa tegishli ma’muriy tuzilmalar byudjetlari mavjud bo‘ladi.

Davlat byudjetining ikki tomoni bo‘lib, bir tomonida byudjetga kelib tushadigan daromadlar tarkibi va ularning manbalari, ikkinchi tomonida esa asosiy xarajatlarning tarkibi va miqdori o‘z ifodasini topadi.

O‘zbekistonda davlat byudjetining tuzilishi, daromadlari va xarajatlarining tarkibi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi.


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   413




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish