Bozor infratuzilmasi


Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN)



Download 0,79 Mb.
bet379/413
Sana22.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#399905
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   413
Bog'liq
uzbekistin rivojlanish yo\'lida

Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) 1967 yilda tashkil topganligiga qaramay, faqat 1992 yilga kelib uning ishtirokchilari (Indoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur, Tailand, Bruney, Vetnam, Myanma, Laos) o‘z oldilariga 2008 yilga qadar yagona mintaqaviy erkin savdo hududini tashkil etish vazifasini qo‘ydilar. ASEANning a’zosi hisoblangan har bir mamlakatning iqtisodiyoti YAponiya, AQSH, Osiyoning yangi industrial mamlakatlari iqtisodiyoti bilan chambarchas bog‘liq.

2- ma`ruza mashg‘uloti
1.Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini taqozo qiluvchi omillar.

2.O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalaShuvi va tashqi iqtisodiy faoliyati

3.Davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishidagi shart-sharoitlar.
O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotiga qo‘shilishining shart-sharoitlari va tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari Respublika davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishi bilan vujudga kela boshladi. Bunday vaziyatda tashqi iqtisodiy majmuani boshqarishning o‘ziga xos tizimini shakllantirish, tashqi aloqalarni yo‘lga qo‘yish borasida qoida va tamoyillarni ishlab chiqish, respublikaning jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilish yo‘llarini belgilash taqozo etiladi.

Respublika tashqi siyosatini amalga oshirishning asosiy tamoyillari teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik negizida qurilsa, uning qoidalari ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnoma munosabatlarida o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatish, xalqaro iqtisodiy ittifoqlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga asoslanadi.1

O‘zbekistonning xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo‘jalik aloqalarida ishtirok etishning asosi ochiq turdagi iqtisodiyotni vujudga keltirishdir. Shu sababli respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin qisqa davr ichida 80 dan ortiq davlat bilan diplomatiya munosabatlarini o‘rnatdi, dunyoning 20 dan ortiq davlatida diplomatiya elchixonalarini ochdi, ko‘pgina xalqaro tashkilotlar – BMT iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, Xalqaro bank, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklaShuvchi tashkilot kabi boshqa xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirdi.

O‘zbekistonning jahon xo‘jaligiga integratsiyalaShuvi jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida to‘xtalib, Prezidentimiz I.A.Karimov Shunday degan edi: “Integratsiya haqida gapirar ekanmiz, manfaatlar birikuvining xilma-xil mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligiga asoslanamiz. Bunga sherikchilik va hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakatlarning boshlang‘ich shart-sharoitlari turlichaligi sababdir. O‘zbekiston bir vaqtning o‘zida turli darajalarda – dunyo miqyosida va mintaqa ko‘lamida – integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga: bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Biz bir sub’ekt bilan sherikchilikning mustahkamlanishi boshqalar bilan sherikchilik munosabatlarining zaiflaShuviga olib kelishiga qarshimiz. Shu sababli O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi integratsiyalaShuvi serqirra jarayondir”.80

Bugungi kunda O‘zbekistonning jahon xo‘jaligiga integratsiyalaShuvi ko‘p darajali tizim sifatida amal qilib, uni quyidagi beta darajaga ajratish mumkin: global; transkontinental; mintaqalararo; mintaqaviy; mahalliy.81 Har bir darajadagi integratsion aloqalarning o‘ziga xos vazifalari mavjud.

O‘zbekistonning global darajada amalga oshiriluvchi strategik integratsion vazifasi – bu mamlakatdagi barcha xo‘jalik sub’ektlarining tashqi bozor bilan o‘zaro aloqasini ta’minlash uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga mos keluvchi shart-sharoitlarni yaratish asosida uning xalqaro valyuta-moliya va savdo mexanizmlariga bevosita qo‘shilishidir. O‘zbekistonning BMT, Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OBSE), Evropa hamjamiyati, NATO, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) kabi tashkilotlar faoliyatidagi faol ishtiroki uning jahon xo‘jaligiga yanada kengroq integratsiyalaShuvini ta’minlaydi.

O‘zbekistonning transkontinental darajada amalga oshiriluvchi integratsion vazifasi – bu xalqaro transosiyo Iqtisodiy xamkorlik tashkiloti (EKO) doirasidagi o‘zaro aloqalarni yanada kuchaytirishdan iborat. Bu tashkilot 1992 yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘z ichiga Osiyo qit’asining 10 ta davlati (Turkiya, Eron, Pokiston, Afg‘oniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjon)ni oladi. Uning asosiy maqsadi – xo‘jalikning transport, kommunikatsiyalar, sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo, turizm, ishchi kuchi resurslarini rivojlantirish kabi sohalarida mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

O‘zbekistonning mintaqalararo darajada yangi mustaqil davlatlar – MDH mamlakatlari bilan integratsiyaga kirishadi. O‘zbekiston birinchilar qatorida MDHni tashkil etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi, uning tashkilotchilari tarkibiga kirdi, integratsion va kooperatsion aloqalarini mustahkamlash hamda uning Xalqaro iqtisodiy qo‘mita (MEK), Davlatlararo bank (MGB), MDH Statistika qo‘mitasi kabi institutsional tuzilmalarini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda.

O‘z o‘rnida ta’kidlash lozimki, keyingi paytlarda MDH o‘zining tashkil topishi chog‘idagi dastlabki maqsadi – Ya’ni, mavjud xo‘jalik aloqalari va imkoniyatlardan foydalanishda o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish va Shu asosda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadi hamda undan kelib chiquvchi vazifalarga mos kelmay qoldi. Bu tashkilot faoliyat yo‘nalishida ko‘proq siyosiy masalalar, “integratsion aloqalarni kuchaytirish” shiori ostida kuchli mamlakatlarning nisbatan kuchsiz mamlakatlar ichki ishlariga aralaShuvi, ular manfaatlarining siqib qo‘yilishi, iqtisodiy va siyosiy tazyiq o‘tkazish holatlari ustunlik kasb eta boshladi. Bunday holatlarga Prezidentimiz I.A.Karimov MDHga a’zo mamlakatlarning turli darajadagi yig‘ilishlarida tanqidiy nuqtai nazardan qarab, uni tubdan isloh qilish borasida o‘zlarining amaliy takliflarini berdilar.

O‘zbekistonning mintaqaviy darajadagi integratsiyasi – bu umumiy tarixga, yagona madaniy an’analarga, o‘xshash turmush tarzi va mentalitetga ega bo‘lgan qardosh xalqlarni birlashtiruvchi Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat. Bunday integratsion aloqaning aniq shakli sifatida 1992 yilning yanvar oyida tashkil etilgan Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorligi (SARS) tashkil etildi.

YAna bir istiqbolli, kuchli salohiyatga ega bo‘lgan mintaqaviy birlashmalardan biri – SHanxay hamkorlik tashkiloti (SHOS)dir. Bu tashkilot 2001 yilning 15 iyunida oltita – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va Xitoy mamlakatlari hamkorligida tashkil etildi.

O‘zbekistonning SHanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyasining kuchayishi ko‘p jihatdan mazkur mamlakatlarning milliy manfaatdorligi bilan belgilanadi. Eng avvalo, O‘zbekiston raqobat jihatidan nisbatan ustunlikka ega bo‘lgan ishlab chiqarish sohalari tovarlari – paxta xom ashyosi, mashinasozlik, kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati, elektr energetikasi tovarlarining savdosini kengaytirishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, telekommunikatsiyalar, suv va energiya resurslaridan foydalanish, xalqaro turizm, hamkorlikdagi ekologik loyihalarni amalga oshirish borasida integratsiya aloqalarini kuchaytirish lozim.

O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilish talablaridan kelib chiqib, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan Shug‘ullanishi zarur bo‘lgan barcha muassasalar (tashqi iqtisodiy aloqa vazirligi, tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, bojxonalar xizmati va boshqalar) amalda yangidan tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasidan tortib, boshqaruvning mahalliy darajasi va korxonalargacha bo‘lgan xo‘jalik sub’ektlarida tegishli tashqi iqtisodiy bo‘limlar tuzildi. Dunyoning bir qancha mamlakatlarida savdo uylari ochildi va savdo-sanoat palatalari barpo etildi.

Tashqi savdo bilan birga iqtisodiy hamkorlikning boshqa shakllari ham sezilarli darajada rivojlandi. Jumladan, 2004 yilga kelib Respublika hududida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar soni 2412 tadan oshdi, ularning eksporti hajmi mamlakat umumiy eksportining 16,2 foizini tashkil qildi. Bunday korxonalarning asosiy qismi sanoat tarmoqlari (50,1%), savdo va umumiy ovqatlanish (29,9%) sohalarida to‘plangan. Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar faoliyatining keyingi yillardagi asosiy ko‘rsatkichlarini 1-jadval orqali kuzatish mumkin.




Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   413




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish