Pul taklifi multiplikatori – bu bankdagi pul depozitlari qo‘shimcha ravishda o‘sgan hajmining majburiy zahiralar qo‘shimcha hajmiga nisbati bo‘lib, pul mablag‘larining bir birlikka ko‘payishi iqtisodiyotdagi pul taklifining qanchaga o‘sishini ko‘rsatadi:
,
bu erda:
m – pul taklifi multiplikatori koeffitsienti;
Ms - bankdagi pul depozitlarining qo‘shimcha ravishda o‘sgan hajmi;
R - majburiy zahiralar qo‘shimcha hajmi;
r – majburiy zahiraning foizdagi me’yori.
Masalan, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan majburiy zahira me’yori 20%ni tashkil etsin. Agar tijorat bank aktivi 100 mln. so‘m deb olsak, u holda pul taklifi multiplikatori 5 ga teng bo‘ladi (100 mln. so‘m/20 mln. so‘m). Bu esa tijorat banki 500 mln. so‘m hajmida (100 mln. so‘m x 5) yangi pullarni muomalaga chiqarish imkoniga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Pulga talab ikki qismdan iborat bo‘lishi mumkin: ayirboshlash uchun zarur bo‘lgan pulga bo‘lgan talab hamda aktivlar sotib olish uchun zarur bo‘lgan pulga talab.
Ayirboshlash uchun zarur bo‘lgan pulga bo‘lgan talab aholining kundalik Shaxsiy ehtiyojlari, korxonalarning ish haqi to‘lash, material, yoqilg‘i va Shu kabilarni sotib olish uchun kerak bo‘lgan pul miqdorini ifodalaydi. Ayirboshlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori biz Yuqorida ko‘rsatgan formula bilan aniqlanadi. Ushbu formulaga asosan aholi va korxonalarga ikki holda ayirboshlash uchun ko‘proq pul talab qilinadi: narxlar o‘sganda va ishlab chiqarish hajmi ko‘payganda.
Kishilar o‘zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan, korporatsiya aksiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab turish mumkin. Demak, aktivlar tomonidan, Ya’ni investitsiyalar uchun pulga talab ham mavjud bo‘ladi.
Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi. Foiz stavkasi past bo‘lsa, kishilar ko‘proq miqdoridagi naqd pulga egalik qilishni afzal ko‘radi. Aksincha, foiz Yuqori bo‘lganda pulni ushlab turish foydasiz va aktivlar shaklidagi pul miqdori ko‘payadi. Shunday qilib, pulga bo‘lgan umumiy talab, aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab va ayirboshlash uchun pulga bo‘lgan talabning miqdori bilan aniqlanadi.
Shunday qilib, pul muomalasi qonunlarini, pulning harakat shakllarini bilish inflyasiyaning mohiyatini, turlarini va qonuniyatlarini bilishda uslubiy ahamiyatga egadir.
Inflyasiya makroiqtisodiy beqarorlikning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, hozirgi davrda barcha mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan holat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |