Pul taklifi. Bank multiplikatori.
Pul taklifi (M) o’z ichiga bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar (С) va zarur bo’lganda (D) iqtisodiy agentlar bitimlar uchun ishlatishi mumkin bo’lgan depozitlarni oladi.
M=С+D.
Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chiqarishda monopol huquqqa ega. Uni amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil muassasa Markaziy bank ixtiyorida. “Markaziy bank O’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to’lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko’rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarish mutlaq huquqiga ega”. Ammo pul taklifini ko’paytirish imkoniga yoki pul yaratish qobiliyatiga tijorat banklari ham ega. Ular kreditlar bera borib, to’lov vositalari emissiyasini yoki kredit multiplikatsiyasini amalga oshiradi. Masalan, A bankning depoziti 2000 so’mga o’sgan bo’lsa, zahira normasi 20 % ga teng bo’lganda (zahira normasi – tijorat banklar depozitlarining ma’lum qismini Markaziy bankda saqlab turish normasi), u 400 so’mni Markaziy bankda zahiralab, qolgan 1600 so’mni qarzga beradi. Shunday qilib, A bank pul taklifini 1600 so’mga ko’paytiradi va u endi 2000+1600=3600 so’mni tashkil etadi. Ya’ni, omonatchilarning depozitlardagi 2000 so’mdan tashqari yana 1600 so’m qarz oluvchilar qo’lida qoladi. Agar, 1600 so’m yana banka tushsa, (masalan, B bankka) unda 20 % ga teng bo’lgan zahira normasida u 320 so’mni zahirada qoldirib, 1280 so’mni kreditga beradi hamda shu miqdorda pul taklifini oshiradi. Kredit berishning bu jarayoni so’nggi pul birligidan foydalanishga qadar davom etadi. Yakuniy hisob kitob bank depozitlari jami 10000 schqmga ko’payganligini ko’rsatadi. Bu jarayonni formula ko’rinishida quyidagicha yozishimiz mumkin:
M=(1/rr)xD
Bunda: M- pul taklifi hajmi; rr – majburiy zahiralash normasi ;
D - dastlabki depozit.
Keltirilgan formuladan ko’rinib turibdiki, pul taklifi 1/rr koeffitsentiga bog’liq
bo’lib, uni bank multiplikatori yoki pul ekspansiyasi multiplikatori, deb ataladi. U ushbu bank zahiralar normasida ortiqcha zahiralarning bir pul birligi bilan yaratilishi mumkin bo’lgan yangi kredit pullarining eng ko’p miqdorini bildiradi.
Pul taklifining kengaytirilgan modeli, pul multiplikatori.
Pul taklifining umumlashma modeli Markaziy bankning pul taklifidagi roli hamda pulning bir qismini depozitlardan naqd pullarga oqib o’tishni hisobga olgan holda yoziladi. Bu model bir qator yangi o’zgaruvchilarni o’z ichiga oladi.
Bular:
- pul bazasi (rezerv pullar, yuqori quvvatli pullar) – bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklari
Markaziy bankda saqlaydigan depozitlar summasi;
- deponentlash koeffitsienti
- Cr = C/ D
Pul bazasini MB va bank rezervlarini R deb belgilasak,
B=C+R.
Pul taklifining kengaytirilgan modelini quyidagicha yozish mumkin:
(Cr +1)/ (Cr + rr) nisbat pul multiplikatori deb yuritilib bir so’mlik pul bazasi hisobiga necha so’mlik pul taklifi yuzaga kelishini ko’rsatadi.
Pul multiplikatorini – pul taklifining pul bazasiga nisbati ko’rinishida yozish mumkin:
Cr miqdori – aholining o’z mablag’larini naqd pullar va depozitlar o’rtasida qanday proporsiyada saqlashni tanlashga bog’liq.
rr = R / D miqdori esa – aholining nafaqat Markaziy Bank belgilab bergan majburiy rezerv normasiga, balki tijorat banklari saqlab turishni mo’ljallanayotgan ortiqcha rezerv miqdoriga ham bog’liq.
Demak, pul taklifi pul bazasi va pul multiplikatori miqdoriga bog’liq ekan.Pul multiplikatori pul bazasining bir miqdorga oshishi natijasida pul taklifi qanday o’zgarishini ko’rsatadi.Markaziy bank pul taklifini avvalambor, pul bazasiga ta’sir etish yo’li bilan tartibga soladi.Mamlakatda pul miqdori ko’payadi, agar:
-pul bazasi o’ssa;
-majburiy zahiralash normasi pasaytirilsa;
-tijorat banklarining ortiqcha rezervlari kamaysa;
-naqd pullarningn depozitlar umumiy summasiga nisbati pasaysa.
Iste’mol va jamg‘arishga o‘rtacha hamda chegaralangan moyillik.
Makroiqtisodiy tahlil jarayonida iste’mol va jamg’arish funksiyalarini yanada to’laroq bilish uchun iste’mol va jamg’arishga o’rtacha moyillik va chegaralangan moyillik tushunchalarini mohiyatini anglab olishimiz lozim.
Iste’molga o’rtacha moyillik deganda tasarrufidagi daromaddagi iste’mol xarajatlarining ulushi tushuniladi, ya’ni:
bunda:
APC – (average propensity to consume) iste’molga o’rtacha moyillik.
Tasarrufidagi daromaddagi jamg’arish ulushini jamg’arishga o’rtacha moyillik deb ataladi, ya’ni:
Bunda: APS (average propensity to saving) – jamg’armaga o’rtacha moyillik.
Misol uchun, tasarrufidagi daromad darajasi 410 va 530 shartli birlikka va iste’mol darajalari 405 va 495 shartli birlikka teng bo’lgan holatlar uchun iste’molga
o’rtacha moyillikni hisoblaymiz, ya’ni
APS =(405 / 410) x 100 = 98, 78% yoki 0,98;
APS = (495 / 530) x 100 = 93,39% yoki 0,93 ga teng.
Demak, bu misollardan ko’rinib turibdiki, tasarrufidagi daromadlar miqdori ko’payib borishi bilan uning tarkibidagi iste’mol ulushi kamayib va aksincha jamg’arma ulushi ko’payib boradi. Bu holatni Keynsning “asosiy psixologik qonun”i bilan izohlash mumkin. “Mavjudligiga nafaqat aprior tasavvurlarga ko’ra, bizning inson tabiatini bilishimizdan kelib chiqib shuningdek o’tmish tajribasini sinchiklab o’rganish asosida biz to’liq ishonishimiz lozim bo’lgan asosiy psixologik qonun shundan iboratki kishilar daromadlari o’sishi bilan, odatda, o’z iste’mollarini oshirishga moyillar, ammo daromadlari o’sgan darajada emas”.
Soliqlar to’langandan keyin qolgan daromadning bir qismi iste’mol qilinadi, ikkinchi qismi esa jamg’ariladi, shu tufayli ham iste’molga va jamg’arishga o’rtacha moyillik yig’indisi 100% ga yoki koeffitsient ko’rinishda 1 ga teng:
APC + APS = 100% yoki 1.
Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadlarining o’sgan qismini yo iste’mol qiladi, yoki jamg’aradi. Iste’moldagi o’zgarishlarning shu o’zgarishni keltirib chiqargan tasarrufidagi daromad o’zgarishdagi ulushi iste’molga chegaralangan moyillik deyiladi.
Bu yerda: MPC (marginal propensity to consume) – iste’molga chegaralangan moyillik.
Ma’lumotlariga ko’ra ixtiyordagi daromad 410 sh.b.dan 430 sh.b.kacha oshgan holatda MPSni hisoblaymiz.
ΔC =420-405=15; ΔYd=430-410=20;
MPC=(15/20)100=75%;
Bu shuni bildiradiki, daromad 100 % ga (yoki bir birlikka) o’zgarganda iste’mol 75% (yoki 0,75)ga o’zgaradi. Jamg’arishdagi o’zgarishning ixtiyordagi daromad o’zgarishdagi ulushi jamg’arishga chegaralangan moyillik deyiladi.
Bu yerda: MPS (marginal propensity to saving) – jamg„arishga o„rtacha moyillik.Yuqorida keltirilgan misolda:
Δ Yd = 430 - 410 = 20
Δ S = 10 - 5 = 5
MPS=(5/20)100=25%;
Shunday qilib, iste’molga chegaralangan moyillik 0,75 ni tashkil etgan bo’lsa, jamg„armaga chegaralangan moyillik 0,25 ni tashkil etadi. Daromadning o’sgan qismi yoki iste’molga, yoki jamg„armaga sarflanadi. Shu sababga ko„ra iste’mol va jamg„arishga o„rtacha moyillik ko„rsatkichlari yig„indisi 100%ga yoki koeffitsient
Ko’rinishida 1ga teng bo’ladi.
MPC+MPS=100% yoki 1.
MPC va MPS ancha barqaror ko„rsatkichlar bo„lib, juda sekin o„zgarishga
uchraydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |