1-chizma. Iqtisodiy sikl fazalarining klassik jihatdan ifodalanishi.
Quyidagi 2-chizmada esa AQSH va boshqa ayrim mamlakatlar iqtisodchilari tomonidan tan olingan iqtisodiy sikl ko‘rsatilgan. Siklning eng Yuqori nuqtasida iqtisodiyotda to‘liq bandlilik kuzatiladi va ishlab chiqarish to‘liq yoki deyarli to‘liq quvvat bilan ishlaydi. Siklning bu fazasida narx darajasi o‘sish tamoyiliga ega bo‘ladi, iqtisodiy faollikning o‘sishi to‘xtaydi.
2-chizma. Iqtisodiy siklning ikkinchi ko‘rinishi.
Bu ikkala ko‘rinishdagi sikl bir-biridan shaklan farqlansada, mazmun jihatidan o‘xshash bo‘lib, inqiroz va o‘sishlarning muqarrar ravishda ma’lum davrlarda takrorlanib turishi tan olinadi.
Iqtisodiy sikllarning kelib chiqish sabablari va ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning chuqur va izchil ravishda tadqiq etilishi turli ko‘rinishdagi iqtisodiy sikl nazariyalarining vujudga kelishiga olib keldi.
Ko‘pchilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning ob’ektiv tavsifini tan olib, bu hodisani unga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish orqali o‘rganishni tavsiya qiladi. Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tuShuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb atash qabul qilingan.
Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
– urushlar, inqilobiy o‘zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;
– oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi;
– yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog‘liq ravishda aholi migratsiyasi, er shari aholisi sonining o‘zgarib turishi;
– ijtimoy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o‘zgarishlar.
Internal nazariya iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o‘ziga xos ichki omillar tug‘diradi deb hisoblaydi.
Asosiy kapitalning jismoniy xizmat muddati ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy siklni keltirib chiqaruvchi muhim omillardan biri sifatida qaraladi.
Agar bir yoki bir necha tarmoqda mashina-uskunalarga talabning keskin ortishini keltirib chiqaradigan iqtisodiy o‘sish boshlansa, tabiiyki, bu hol mashina va uskunalar to‘liq eskiradigan har 10-15 yildan keyin takrorlanadi.
Boshqa ichki omillardan qo‘yidagilar ajratib ko‘rsatiladi:
– Shaxsiy iste’molning o‘zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi);
– investitsiyalar, Ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hajmi;
– ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosatining o‘zgarishi.
Iqtisodiy sikllarning kelib chiqishini faqat eksternal yoki internal nazariya orqali tuShuntirish ko‘pam to‘g‘ri emas. Iqtisodiy sikl va umuman iqtisodiy tizimdagi miqdoriy va sifat o‘zgarishlar tashqi va ichki omillar oqibatida kelib chiqishi mumkin emas.
Shuningdek, iqtisodiyotning siklli rivojlanishi sabablarini izohlashda bir qator quyidagi nazariyalar ham ilgari suriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |