Bozor infratuzilmasi


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar



Download 0,79 Mb.
bet169/272
Sana12.12.2022
Hajmi0,79 Mb.
#884086
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   272
Bog'liq
Bozor infratuzilmasi

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:



  1. Iqtisodiy muvozanatlik, xususiy va umumiy muvozanatliklarga tavsif bering. Ularga misollar keltiring.

  2. Quyidagi ikki usul, Ya’ni: a) yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli; b) jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli yordamida muvozanatli SMM grafikda qanday aniqlanishini tuShuntiring.

  3. Multiplikator samarasi nima? Investitsion sarflarning o‘zgarishi va multiplikator miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik qanday? Agar jamg‘armaga o‘rtacha moyillik 0; 0,4; 0,6 ga teng bo‘lsa, multiplikator qanday bo‘ladi? Agar tadbirkor investitsiyalari darajasini 8 mln. so‘mga ko‘paytirsa, iste’molga o‘rtacha moyillik esa 4/5 ga teng bo‘lsa, SMM qanday o‘zgaradi?

  4. Akselerator samarasi nima va u iqtisodiy muvozanatga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

  5. Avtonom va hosilaviy investitsiyalarning farqi nimada? Ularga ta’sir etuvchi omillar ham farqlanadimi?

  6. Milliy iqtisodiyotning muvozanatlik darajasiga erishishda xususiy mutanosibliklarning roli qanday? Mutanosiblikning qanday turlarini bilasiz? Ularga qisqacha ta’rif bering.

  7. Makroiqtisodiy barqarorlik nima? Unga erishish yo‘llari qanday?

  8. Respublikada iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishlarni qaysi yo‘llarda amalga oshirish ko‘zda tutilgan?



19-mavzu. Iqtisodiyotning siklligi va makroiqtisodiy beqarorlik.
(4 soat)
1- ma`ruza mashg‘uloti


1. Sikllik - iqtisodiy taraqqiyotning umumiy shakli ekanligi va uning sabablari. Iqtisodiy sikl xaqida turlicha nazariyalar..
2. Iqtisodiy siklning fazalari. Iqtisodiy inqirozlarning turlari.
3. Agrar inqirozlar va ularning xususiyatlari.

Bu bobda dastlab iqtisodiy sikllarga, Ya’ni iqtisodiyot uchun xususiyatli bo‘lgan ishlab chiqarish, bandlilik va narx darajasining davriy tebranishlariga umumiy tavsif beramiz. Keyin iqtisodiy sikl fazalarining va davriy tebranishning sabablarini qarab chiqamiz. Tahlil davomida tarkibiy va agrar inqirozlarga hamda ularning xususiyatlarini yoritib berishga alohida o‘rin ajratamiz.


Har qanday mamlakat, Shu jumladan industrial rivojlangan mamlakatlar ham iqtisodiy o‘sish, iqtisodiy resurslarning to‘la bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladilar. Ammo uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o‘sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo‘ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.
Ko‘plab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib berishga harakat qilib, talabning ko‘payishi va kamayishi, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi yoki qisqarishi kabi hodisalarning davriy tavsifiga e’tibor qaratdilar. Bu hodisalarning ro‘y berish ketma-ketligidagi ma’lum izchillik ham aniqlandi. Siklli rivojlanishning ob’ektivligi va realligi, uning iqtisodiy jarayonlar tavsifiga ta’siri nuqtai nazaridan ahamiyatiligi to‘g‘risida bir qator taniqli iqtisodchilar, jumladan, A.SHpitgof, M.Tugan-Baranovskiy, T.Veblen, U.Mitchell, J.M.Klark, J.Xiks, J.M.Keyns, Y.Shumpeter va boshqalarning ilmiy asarlarida bayon etilgan.
Ta’kidlash lozimki, turli darslik va o‘quv qo‘llanmalarda mazkur muammoni yoritishga ham turlicha darajada yondoshiladi. Jumladan, akademiklar V.I.Vidyapin, A.I.Dobrinin, G.P.Juravleva va L.S.Tarasevich umumiy tahriri ostida tayyorlangan darslikda bu muammoga alohida mavzu orqali keng to‘xtalib o‘tilgan.49 Unda iqtisodiy sikllar nazariyasi iqtisodiy o‘sish nazariyasi bilan bir qatorda iqtisodiy dinamika nazariyalari tarkibiga kirishi, iqtisodiy sikl tabiatining o‘zi esa munozarali va kam o‘rganilgan muammolardan biri ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, ijtimoiy hayotda siklli rivojlanishni tan oluvchi hamda inkor etuvchi ikki yo‘nalishdagi tadqiqotchilar mavjudligi ko‘rsatilgan. Siklning mohiyatini ochib berishda dastlab unga jismlar o‘zaro ta’sir jarayonining natijasi sifatida qarab, falsafiy qoidalar nuqtai nazaridan izohlashga harakat qilingan. Sikl fazalarini ajratib ko‘rsatishda markscha sanoat sikli nazariyasiga keng to‘xtab o‘tilgan. Shundan so‘ng sikllarning asosiy turlari, bugungi kunga qadar mavjud bo‘lgan sikllar to‘g‘risidagi nazariyalar bayon etilgan.
Ba’zi bir darsliklarda esa iqtisodiyotning siklli rivojlanishi muammolariga nisbatan qisqa, umumiy tarzda to‘xtab o‘tilgan.50 Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda iqtisodiy siklning mohiyati va uning fazalari bayoniga to‘xtalib o‘tamiz.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tuShuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Sikli harakat iqtisodiy o‘zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo‘lib, milliy xo‘jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning, iqtisodiy taraqqiyotning almashuvini aks ettiradi.
Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko‘rsatiladi. Ana Shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi.
Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi. Inqiroz fazasining asosiy belgilari va o‘ziga xos xususiyatlarini mazkur bobning 3-bandida batafsil bayon etiladi.
Inqirozdan keyin turg‘unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo‘ladi. Narxlarning pasayishi to‘xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zahiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning Yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg‘unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga etadi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish