Asosiy tayanch tushunchalar:
Makroiqtisodiyot – moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalarini yaxlit bir butun qilib birlashtirgan milliy iqtisodiyot va jahon xo‘jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir.
Milliy hisoblar tizimi – milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash hamda ulardan foydalanishni tavsiflaydigan o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar tizimi.
Yalpi milliy mahsulot (YAMM) – milliy iqtisodiyotda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita iste’molchilarga borib tushadigan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi summasi.
Yalpi ichki mahsulot (YAIM) – yil davomida mamlakat hududida ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymati.
Sof milliy mahsulot (SMM) – amortizatsiya ajratmalari summasiga kamaytirilgan YAIM sifatida chiqib, tarkiban milliy daromad va egri soliqlardan iborat bo‘ladi.
Milliy daromad – yangidan vujudga keltirilgan qiymat bo‘lib, SMMdan egri soliqlarni chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Shaxsiy daromad – milliy daromaddan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, korxona foydasidan olinadigan soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasini chiqarib tashlash hamda aholi qo‘liga kelib tushadigan ijtimoiy to‘lovlar summasini qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.
Nominal YAIM – joriy narxlarda hisoblangan YAIM.
Real YAIM – narxlarning o‘zgarishini hisobga olib, o‘zgarmas yoki qiyosiy narxlarda hisoblangan YAIM.
Qo‘shilgan qiymat – ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan sotib olingan va unumli iste’mol qilingan xom ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.
Oraliq mahsulot – ishlov berish, qayta ishlash va qayta sotish maqsadlarida sotib olingan mahsulotlar.
Pirovard mahsulot – ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan, Shaxsiy va unumli iste’mol qilishga tayyor bo‘lgan mahsulotlar.
Xufyona iqtisodiyot – YAIMni ishlab chiqarish, taqsimlash va undan foydalanishning rasmiy iqtisodiyotdan yashirin qismi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
Oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning farqi nimada? Ular iqtisodiyotning qanday ko‘rinishlari uchun xos ekanligini izohlang.
Milliy iqtisodiyot tushunchasi nimani ifodalaydi? Uning qanday tarkibiy qismlari mavjud?
Makpoiqtisodiy ko‘pcatkichlap nimalar va ular milliy iqtisodiyotda qanday rol o‘ynaydi?
YAIM va SMM bir-biridan nima bilan farqlanadi? SMM va milliy dapomad-chi?
Milliy mahsulot harakat shakllari tavsifini bering.
YAIM qanday usullarda hisoblanadi? Ularning farqi nimadan iborat.
Nominal va real YAIM tushunchalarini izohlang. Ularning farqini ko‘rsating.
Agar joriy yildagi nominal YAIM hajmi 700 mlrd. so‘mga, narx indeksi 1,5 ga teng bo‘lsa, real YAIM hajmi qancha bo‘ladi? Agar narx indeksi 0,8 ga teng bo‘lsa-chi?
Takroriy hisob, qo‘shilgan qiymat, oraliq mahsulot va pirovard mahsulot tushunchalarini izohlab bering.
Sof iqtisodiy farovonlik ko‘rsatkichining mohiyati hamda hisoblash tartibini tuShuntirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |