Bo’yicha bahosi: sana" " 2022 y


III. Xulosa IV. Ilovalar



Download 232,29 Kb.
bet2/12
Sana30.10.2022
Hajmi232,29 Kb.
#858279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
sher

III. Xulosa
IV. Ilovalar

Kirish
Men Karaboyev Sherzod Shuhrat o’g’li o’quv amaliyotimni kafedra yo’llanmasi asosida “Xalq banki” ATB Surxondaryo viloyati Termiz shahar filiali amaliyot bo’limida 2022-yil 16-maydan 23-iyulgacha o’tadim. O’quv amaliyotim rejasini “Xalq banki” ATB Surxondaryo viloyati Termiz shahar filiali amaliyot bo’limida menga biriktirilgan rahbarim va universitetdan belgilangan rahbarim bilan o’zaro kelishilgan holda amaliyot dasturiga asoslanib belgiladik. “Xalq banki” ATB Surxondaryo viloyati Termiz shahar filiali amaliyot bo’limida o’quv amaliyotimni o’tash davrida bankning tashkil topish tarixi, uning tashkiliy tuzilmasi va huquqiy asoslari, maqsadi va vazifalari bilan yaqindan tanishdim. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlaridan ham xabardor bo’ldim. Amaliyot o’tash vaqtida bankning hamma bo’limlaridagi ishlar bilan tanishib ularning bajaradigan funksiyalarini ham qisqacha bo’lsa ham o’rganib oldim. Hamda bank sohasida ishlatilayotga eng so’nggi zamonaviy dasturlar(iABS dasturida) bilan ishlashni ham o’rgandim. Bu o’quv amaliyotimiz orqali nazariy bilimlarimizni ham amaliyotda qo’llash imkoni paydo bo’ldi. Biz nazariy bilimlarni o’rganib ularni amaliyotda to’g’ri qo’llay olishimiz kerakligini ham shu amaliyot paytida tushunib yetdim. Bank sohasida bo’layotgan so’ngi o’zgarishlar, yangiliklar, qarorlar va farmonlar bilan tanishdim.
Yuqori va barqaror sur’atdagi iqtisodiy o’sish va makroiqtisodiy barqarorlik tijorat bankalaridan bank tizimini bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida uning barqarorigini ta’minlashni, yangi yechimlar izlab topishni, kredit tashkilotlarining raqobatbardoshligi va bank nazoratini oshirishni, shuningdek bank omonatchilarining va bosha kreditorlarning ishonchini mustahkamlash hamda muhofaza qilishni talab etadi.
Men o’quv amaliyotimda o’rganlaridan menga eng yoqqanlari mijozlarga plastik karta ochish, omonat turlari va ulardagi shartlar, kredit turlari, pul o’tkazmalari va ularning qanday amalga oshirilishi va ulardagi tariflar qandayligi bilan tanishdim. Omonat bo’yicha olib boriladiga amaliyotlardan omonat turlarini, ularni qancha muddatga necha foizdan qo’yilishini bilib oldim.“Xalq banki”ATB Termiz shahar filialida omonatlar uch, olti va o’n ikki oylarga, turiga qarab 19%, 21% 17% chet el valutasida 4% 3,5% larga qo’yilishi mumkin ekan.
Bank faoliyatida erishilgan natijalar, uning keyingi faoliyatini yanada kengaytirish van yuqori natijalarga erishishiga zamin hisoblanadi. Amaliyot va hisobotni tayyorlashim davomida “Xalq banki” ATB Surxondaryo viloyati Termiz shahar filiali amaliyot bo’limi xodimlari menga yaqindan qo’llaridan kelganicha o’zlarini vazifalari doirasida “Bank siri bo’lmagan ma’lumotlar haqidagina o’zlarining fikr mulohazalarini bildirishdi. Menga amaliyotda “Xalq banki” ATB Termiz shahar filiali bo’limida amaliyot rahbar etib Nazarov Nuriddin Qurbonovich tayinlandi. Men bu bo’limdan o’zim bilmagan juda ko’p qiziqarli ishlarni o’rgandim.
Kelajakda albatta bu o’quv amaliyotida olgan bilim va ko’nikmalarim asqotadi deb o’ylayman. O’quv amaliyoti orqali kelajakda o’qishni tamomlagacha bank sohasida ishlashga qiziqish uyg’ondi.
Ushbu hisobotda o’quv amaliyoti davomidagi o’rgangan amaliyot natijalarimni yoritdim.
O'zbekiston bank tizimini izchil rivojlantirish respublika iqtisodiyotini erkinlashtirish jarayonidagi eng muhim masalalardan biri bo'lib, uning rivojlanishi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratildi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning islohotlar yo'lida muvaffaqiyatli odimlashi uchun bank - kredit tizimini mustahkamlash, uni isloh qilishni tarkibiy jihatdan ham, institutsional jihatdan ham davom ettirish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlashi, respublika iqtisodiyotida bank tizimini tutgan o'rni va ahamiyati qanchalik muhim ekanligidan yana bir bor dalolat beradi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda respublikada bank tizimi shakllanishi va rivojlanishi tarixiga doir masalalarni ham nazariy, ham amaliy jihatdan yoritib berishda, uning mazmun-mohiyatiga e'tibor qaratish va ayrim aniqliklarni kiritish lozim.
Mamlakatimiz Prezidenti SH.Mirziyoyev Oliy majlisga murojaatnomasida “Iqtisodiyotni rivojlantirishda puxta va barqaror bank-moliya tizimi ulkan ahamiyatga ega. Biz aholi va tadbirkorlik sub'ektlarining bank tizimiga ishonchini ko’chaytirmasdan turib, “yashirin iqtisodiyot”dan to'liq xalos bo'la olmaymiz. 2019-yilda bank tizimi faoliyatini rivojlantirish bo'yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishda banklar bilan tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida samarali va o'zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta'minlash masalalariga asosiy e'tiborni qaratish zarur” deya ta'kidlab o'tgan edi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida bank faoliyatini, birinchi navbatda, moliyaviy aktivlarning sifatini oshirish, bozor institutlarining amal qilish muhitini yaxshilash, bank ishini yuqori samarali tashkil etish jarayoni va uning taraqqiyoti bilan belgilanadi. Shu sababli, bank tizimining iqtisodiy-tarixiy rivojlanish bosqichlarini ilmiy o'rganish, umumiqtisodiy vazifalarni hal etishda bank salohiyati va uning iqtisodiyotda tutgan o'rni va ahamiyatini tahlil qilish, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishini erkinlashtirish sharoitida bank tizimi faoliyatini jahon andozalari talab va tamoyillariga to'liq javob bera oladigan darajada tashkil etish, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishda uning investitsiya faolligini oshirish, bank faoliyati samaradorligini oshirish va rivojlanishining yaqin, uzoq kelajakdagi istiqbollarini o'rganish ilmiy-amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega.



  1. Xalq banki” ATB Surxondaryo viloyati Termiz shahar filialining faoliyati bilan tanishish.

Bank deb pul mablag'larini yig’uvchi, saqlab beruvchi, kredit, hisob-kitob va boshqa har xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi. Bank so'zi ital`yancha “banka” so'zidan olingan bo'lib “stol”, aniqrog’i “pullik stol” degan ma'noni anglatadi .
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki O'zbekistonning qadimiy banklaridan biri hisoblanadi. Toshkentda birlamchi jamg'arma kassalar 1875-yilda tashkil etilgan.
1995
O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 1995-yil 4-oktabrdagi Qaroriga asosan «O'zjamg'armabank» Davlat-tijorat Xalq banki etib qayta tashkil etildi.
2015
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi “Aksiyadorlik tijorat Xalq banki” nomiga o'zgartirildi.

Xalq banki bugun


Hukumatning doimiy ravishda qo'llab-quvvatlashi tufayli Xalq bankining salohiyati yanada oshib bormoqda. Mustaqillik yillarida Xalq banki mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida hukumatning moliya agenti sifatida faoliyat olib borib, zimmasiga yuklangan mas’uliyatli vazifalarni doimiy ravishda ado etib kelmoqda. Bank o'z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o'z mavqei va rolini mustahkamlash uchun barcha sa'y-harakatlarini safarbar etmoqda.


Bugungi kunda Xalq banki O'zbekiston bank tizimining muhim bo'g'ini hisoblanadi. Uning 197 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari, 100 ta bank xizmatlar ko'rsatish markazi 2931 ga yaqin kassalar iqtisodiyotning real sektoriga – kichik biznes subyektlari va aholiga keng qamrovli bank xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda. Xalq bankining asosiy vazifalaridan biri O'zbekistonning keksa fuqarolarini nafaqalar bilan o'z vaqtida ta'minlashdan iborat. O'zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti to'g'risida»gi Qonuniga asosan fuqarolarning davlat pensiya ta'minotiga qo'shimcha tariqasida jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimi yo'lga qo'yilgan. Xalq banki yagona, o'z filiallarini bir-biri bilan bog'lovchi va yetarlicha himoyalovchi elektron baza yaratish uchun ko'p ishlarni amalga oshirdi. Xalq banki jamoasi doimiy ravishda o'z oldiga yangi strategik maqsad va vazifalarni qo'yib keladi. Ayni paytda mazkur qadam mijozlarga xizmat ko'rsatishning sifat jihatidan yangi darajasiga chiqishga, raqobatbardosh pozitsiyaga erishishga, investitsion jozibadorlikni ta'minlashga, boshqaruv va texnologik jarayonlarni modernizatsiyalash hisobiga moliya xizmatlar bozorida qator ko'rsatkichlar bo'yicha peshqadam pozitsiyani egallashga xizmat qilmoqda.
“Xalq banki”ATB Surxondaryo viloyati Termiz shahar filialining rahbari Fayzullayev Alisher Otoboyevichdir. Ular tomondan berilgan buyrug’i asosida bankda o’z amaliyotimni o’tadim. Bank buyrug’ida menga amaliyot rahbari etib Nazarov Nuriddin tayinlandi. Ular menga o’zim bilmagan juda ko’p qiziqarli ishlarni o’rgatdi.
Amaliyot davrida intitutdan berilgan dasturida ko’rsatilgan barcha vazifalarimni bajardim, o’z xuquq va burchlarim bilan yaqindan tanishdim, bankning yo’riqnoma, xatlari va boshqa barcha me’yoriy va huquqiy hujjatlar, ularga kiritib borilayotgan eng oxirigi o’zgarishlar bilan tanishib bordim. Tijorat bankida o’rnatilgan ichki ish tartibiga rioya qilib, bankning jamoat ishlarida faol qatnashdim.
“Xalq banki”ATB Surxondaryo viloyati Termiz shahar filiali Ustavi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida tartibga solinib turiladi. 2021-yilning yanvar oyidan boshlab bankni boshqarish axborot tizimlarini takomillashtirish maqsadida Bank tomonidan 2019-yilning oxirida lisenziyasi olingan SAP loyihasi amal oshirilmoqda. Fevral oyida Bank PCI PIN Security Requirements 2.0. standarti talablarining bajarilishi bo’yicha auditidan muvaffaqiyatli o’tdi. Mart oyida chakana mijozlarga «Shaxsiy kabinet» tizimidan foydalanish orqali masofadan xizmat ko’rsatishning yangi turi taqdim etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida» gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, yuridik shaxslar uchun milliy valyutani xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish cheklovlarsiz amalga oshirila boshlandi.
Aprel oyida bank “Onlayn hamyon” – muddatli omonatlarni masofaviy ochish xizmatini ishga tushirdi. Aprel oyida Bank tun-u kun 24/7 rejimida ishlaydigan xorijiy valyutani milliy valyutaga ayirboshlaydigan funksiyali bankomatni ishga tushirdi. Iyun oyida Bank jismoniy shaxslar uchun mikroqarz xizmatini yo’lga qo’ydi. Iyul oyida Bank tomonidan SAP tizimi muvaffaqiyatli yo’lga qo’yildi.
Bank aksiyadorlari 1700 dan ortiq yuridik va jismoniy shaxslarni tashkil qilib, ularning ulushi mos ravishda 1110 yuridik shaxs va 584 shaxslardan iborat. Ustav kapitali 160,1 mlrd. so’m miqdorida shakllantirilgan. Bunda moliyaviy va sug’urta tashkilotlari aktsiyadorlar tarkibida salmoqli o’ringa ega. Bankning asosiy aksiyadorlaridan biri Osiyo taraqqiyot banki bo’lib, xalqaro moliya institutning mavjudligi bankning yanada sifatli va jadal rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

“Xalq banki”ATB Surxondaryo viloyati Termiz shahar filiali tashkiliy tuzilmasi




Download 232,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish