1-rasm “Xalq banki"ATB 1-rasmda “Xalq banki”ATB Surxondaryo viloyati Termiz shahar filialining tashkiliy tuzilmasi keltirilgan. Tashkiliy tuzilma taftish komissiyasi, audit qo'mitasi, mukofotlash bo'yicha qo'mita, korporativ boshqaruv qo'mitasi, ichki audit boshqarmasi, aksiyadorlar umumiy yig'ilishi va bankning funksianal bo’limlarida iborat. Filial strukturasi “Xalq banki”ATB Termiz shahar filiali strukturasi asosida filialning mavjud shtabiga asosan tashkil qilinadi. “Xalq banki”ATB Termiz shahar filiali strukturasini quyidagi chizma orqali ko’rsak bo’ladi.
2-rasm. “Xalq banki”ATB Surxondaryo viloyati Termiz shahar filialining strukturasi1 “Xalqbanki”ATB Surxondaryo viloyati Termiz shahar filialining strukturasi filial boshqaruvchisi, filial boshqaruvchisi o’rinbosari va yettita bo’limdan tashkil topgan bo’ladi. Bu bo’limlar quyidagilar: kreditlash bo’limi, namunaviy loyihalarni kreditlash bo’limi, konversion operatsiyalar bo’limi, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash bo’limi, buxgalteriya bo’limi, xodimlar bilan ishlash va ichki nazorat bo’limidan tashkil topadi. Har bir bo’limning bajaradigan vazifalari alohida bo’limlarning nizomida keltirilib o’tilgan bo’ladi
3-rasm. Bank strukturasi2
“Xalq banki” ATB Surxondaryo viloyati Termiz shahar filialining bo’limlarida hujjatlar (qog’oz va elektron shaklda) aylanishi bilan tanishish.
Hamma sohalarda bo’lganidek bank sohasi ham birinchi navbatda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga amal qilgan holda o’z faoliyatini boshlaydi va uni yuritadi. Shu asosida sohani rag’batlantirvchi va faoliyatini tartibga solish chun ishlab chiqarilgan bir qator prezident qarorlari, farmonlar, qonunlari va nizomlarga rioya etadilar.
Bank o’z faoliyatida O’zbekiston Republikasining 1996 yil 25 apredagi “Bank va bank faoliyati to’g’risida”gi 216-1-son Qonuniga asosan o’z faoliyatini olib boradi va tartibga soladi. Bu qonunning 1-moddasidagi ta’riflarni ko’rib chiqsak:3 Bank-tijorat tashkiloti bo’lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir: yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag’lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish va to’lovlarni amalga oshirishishi mumkin. Bu qonunning 2-moddasida bank faoliyatining sub’ektlari haqida yozilgan bo’lib, O’zbekiston Republikasida tashkil etilgan hamma banklar bank faoliyatining sub’ektlaridir deyilgan.
3-moddada bank faoliyatining huquqiy asosi- banklar faoliyati ushbu Qonun, “O’zbekiton Respublikasining Markaziy banki to’g’risida”gi Qonun, Boshqa hujjatlar bilan tartibga solib borilishi aytib o’tilgan.
Qonunning 16-moddasida banklarning filiallari hamda vakolatxonalari va ularning ochilishi haqida va ularga ta’riflar keltirilgan. Banklar O’zbekiston Respublikasida o’z filiallarini, chet el banklari esa o’z vakolatxonalarini Markaziy bankning ruxsati bilan ochishlari mumkin. Bank filiali-uni tashkil etgan bank nomidan bank faoliyatini amalga oshiruvchi alohida bo’linmadir. Chet el bank vakolatxonasi-bank faoliyatini amalga oshirmagan holda bankning manfaatlarini
o’ylab ish yurituvchi alohida bo’linmadir. Filialning rahbarlarini ularni tashkil etgan bankning rahbari Markaziy bank bilan kelishib tayinlaydi.
Qonunning 38-moddasi “Bank siri” to’g’risidagi moddasi hisoblanib, unda quyidagilar bayon qilinadi:
Banklar o’z mijozlari vakillarining operatsiyalari va hisobvaraqamlari hamda jamg’armalariga doir ma’lumotlar sir saqlanishiga kafolat beradi. Bankning barcha xizmatchilari, bank, uning mijozlari va vakillarining bank operatsiyalari, hisobraqami va jamg’armalariga ma’lumotlarni sir saqlashlari shart.
Yuridik shaxslar va boshqa tashkilotlarning operatsiyalari hamda hisobvaraqalariga doir ma’limotlar ana shu tashkilotning o’ziga, prokuror, sudlarga, jinoiy ish qo’zg’atilgan bo’lsa, surushtiruv tergov organlariga beriladi.
Jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari va omonatlariga doir ma’lumotlar mijozlarning hisobvaraqlari va omonatlarda turgan pul mablag’lari hamda boshqa qimmatbaho narsalarni xatlanishi, mol-mulk musodara etilishi mumkin bo’lgan hollarda yuritilayotgan ishlar bo’yicha sudlar, surushtiruv va tergov organlariga beriladi.
Shu bilan birgalikda “Xalqbanki”ATB Surxondaryo viloyati Termiz shahar filiali o’z faoliyatini tartibga soluvchi va vazifalarini belgilab beruvchi Ustaviga egadir. Ustavda belgilangan umumiy qoidalar mavjud bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:
1. “Xalq banki”ATB Surxondaryo viloyati Termiz shahar filiali “Bank” deb nomlanadi.
2. Bank o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi, “Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida”gi qonunlar, Boshqa qonunlar va qonun osti hujjatlar, O’zbekiston Respublikasining Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari, shuningdek mazkur Ustavga asosan olib boriladi.
Bankning asosiy maqsadi Bank aksiyadorlariga foyda to’lanishini ta’minlash maqsadida o’zining va jalb etilgan mablag’laridan foydalanishdan daromad olish uchun bank faoliyatini amalga oshirish, shuningdek u bilan bog’liq xizmatlarni ko’rsatishdir.
O’z faoliyati maqsadlariga erishishi uchun bank quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi:
bank xizmatlari bozorini rivojlantirish hamda ichki va xalqaro bozorlarda yuridik va jismoniy shaxslarning o’sibborayotgan bank xizmatlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish;
jalb etilgan mablag’larning o’z vaqtida qaytarilishini ta’minlash, ko’rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirib, ularni xalqaro andozalar darajasigacha yetkazish, texnologiyalarning yangi turlari takomillashtirishlarni joriy etgan holda hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish;
kreditlash orqali Iqtisodiy salohiyatnig rivojlanishiga va respublika sanoatining turli sohalarida ilmiy-texnik tarqqiyot yutuqlarining joriy etilishiga yordam berish;
O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida boshqa bank faoliyatini yuritish.
“Xalq banki”ATB Surxondaryo viloyati Termiz shahar filiali Ustavida o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarining qisqacha bayoni keltirildi.
So’nggi yillarda chiqarilayotgan qonunlar, qarorlar va farmonlarning ko’pchiligi yurtimizda kichik biznesni qo’llab quvvatlash maqsadida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini yanada tubdan takomillashtirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida” Farmon qabul qildi. Shular yuzasidan banklarga qo’yiladigan vazifalar ham yanada ortib bormoqda.
Yuqorida keltirib o’tilgan qonun va farmonlarga qo’shimcha qilib quyidagi “Xalq banki”ATB Surxondaryo viloyati Termiz shahar filiali faoliyatini reglamentlovchi me’yoriy- huquqiy hujjatlarni keltirib o’tmoqchiman.
“Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to’g’risida”gi Nizom (ro’yxat raqami 1297, 14.01.2004 y.).
Boshlang’ich hisob hujjatlariga xo’jalik operatsiyasi qatnashchilari tomonidan tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi. Bank va kassalar hujjatlarida tuzatishlar va o’chirib yozishlarga yo’l qo’yilmaydi.
“Inventarizatsiya tashkil etish va o’tkazish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-son BHMS) (ro’yxat №833, 02.11.1999y.).
O’zbekiston Respublikasi Markziy bank Boshqaruvining 14.04.2018 y. 14/16-son “O’zbekiston Respublikasi bank muassalariga kirib-chiqish tartibini tashkil etish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida” gi buyruqni o’z kuchini yo’qotganlig haqida”gi qarori (AB tomonidan 15.05.2018 y.574-1 son bilan ro’yhatga olingan)
O’zbekiston Respublikasining 04.04.2006y. O’RQ-30-son “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilishto’g’risida”gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 16.11.2005 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 24.02.2006 y. ma’qullangan)
Markaziy bank Boshqaruvining 17.01.2006 y. 632 (1/10)-son “O’zbekiston Respublikasi bank tizimida elektron raqamli imzo va shifrlash kalitlaridan foydalash to’g’risida”gi Qarori (AB tomonidan 13.03.2006 y. 1553-son bilan ro’yatga olingan)
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 30.08.2003 y. 531-II-son “Bank siri to’g’risida”gi O’xbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi Qarori
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 30.08.2003 y. 530-II-son “Bank siri to’g’risida”gi Qonuni
O’zbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron axborotlarni muhofazalashni tashkil etish to’g’risidagi Yo’roqnoma
O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida”gi Yo’riqnomasi
O’zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi yo’riqnomasi
O’zbekiston Respublikasining ”Banklar tomonidan pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to’g’risida”gi Yo’riqnomasi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqd pul muomalasini takomillashtirish va bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori bilan O'zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to'g'risidagi yo'riqnoma
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g'risida”gi Farmoni
O'zbekiston Respublikasining “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonuni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi PF-5296-son “O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni
“XALQ BANKI” ATB Surxondaryo viloyati Termiz shahar filiali tomonidan mijozlarga kredit berish tartibi bilan tanishish.
Xalq banki tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun mikrokreditlar berilmoqda. Biznesni rivojlantirish uchun kreditlar, O`zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tgan yakka tartibdagi tadbirkor, oilaviy tadbirkorlar va yuridik shaxslarga beriladi.