Ботаника ва ўсимликлар физологияси


БОТАНИКА ВА ЎСИМЛИКЛАР ФИЗОЛОГИЯСИ



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/31
Sana20.07.2022
Hajmi1,09 Mb.
#825761
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
1.Маъруза

БОТАНИКА ВА ЎСИМЛИКЛАР ФИЗОЛОГИЯСИ
 
30
14-
rasm. Qovoq va qarag‘ay poyalaridagi o‘tkazuvchi to‘qimalari 
1.
Elaksimon plastinka poralari orqali hujayra shirasi o‘tadi. Elaksimon naylar 
ѐnida maxsus tirik yadroli hujayralar joylashgan bo‘lib, ular yo‘ldosh hujayralar 
deyiladi. Elaksimon nay va uning yo‘ldosh hujayralari uzunasiga ѐnma-ѐn 
joylashgan, ularning har ikkalasi ham kambiy ѐki prokambiyning bitta hujayrasidan 
hosil bo‘ladi. Shuning uchun bu hujayralar qarindosh hujayralardir. Biroq, ochiq 
urug‘li o‘simliklar floemasidagi elaksimon naylar ѐnida yo‘ldosh hujayralar 
bo‘lmaydi. Yo‘ldosh hujayralar orqali organik moddalarning o‘tib turishini 
tasdiqlaydigan ma’lumotlar yetarli emas. Shunday bo‘lsa ham elaksimon naylar 
bilan yo‘ldosh hujayralar funksional yagona bir fizologik sistemani tashkil etadi. 
Modomiki shunday ekan, elaksimon naylarning halokati yo‘ldosh hujayralarning 
ham o‘lishiga olib keladi. 
2.
Elaksimon naylar o‘z funksiyasini bir yilda bajaradi, ikkinchi yili esa yangisi 
hosil bo‘ladi. Biroq tokda (Vitis), jo‘ka (Tilia) va boshqa o‘simliklarda elaksimon 
naylar 2-3 yilgacha o‘z haѐtini davom ettirishi mumkin. 
3.
O‘tkazuvchi bog‘lamlar. O‘simlik tanasidagi traxeya va traxeidlar hamda 
elaksimon naylar tasodifan chalkash joylashmaydi, balki ular maxsus kompleks 
birlashmani ѐki sistemani hosil qiladi. Bunday kompleks birlashmalar o‘tkazuvchi 


БОТАНИКА ВА ЎСИМЛИКЛАР ФИЗОЛОГИЯСИ
 
31
bog‘lamlar deyiladi. Har bir o‘tkazuvchi bog‘lam keng ovalsimon ѐki tuxumsimon 
bo‘lib, turli xil to‘qimalardan tuzilgan. O‘tkazuvchi bog‘lamlar ksilema (ѐg‘ochlik) 
va floema (lub) deb ataluvchi ikki qismdan iborat. Ksilema qismida (idishlar) 
traxeya va traxeidlar ularga ѐndashgan holda ksilema parenximasi, ular atrofida esa 
sklerenxima ѐg‘ochli tolalar hujayralari joylashadi. Floemada elaksimon naylar va 
uning yo‘ldosh hujayralari, lub parenximasi hamda ular atrofida joylashgan lub 
tolalari-sklerenxima va ba’zan kollenxima hujayralari bo‘ladi. O‘tkazuvchi to‘qima 
hujayralarini o‘rab turgan mexanik to‘qimalar elaksimon naylarni mustahkam 
saqlaydi. Daraxtsimon o‘simliklar ksilemasidagi to‘qimalar ѐg‘ochlangan bo‘ladi, 
floemasida esa faqatgina sklerenxima hujayralari ѐg‘ochlanadi. 
4.
O‘tkazuvchi bog‘lamlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
5.
Oddiy bog‘lamlar. Ular oddiy va bir xil to‘qimalardan tuzilgan. Bunday 
bog‘lamlar barg plastinkasining chetki zonalarida joylashib, traxeya ѐki piѐz 
(Allium cepo) va shu kabi o‘simliklar gul bandlarida uchraydigan faqat elaksimon 
naylardan tashkil topgan. 
6.
Umumiy bog‘lamlar - bularda traxeya, traxeid va elaksimon naylar ѐnma-ѐn 
joylashadi. 
7.
Murakkab bog‘lamlar - ularda o‘tkazuvchi to‘qimalar bilan birga yana 
parenxima hujayralari bo‘ladi. 
8.
Elak-quvur bog‘lamlari ancha takomillashgan va ko‘p uchraydigan bu 
boylamlar juda mustahkam tuzilgan. O‘t o‘simliklar poyasidagi hamda barglardagi 
tomirlar ana shunday o‘tkazuvchi bog‘lamlardir. O‘tkazuvchi bog‘lamlar floemasi 
va ksilemasi o‘rtasida kambiy qavatining bo‘lish hamda bo‘lmasligiga qarab ular 
ochiq ѐki ѐpiq bo‘ladi. 
9.
Ochiq o‘tkazuvchi bog‘lamlar floemasi va ksilemasi o‘rtasida meristematik 
to‘qima - kambiy joylashadi. Kambiy o‘zidan uzluksiz ravishda ksilema tomon 
ikkilamchi ksilemani va floema tomon esa ikkilamchi floemani hosil qiladi. Shu 
sababli bog‘lamlar eniga o‘sib kengayib turadi. Shuni ta’kidlash zarurki, kambiy 
floemaga nisbatan ksilema tomon intensiv rivojlanib bir necha barobar ziѐd 
to‘qimalar hosil qilishi tufayli organlarning ѐg‘ochlik qismi floemaga qaraganda 
kuchli rivojlanadi. Bundan tashqari floemaning to‘qimalari sekin-asta to‘kilib 
turadi. Ochiq o‘tkazuvchi bog‘lamlar ochiq urug‘li, shuningdek, ѐpiq urug‘li 
o‘simliklarning ikki pallalilar sinfining vakillarida ham uchraydi. Shu sababli bu 
o‘simliklar orasida poyalari ѐg‘ochlangan daraxtsimon vakillar ko‘p uchraydi. 
Yopiq o‘tkazuvchi bog‘lamlar floemasi bilan ksilemasi orasida kambiy qavati 
bo‘lmaydi. Shuning uchun bunday bog‘lamlar eniga kengaymaydi va organlar 
eniga o‘smaydi. Yopiq o‘tkazuvchi bog‘lamlar bir pallali o‘simliklarda bo‘ladi. 
10.
Ksilema va floemaning o‘zaro joylashishiga ko‘ra o‘tkazuvchi bog‘lamlar 
quyidagi to‘rtta guruhga bo‘linadi. 
11.
Kollateral o‘tkazuvchi bog‘lamlar. Bularda floema va ksilema bir-biriga 
ѐnma-ѐn joylashib turadi, ammo tashqi tomonida floema, ichki tomonida esa 
ksilema joylashadi. 
12.
Bikollateral bog‘lamlar. Bu guruhda ksilema markazida joylashib uning ham 
ustki, ham ostki tomonida floema bo‘ladi. Ko‘pincha tashqi floema, ichkisiga 
qaraganda kuchli, qalinroq rivojlanadi. Mazkur bog‘lamlar qovoqdoshlar 



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish