Botanika” kafedrasi B. f n., dotsent О‘. E. Xо‘janazarov


O’zbеk xalkining ekologik madaniy mеrosi xakida nima bilasiz?



Download 0,97 Mb.
bet10/18
Sana31.12.2021
Hajmi0,97 Mb.
#239147
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
61273 вариант 18 (1)[2]

30. O’zbеk xalkining ekologik madaniy mеrosi xakida nima bilasiz?

a) milliy kadriyatlarga amal kilish.

b) xonadonlarni ozoda tutish, suvni asrash.

v) suvga axlat tashlamaslik, xasharlar uyushtirish.

g) atrof-muxitni ozoda tutish, ko’chat ekish, obodonlashtirish.

d) yukoridagi javoblarning xammasi to’gri.


3–topshiriq. Mavzular bо‘yicha keys-stadi texnologiyasi asosida topshiriqlar tо‘plamiga javob bering. 1-keys. Orolni qanday saqlab qolish mumkin?

1. Siz Orol dengizi fojeasiga sabab bо’lgan tabiiy va ijtimoiy omillarni qanday izohlaysiz?



Hozirgi kunda sayyoramizda inson faoliyatining salbiy ta’siri natijasida atrof muhitda sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan, iqlim o‘zgarishlari, turli xildagi tabiiy ofatlar yer sayyorasining  barcha  kengliklarida sezilmoqda. Oqibatda o’rmon bilan qoplangan maydonlar qisqarmoqda, atmosfera, suv va litosfera ifloslanmoqda.

Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta’sir mahalliy, mintaqaviy va umumjahon ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Jumladan, shu kabi ta’sirlar natijasida mintaqadagi ekologik inkirozning eng xavfli nuqtasi hisoblangan "Orol muammosi” vujudga keldi.



Bu haqda quyidagi ma’lumotlar fikrimizni isbotlaydi. Oxirgi 40-45 yil davomida Orol dengizi sathi 22 metrga pasayib ketdi, akvatoriya maydoni 4 martadan ziyodga kamaydi, suv hajmi 10 baravargacha (1064 kub km dan 70 kub km) kamaydi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112 g/l gacha, Orolning sharqiy qismida esa 280 g/l gacha yetdi. Orol dengizi deyarli "o’lik” dengizga aylandi. Qurib qolgan tubi maydoni 4,2 mln. gektarni tashkil etib, tutash hududlarga chang, qum-tuzli aerozollarini tarqatish manbaiga aylandi. Bu yerda har yili atmosfera havosiga 80 dan 100 mln. tonnagacha chang ko‘tariladi. Shu bilan bir vaqtda, Amudaryo va Sirdaryoning deltalarida yerlarning tanazzulga uchrashi va cho‘llashish sur’atlari o‘sib bormoqda.

Orol va Orolbo‘yi muammosini yechishdagi uchta asosiy yo‘nalishlar ya’ni, birinchidan, ichimlik suvini quvurlar orqali aholiga yetkazib berish bilan hududning sanitar-epidemologik ahvolini yaxshilashga, shuningdek, yer osti chuchuk suvidan foydalanishga ham e’tibor qaratildi. Sog‘liqni saqlash va sanitariya xizmati darajasini keskin yuqoriga ko‘tarish zarurligi uqtirildi; ikkinchidan, dengizning qurigan janubiy qirgoqlarida sun’iy damba qurib, delta eksosistemasini doimiy suvlashtirish yo‘li bilan "Yashil kamar” hosil qilish; uchinchidan, dengizni o‘zini sahlash. Uni saqlash uchun unga sistematik ravishda ko‘p miqdorda suv yuborib turish kerakligi va bundan tashqari Orolni qurigan tubida saksovulzorlar barpo etish natijasida qum ko‘chishi, chang ko‘tarilishini oldini olinishi mutaxassislar tomonidan ta’kidlandi.

Tabiatimizni asrash, uni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va jamiyatda ekologik madaniyat va ekologik ongni rivojlantirish nafaqat tabiatni muhofaza qilish organlari ishi, balki shu zaminda yashayotgan har bir insonning ona Vatanimizga, uning tabiatiga bo‘lgan farzandlik burchidir.
2. Orolni qutqarib qolish mumkinmi?

Samarqandda tashkil etiladigan xalqaro forumda ana shu dolzarb masala koʻrib chiqiladi.

Ozarbayjon, Yaponiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston Turkmaniston Birlashgan Arab Amirliklari va Oʻzbekistondan 100 dan oshiq delegat, jumladan, siyosatchilar, xalqaro va hududiy tashkilotlar vakillari, olimlar 2018 yilning 16-18 oktyabr kunlari Orol dengizi havzasida mustahkam boshqaruv va ijtimoiy barqarorlikka erishish uchun innovatsion yondashuvlarni muhokama qilish maqsadida Samarqandga yigʻiladilar. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Orol dengizining qurib qolgani jahondagi eng xavfli ekologik fojialardan biri hisoblanadi. Uning oqibatlari atrof-muhit darajasidan-da tashqariga chiqqan, uning taʼsiri mazkur hududda va uning atrofida yashovchi millionlab odamlarning hayotiga taʼsir koʻrsatmoqda. Odamlar tuz va chang boʻronlaridan aziyat chekmoqdalar, biologik unumdorlik va bioxilma-xillik pasaymoqda, ekotizim holati, suv taʼminoti yomonlashmoqda, odamlarning salomatligi xatar ostida, iqlim oʻzgarganligi sababli iqtisodiy jihatdan yoʻqotishlar kuzatilmoqda.

Markaziy Osiyodagi mazkur muammo bugungi kunga kelib xalqaro darajada hal etilishi lozim boʻlgan masalaga aylandi, buning uchun fojia oqibatlarini yumshatish hamda Orol dengizi havzasining barqaror rivojlanishini taʼminlash zarurati tugʻildi.

Orol dengizi muammosidan aziyat chekkan davlatlardan biri Oʻzbekiston ekanligini eʼtiborga olib, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion usullar yordamida mahalliy hamda xalqaro mutaxassislarni jalb etgan holda mazkur dolzarb muammoni hal etish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Shu munosabat bilan ham Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Shoʻrxok tuproqli hududlardagi qishloq xoʻjaligi xalqaro markazi (ICBA), Samarqand davlat universiteti tomonidan “Orol dengizi havzasida mustahkam boshqaruv va ijtimoiy barqarorlikka erishish uchun innovatsion yondashuvlar” Xalqaro forumi tashkil etildi. Uch kun davomida boʻlib oʻtadigan tadbir Islom taraqqiyot banki (ITB), Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO), Qurgʻoq yerlarda tadqiqotlar va taʼlim xalqaro platformasi (IPDRE), AQSHning Xalqaro rivojlanish boʻyicha agentligi (USAID), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan moliyalashtiriladi.

Forum ishtirokchilari hududda yashovchi aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, suv resurslarini muhofaza qilish, aholi daromadini oshirish maqsadida innovatsion gʻoyalar, ilmiy izlanishlar, yangi texnologiyalar va siyosiy choralarni tatbiq etish boʻyicha fikr almashadilar, tajribalari bilan oʻrtoqlashadilar. Ular, shuningdek, suv resurslarini kompleks boshqarish, suv resurslari haqidagi maʼlumotlar bilan almashinish, suv va tuproqni shoʻrsizlantirish va tozalash boʻyicha aniq tavsiyalar ishlab chiqadilar, bunda mahalliy aholining qurgʻoq yerlarda suv resurslarini boshqaruvi boʻyicha tajribalari va ehtiyojlari eʼtiborga olinishi nazarda tutilgan.

Forumga tayyorgarlik koʻrish asnosida boʻlib oʻtgan qator uchrashuvlar davomida tomonlar fikr almashisharkan, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov: “Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda Orol dengizi hududidagi muammolarni hal etishga alohida eʼtibor qaratyapti. Oʻz navbatida Innovatsion rivojlanish vazirligi aholimiz duch kelayotgan keng miqyosli muammolarni bartaraf etishning ilmiy va innovatsion yechimlari ustida amaliy ishlar olib bormoqda. Oʻylaymanki, Forum bizni tashvishga solayotgan Orol dengizi muammolari sababli yuzaga kelgan tashvishlarimizga sherik boʻlayotgan hududiy va xalqaro ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining harakatlariga yangi kuch beradi” – deb taʼkidladi.

ICBA bosh direktori, doktor Ismaxan Eluafining fikricha, Orol dengizi hududida istiqomat qiluvchi aholi suv tanqisligidan aziyat chekayotgan ekan, jumladan, ichishga va qishloq xoʻjaligi ishlarini yuritishda muammolarga duch kelayotgan ekan, suv resurslaridan foydalanishning noanʼanaviy usullaridan, yaʼnikim shoʻrlangan suvni chuchuklashtirish usullaridan foydalanish potensialiga eʼtibor qaratish zarur. “Noanʼanaviy suv resurslaridan foydalanish uchun strategik investitsiyalar qilinishi ham iqtisodiy, ham ekologik jihatdan foyda keltirishi aniq.

Buning natijasida aholining oziq-ovqat bilan taʼminlanish darajasi yaxshilanadi, suv tejaladi, odamlarning daromadi oshadi, shu bilan bir qatorda ekotizimga zarar yetkazilmaydi”, deb izohladi oʻz fikrini doktor Ismaxan Eluafi.

Forum bilan bir paytning oʻzida “Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishidan kelib chiqib qishloq xoʻjalik ekinlarini diversifikatsiyalash va modellashtirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash” deb nomlangan oʻquv kurslari ham tashkil etiladi. Oʻquv mashgʻulotlari ICBA tomonidan Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston olimlari va mutaxassislari uchun oʻtkazilad



Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish