ortadi. Shuning uchun deyarli hamma madaniy o‘simliklar
sug‘orib o‘stiriladi.
Lekin ekinlami sug‘orishda suvning ortiqcha isrof bo‘-
lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Shunday qilib, o‘simliklar ildizining bosim kuchi ta’sirida
ildiz tukchalari orqali yerdan suv va unda erigan
moddalami
tuproqdan shimib oladi.
0 ‘simliklar yaxshi o‘sishi, mo‘l hosil berishi va uzoq yil
yashashi uchun tuproqqa o‘g‘it solish kerak. 0 ‘g‘it tarkibida
turli
mineral tuzlar, mikroelementlar va boshqalar bo‘ladi.
0 ‘g‘itlar, asosan, ikki guruhga bo‘linadi. Birinchisi, ham-
mamizga ma’lum bo‘lgan
organik o ‘g ‘itlar,
ya’ni go‘ng.
Ular tuproqda chirib, uning holatini yaxshilaydi va hosildor-
ligini oshiradi, o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan moddalami
hosil qiladi. Ikkinchisi -
mineral о ‘g'itlar.
Bu o‘g‘itlar kimyo
zavodlarida maxsus tayyorlanadi. Mineral o‘g‘itlar har xil
bo‘ladi. Ular azotli (selitra), fosforli va kaliyli o‘g‘itlardir.
Ular o‘simliklarga har xil ta’sir qiladi. Masalan,
azotli
o‘g‘itlar o‘simliklaming o‘sishini tezlashtirsa, fosforli va ka
liyli o‘g‘itlar mo‘l hosil to‘planishiga va uning tez pishib
yetilishiga yordam beradi. Qisqa qilib aytganda, o‘g‘itlar
mo‘l hosil garovidir.
®
1
.
0
‘simlik ildizining eng muhim vazifasi nimadan iborat?
2. Tuproqdagi suv va unda erigan moddalar o‘simlikka qanday
qilib o‘tadi?
3. Ildiz bosimining roli nimadan iborat?
4. Bahorda kesilgan daraxtlar tanasidan
nima uchun suyuqlik
(shira) oqadi?
26-§. POYADA OZIQ MODDALARNING
HARAKATLANISHI
Barcha tirik mavjudotlar singari o‘simliklar ham oziq
moddalar bilan tirik.
Shunday ekan, bu oziq moddalar
poyada qanday harakat qiladi, degan savol tug‘iladi. Tarki
bida mineral tuzlar bo‘lgan suv yog‘ochlik
orqali ildizdan
62
barglar tomon harakatlanadi. Buni tajribada sinab ko‘rish
mumkin. Buning uchun barg chiqargan novda yoki ochilib
turgan gullardan foydalanish mumkin. Agar berilgan rangli
suvga daraxtning bargli novdasini solib qo‘yib, 2-3
soatdan
keyin ko‘ndalangiga va uzunasiga kesilsa, rangli suv nov
da bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilganligi sababli yog‘ochlik qism
bo‘yalganini ko‘rish mumkin (56-rasm).
Organik moddalar lubdagi elaksimon naylar bocylab ha
rakatlanadi.
Shakar suvda oson erib, lubning elaksimon naychalari or
qali harakatlanib, o‘simlikning turli qismlarida to‘planadi. Sha
kar ayrim o‘s тй darti ng, masalan, sabzi va lavlagining ildiz-
mevasida, boshqalarming esa mevasi va urug‘ida to‘planadi.
Kartoshka tugunagida esa shakar kraxmalga aylanadi
Oziq moddalaming barglardan lubga va u orqali bosh
qa organlarga o4ishini tajribada ko‘rish mumkin.
Buning
uchun tol yoki terakning bir xil uzunlikdagi ikkita bargli
novdasidan kesib olinadi. Novdalardan birining pastki qis-
midan sal yuqorirogcidagi po‘stlog‘i
halqa shaklida kesib
olinadi. Novdalar bir vaqtda suvga solinadi. Lekin po‘stlog‘i
halqa shaklida kesilgan novdaning faqat pastki uchi suvga
tushiriladi. Oradan ikki hafta o‘tgach, nazorat uchun olingan
novdaning pastki qismida ildizlar paydo bo‘ladi. Po‘stlog‘i
halqa shaklida kesib olingan novdada esa ildizlar po‘stlog‘i
kesilgan joyi (halqa)ning yuqorisida hosil bo4ladi.
Bundan
Do'stlaringiz bilan baham: