Hujayralarning cho`zilishi. Bo`linuvchi hujayralar o`lchamining kattalashishi sitoplazma tarkibining sintezlanishi tufayli ro`y beradi.
Sitoplazma tarkibining sintezlanishi esa azotli birikmalar va boshqa oziq elementlarining hujayraga kirishi tufayli ro`y beradi.
Ko`p hujayrali o`simliklarda hujayralar bo`linishdan to.`xtaganidan so`ng o`sishning tezkor tipiga ya`ni cho`zilish tufayli o`sishga titadi. Ushbu holat faqatgina o`simliklar hujayralarigagina xos bo`lib barg yuzasi maydonining kengayishiga, poya va ildizning o`sishiga xizmat qiladi.
Cho`zilishli-o`sish hujayra markaziy vakuolasi hajmining kengayishi hisobiga bo`ladi. Vakuola tomonidan suvning surilishiga esa undagi osmotik faol moddalar miqdorining yuqoriligi sabab bo`ladi. Vakuol hajmining oshishi bilan bir vaqtda hujayra devorining yumshashi va cho`zilishi kuzatiladi.
Meristematik hujayralarning cho`zilishga o`tishi hodisasi yaxshi o`rganilmagan hisoblanadi. Hujayralarning chuzilishga o`tish holati tashqi muhitning noqulay omillariga nisbatan chidamliligidadir. Masalan RNK va oqsil sintezi ingibitorlari, hatto rentgen nurlari ta`siri ham cho`zilishni to`xtata olmaydi.
Bo`linishdan to`xtagan meristema hujayralari vakuollasha boshlaydi. Oqsil sintezlovchi tizim qayta quriladi. Bo`linuvchi hujayralarda asosan sitoplazmada turgan ribosomalar bo`linishi to`xtagan hujayralarda katta miqdorda ER membranalariga birikadi. Shuningdek RNK sintezi ortadi va bo`linishi to`xtagan hujayralarda RNK/oqsil nisbatining, bo`linuvchi hujayralardagiga nisbatan ortishi kuzatiladi. Amiloplastlarda kraxmalning yig`ilishi va pektin moddalarining sintezlanishi kuchayadi.
Hujayraning bo`linishdan to`xtab cho`zilishga o`tishi jarayoni kam o`rganilgandir. Ammo bu jarayonda fitogormonlar, xususan auksin va sitokinin gormonlarining o`rni katta deb hisoblanadi.
Hujayralarning cho `zilish tufayli o `sish davri yaxshi o`rganilgandir. Bu vaqtda oldingi davrdagi cho`zilish mexanizmi ishi ushlab turiladi. Yuksak o`simliklar hujayralarining cho`zilishi asosan auksin tufayli faollanadi.
Auksinning ta`siri tufayli hujayra devorlarining plastik cho`ziluvchanligi ortadi. Shuningdek auksin sitoplazmadan hujayra devorlari tomonga qaratilgan H+-ionlarining tashiluvi kuchayadi.
Hujayra devori fazasida pH muhit ko`rsatkichining pasayishi, undagi kislotalabil bog`larning uzilishiga olib keladi. Bundan tashqari nordon muhit hujayra komponentlarining yig`ilishida qatnashadigan nordon gidrolazalar va boshqa fermentlarning ishini yaxshilaydi. Bularning barchasi oxir-oqibatda hujayraning cho`ziluvchaniigini oshiradi. Hujayra devori turgor bosimning ortishi tufayli cho`zila boshlaydi. Hujayra ichkarisida turgor bosimning ortishiga sitoplazmadagi polimer moddalarning vakuolaning nordan gidroiazalar ta`sirida parchalanishi tufayli o`ziga suv tortuvchi osmotik faol moddalarning hosil bo`lishi hamda sitoplazmadan vakuolaga o`tishi sabab bo`ladi.
Auksinning chuzilishli - o`sishga ta`siri hujayraning cho`zilishi uchun zarur bo`Igan RNK, oqsillar sintezi va oqsillar hamda polisaxaridlarning ajralishi bilan ifodalanadi. Hujayra devorining faol o`sishi GA faoliyati bilan taminlanadi. Chunki GA vezikulalari polisaxarid komponentlar bilan taminlash bilan birga sitoplazmatik membrana yuzasining ham kengayishiga xizmat qiladi. Plazmalemmaning tashqi yuzasida sellyulozaning sintezlanishi jadallashadi..
Hujayraning uzayishi-yunalishining tanlanishi yoki uning izodiametrik o`sishi hujayra devorlaridagi sellyuloza mikrofibrillarining joylashishiga bog`Iiq. Shuni alohida takidlash zarurki, auksinning ta`siri novdalar epidermis hujayralariga anchagina katta. Ichki parenxima to`qimalarining o`sishiga muhitning nordon tomonga o`zgarishi, masalan CO2 ko`payishi ijobiy ta`sir qiladi.
O`sishning kislotalik sharoitda (pH 3-5) kuchayishi «nordon o`sish samarasi» nomini olgan. Ammo kislotalik muhit o`sishga faqatgina 1-3 soat davomida ijobiy ta`sir qilishi mumkin. Ehtimol, cho`zilish tufayli o`sish auksining va «nordon o`sish samarasi»ning birgalikdagi ta`siri tufayli bo`lishi mumkin.
Chozilish tufayli o`sishning oxirgi bosqichida hujayra devorining ligninlanishi ro`y berib fenol tabiatli ingibitorlar va ABK yig`iladi. Shuningdek auksinning umumiy miqdorini kamaytiruvchi IUK oksidaza va peroksidaza fermentlarining faolligi ortadi. Ikkinchi hujayra devori shakllanishining boshlanishi ham hujayrani cho`zilishini to`xtatishga olib keladi. Bularning barchasi hujayraning cho`zilishini sekinlashishiga va to`xtashiga olib keladi.
Hujayraning cho`zilish tufayli o`sishining deyarli barcha bosqichlarida o`z-o`zini yig`ish-tiklash jarayonlari boradi. Ushbu jarayonlar esa cho`zilish tufayli o`sish programmasini taminlovchi genetik apparat, auksin va retseptorlarning o`zaro ta`siri, murakkab fermentlar tizimining yig`ilishi, xususan bir qancha subbirliklardan tashkil topuvchi sellyulozaning sintezlanishi, o`suvchi hujayra plazmalemmasi tarkibiga GA pufakchalari membranalarining kirishi, hujayra devorida sellyuloza, gemitsellyuloza, pektin va tuzilma oqsillari molekulalarining sintezlanishi, sellyuloza mikrofibrillarining kristallanishi va boshqa bir qancha omillarning birgalikdagi faoliyati tufayli ro`y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |