Maktab o‘quvchilariga ta’lim berish, tarbiyalash
va ularning umumiy
rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur. Ta’lim tizimida ta’lim va
tarbiyaning birligi qoidasi asosiy va etakchi qoidalardan biri hisoblanadi. U didaktik
qonunlarning o‘qish va o‘qitish borasidagi tub moxiyatini ifodalaydi; Binobarin,
o‘quv
fanlarining har biri, xatto, ayrmi mavzu va mavzuchalari ham, shubxasiz
tarbiyalovchilik xarakterga ega.
Ta’lim jarayonida o‘tilayotgan katta va kichik
mavzularning mazmunidan
kelib chiqadigan tarbiyaviy tomonlarini to‘G‘ri belgilash va uni ta’lim bilan birga
bir butunlikda amalga oshirishni ta’minlash juda muhim va hal qiluvchi axamiyatga
‘ga.
Demak, bir butun ta’lim jarayonida ikki o‘zaro boG‘liqlik: xayotni bilish va
unga bo‘lgan munosabatni tarkib topish jarayoni ajralib turadi. Maktabda
beriladigan ta’lim bilan tarbiya o‘rtasidagi pedagogik jarayoning butunligini ta’min
etuvchi o‘zviy birlikhaimsha mavjud.
Maktab ta’limida o‘quvchilar tabiiy fanlarni – matematika, kimyo, biologiya,
astranomiya va boshqa fanlarni o‘zlashtirish orqali ilmiy e’tiqodlari shakllana
boradi. Ular dunyoni o‘rganish mumkinligini ilmiy asosda anglab oladilar, haqiqatga
ishonch bilan, yolG‘on narsalarga nafrat bilan qaray oladigan bo‘ladilar. Ular
ustidan xaqqoniy xukm chiqaradigan aqlli, idrokli, iymonli inson bo‘lib etishadilar.
Maktab ta’limida gumanitar fanlarning ham
tarbiyaviy axamiyati juda
muhimdir. Tarix fanini o‘zlashtirish orqali o‘quvchilar (yangi taklif etilgan fani
dasturi asosida) jumxuriyatimiz tarixi,
uning rivojlanish bosqichlari, moddiy-
madaniy, jismoniy-siyosiy, ma’naviy
jixatdan rivojlanishi, adabiy-badiiy merosi,
bobokalonlarimiz tomonidan qoldirilgan qimmatli xazinalarimiz,
xozirgacha
o‘rganilmay qolgan aql pedagogikasi durdonalari bilan tanishadilar. qo‘ying-chi,
sharqona udumlar, odatlar dunyosiga kirib boradilar, tarixning chin madadkori xalq
ommasi ekanligi haqida aniq bilimga ega bo‘ladilar. Adabiyot va san’atni o‘rganish
o‘quvchilarni chin inson qilib tarbiyalashdagi eng zarur shartlaridan biridar.
Ta’lim-tarbiyaning birligi ta’lim jarayonini to‘G‘ri tashkil qilish va
o‘qitishning xilma-xil usullaridjan foydalana olishga ko‘p jixatdan boG‘liq dir.
Ayniqsa, ta’lim bilan tarbiyaning birligini tiha’minlamoq uchun:
-
bayon qilinayotgan o‘quv materiallarining mazmuni ham ilmiy, ham G‘oyaviy
jixatdan to‘G‘ri tashkil qilinishi;
-
o‘qitilayotgan temaning ilmiy va tarbiyaviy moxiyati ochib berilishi, ta’lim
jarayonida xadislardan foydalanish imkoniyatini yaratilishi;
-
bayon qilinayotgan ilmiy bilimlarning puxta va mustaxkam o‘zlashtirilishi va
turmushda unga amal qilinishi;
-
ta’limda muammoli jarayonni vujudga keltirish, o‘quvchilarning qiziqishlari,
aktivlik, tashabbuskorliklarini ta’minlashga e’tiborning kuchaytirilishi;
-
ta’lim jarayonida o‘quvchilarning
uyushqoqlik, intizomlilik va javobgarlikni
sezish, o‘zaro yordam xislarini tarbiyalashni ta’minlamoq zarur.