MONOXROMLI MONITORLAR
Monoxromli monitorlar rangli monitorlarga qaraganda bir-muncha arzonroq, tiniqroq tasvirga va yuqori o`tkazish qobiliyatiga ega, «qo`l rangni» o`nlab tuslarini aks etgirish imkoniyatini beradi, inson salomatligi uchun zararsizroqdir. SHuning uchun ko`plab malakali dasturchilar aynan ularni afzal ko`radilar.
Monoxromli monitorlar ichida quyidagilar boshqalariga nisbatan ko`proq ishlatiladi:
• bevosita boshqariladigan monoxromli monitorlar, ular matnli va psevdografik belgilarni aks ettirishda yuqori o`tkazish qobiliyatini ta`minlaydi, lekin ular alohida piksellardan tashkil topgan grafik tasvirlarni shakllantirish uchun mo`ljallanmagan; ular faqatgina monoxromli videonazoratchilar bilan birgalikda ishlaydi;
• kompozitli monoxromli monitorlar, ular rangli grafikli adapter bilan birgalikda ishlaganda ham belgili, ham grafikli ma`lumotlarni yaxshi sifat bilan aks etgirishni ta`minlaydi (lekin, tabiiyki, ko`proq monoxrom: yashil yoki tiniq sariq rangli tasvirni beradi).
Do'stlaringiz bilan baham: |