MONITORLARNING ERGONOMIKLIGI
Monitorning ergonomikligi o`lchamlar, og`irlik, dizayn kabi tavsiflarning muvaffaqiyatli tanlanganligi bilan ham, monitorning inson salomatligi uchun zararsizligi bilan ham belgilanadi.
Elektromagnit nurlanishlar va elektrostatik maydonning inson organizniga ta`siri quyida himoya filtrlarini ko`rib chiqishda to`liq bayon qilingan. Bu erda shuni ta`kidlash joizki, yuqori chastotali radionurlanish kattaligi monitorni yoyish chastotasi ortishi bilan kattalashadi, lekin yaxshi ekranlashtirishda sezilarli kamayadi; elektrostatik maydon uchun birinchi bog`liqlik ahamiyatga ega emas.
Hozirda asosan LR tipidagi (Low Radiation) past darajadagi nurlanishli, ba`zi birlari esa elektrostatik maydondan ekranni himoyalovchi monitorlar (AS - Anti Static tipidagi monitorlar) ishlab chiqarilmaydi, lekin ular o`lchash va testlash bo`yicha SHveciya milliy kengashi tomonidan ishlab chiqilgan MPR standarti Specifikaciyalarini kanoatlantirishi lozim. Birinchi MPR I Specifikaciyasi asosan elektromagnit maydon uchun: 1-400 kGc oraliqdagi chastota uchun me`yorlarni o`rnatdi, ikkinchi MPR II elektrostatik maydon uchun ham kengaytirildi, lekin unda elektromagnit maydon uchun ham jiddiy qattiq me`yorlar o`rnatilgan; hozir MPR II hamma yuqori sifatli xonadon monitorlari uchun de facto (amaldagi) standarti bo`lib qoldi. Professional monitorlar uchun yanada talabchanroq xalqaro ikkita TSO 92 va TSO 95 standartlari mavjud, ular turli xil nurlanishlar va maydonlarning ruxsat etilgan kattaliklarini ham, monitorning elektr ta`minotini boshqarish rejimlarini -ham belgilaydi.
Energiyani tejash tizimiga G tipidagi (Green) monitorlar egadir. Ular DPMS (Display Power Managment Signaling) Specifikaciyalarini kanoatlantirishi lozim, u monitorni aktiv ishlashdan chiqarish usulini bosqichlar bo`yicha ta`riflaydi:
• on (ish rejimi - 100-200 Vt);
• standy (kutish rejimi - energiyani istemol qilish 30 Vt dan ortiq emas);
• suspend (ishni to`xtatish - 8 Vt dan ortiq emas);
• off (uzish).
Monitorlarning boshqarish tavsiflari ichida quyidagilarni ta`kidlash kerak:
• tekis (15 dyuym va undan yuqori diagonalli monitorlarning ba`zi bir modellarida) yoki qabariq ekranning (birinchi variant afzalroq: tasvirni katta to`g`ri to`rtburchakligi, kichik aks etgan shu`lalar) borligi; Monitorlarning ba`zi bir modellarining ekranlari maxsus aks etgan shu`lalarga qarshi qoplamaga ega;
• VESA Specifikaciyasi hisobiga monitorlarda apparat yo`li bilan DDC (Display Data Channel) uzatish kanaliga amalga oshiriladigan Plug&Play standartini ta`minlash. DDC monitor - adapter teskari aloqasi kanali hisoblanadi: u bo`yicha monitor o`zining markasi, kompaniya ishlab chiqaruvchi, seriyali nomeri, o`zi ishlay oladigan chastotalar va rejimlarni «xabar» qiladi. Bu ma`lumotlar bo`yicha monitor ishining optimal rejimi avtomatik tanlanadi.
Hozirgi vaqtda ko`p sonli firmalar katta miqdordagi turli monitorlarni taklif etmoqdalar, lekin ularning turlarini rasm qiluvchilari Samsung, Daewoo va Sony firmalaridir (diagrammaga qarang), lekin haqiqatda keyingi yillarda Gold Star (LG Electronics) va View Sonic firmalari yaxshi monitorlarni etkazib bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |