MONITORLARNING O`TKAZISH QOBILIYATI
Videomonitorlar odatda ikki rejimda: matnli va grafikli rejimlarda ishlashi mumkin.
Matnli rejimda monitor ekranidagi tasvir tovush generatori bilan shakllantirilib kengaytiriladigan ASCII to`planining belgilaridan tashkil topgan (psevdografika belgilarini ishlatilgan holda foydalanib tuzilgan oddiy rasmlar, gistogrammalar, ramkalar bo`lishi mumkin).
Grafikli rejimda ekranga alohida mozaik (naqshinkor) elementlardan - piksellardan (pixel-picture element) shakllantirilgan murakkab sxemalar va chizmalar va harflarning turli xil shrifgli va o`lchamli yozuvlari, videotasvirlar chiqariladi.
Monitorlarning yuqori o`tkazish qobiliyati eng avvalo grafikli rejimda kerak va piksel o`lchani bilan bog`liqdir.
O`tkazish qobiliyati monitor ekranida gorizontal va vertikal bo`yicha ujoylashtiriladigan piksellarning maksimal soni bilan o`lchanadi. O`tkazish qobiliyati monitor tavsiflariga ham va xattoki yuqori darajada, videonazoratchi tavsiflariga ham bog`liq bo`ladi. Zamonaviy monitorlarning o`tkazish qobiliyatini standart qiymatlari: 640x480, 800x600, 1024x768, 1280x1024, 1600x1200, lekin amalda boshqa qiymatlar ham bo`lishi mumkin. SHuni ta`kidlash joizki, o`tkazish qobiliyati qanchalik katta bo`lsa, multichastotali monitorlarda kadrli yoyish chastotasi shunchalik past bo`ladi, lekin har qanday holatda ham u 65 Gc dan pasaymaydi (masalan, Sony Multiscvan 20 sf II moni-torida 640x480 o`tkazishda kadrlar chastotasi - 150 Gc, 800x600 da - 120 Gc, 1024x768 da - 100 Gc, 1280x 1024 da - 80 Gc va 1600x 1200 da - 67 Gc).
Videonazoratchi tavsiflaridan o`tkazish qobiliyatiga va monitor ekranidagi tasvir sifatiga uning videoxotirasi sig`imi ko`proq ta`sir etadi.
O`tkazish qobiliyatini va ekrandagi tasvirning tiniqligini aniqlaydigan monitorning o`zining muhim tavsifi monitor ekrani lyuninoform donchasi (nuqtani-dot pitch) o`lchamidir: nuqta qanchalik kichik bo`lsa, tabiiyki, tiniqlik shunchalik yuqori bo`ladi va ko`zlar shunchalik kam charchaydi. Nuqta kattaligi zamonaviy monitorlarda 0,23 dan 0,28 mm gacha bo`ladi. Qatiy aytganda, nuqtaning diametri emas, balki nuqtalarning markazlari orasidagi masofa ahamiyatga egadir.
Shuni hisobga olish kerakki, katta nuqtali monitorlarda yuqori o`tkazish qobiliyatiga erishish mumkin emas. Masalan, diagonali 14 dyuym bo`lgan ekran 265 mm kenglikka ega bo`ladi, gorizontal bo`yicha 1024 ta nuqtali o`tkazish qobiliyatini olish uchun nuqta o`lchani 265/1024q0,22 mm dan oshmasligi kerak, aks holda piksellar qo`shilib ketadi va tasvir tiniq bo`lmaydi.
IBM PC kompyuterlari bilan birgalikda ham rangli, ham monoxrom monitorlar tiplari ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |