Chokli payvandlash mashinalari
Mashina korpusi (1) ichida payvandlash transformatori (3) va elektr yuritma (2) li roliklarni aylantirish mexanizmi joylashgan (15.3-rasm).
2.2-rasm. Chokli payvandlash mashinasi.
Aylanuvchi roliklar (7) korinishidagi elektrodlar tok keltiruvchi tizimlar bilak birgalikda yuqorigi (8) va pastki (6) rolik kallaklarini hosil qiladi.
Chokli payvandlash mashinalarining texnik tavsifi
Paramtrlari
|
Bir fazali mashinalar
|
O‘zgarmas tok mashinalari
|
МШ–100
|
МШ–1601
|
МШ–2001
|
МШ–3201
|
МШ–1601
|
МШ–6301
|
МШ–8001
|
Nominal tok kuchi, кА:
payvandlash toki
uzoq muddatli ikkilamchi tok
|
10
7
|
16
11,25
|
20
14
|
32
22
|
16
11,2
|
63
36
|
80
45
|
Nominal quvvat, кVА
|
31
|
75
|
127
|
323
|
133
|
533
|
730
|
Ikkilamchi kuchlanishini rostlash chegaralari, V
|
1,7–3,5
|
2,14–4,28
|
4–6
|
5,6–8,2
|
–
|
–
|
–
|
Transformatsiya koeffitsientini rostlash bosqichlari soni
|
8
|
8
|
6
|
6
|
8
|
24
|
8
|
Elektrodlar qulochi, mm
|
400
|
400
|
800
|
800
|
2500
|
1200
|
1500
|
Eng katta siqish kuchi, N
|
2450
|
4900
|
7850
|
11750
|
19600
|
19600
|
32000
|
Elektrodning umumiy yurishi (ish yurishi + qo‘shimcha yurish), mm
|
2
|
–
|
–
|
–
|
10–25
|
10–25
|
25–150
|
Roliklar uzluksiz aylanganda payvandlash tezligi, m/min
|
1–5
|
0,8–4,5
|
0,4–4,5
|
0,35–4,5
|
0,2–8
|
0,2–8
|
–
|
Roliklar qadamli aylanishda ish sur’atini rostlash chegaralari, minutiga payvandlash
|
–
|
–
|
–
|
–
|
10–250
|
10–250
|
25–150
|
Payvandlanadigan materiallar qalinliklari diapazoni, mm:
Kam uglerodli po‘latlar
Korroziyabardosh va issiqqa chidamli po‘latlar hamda titan qotishmalar
Aluminiy va magniy qotishmalari
|
0,5–1,2
–
–
|
0,5–1,5
–
–
|
0,5–0,8
–
–
|
0,8–3
–
–
|
–
0,3–3
0,5–3
|
–
0,3–3
0,5–3
|
–
1,5-6
0,5–3
|
Gabarit o‘lchamlari, mm:
Balandligi
Eni
Uzunligi
|
1405
510
1270
|
1455
510
1770
|
2295
720
2395
|
2395
720
2255
|
3320
960
3680
|
3510
1165
2955
|
3700
1160
3060
|
Og‘irligi, kg
|
526
|
620
|
1350
|
1700
|
3700
|
4450
|
7000
|
Yuqorigi rolik pnevmoyuritma (10) li siqish mexanizmidan polzun (9) bilan birga harkatlanadi. Payvandlash konturining tok keltiruvchi va elektr kuch qismlari (konsollar, kronshteyn (5) va b.) nuqtali payvandlash mashinasidagidan boshqacha ishlangan. Tashqaridan sovitish bilan payvandlashda suvni to‘kish uchun tog‘ora (4) dan foydalaniladi. Zamonaviy chokli payvandlash mashinalarida gardishlarning ko‘ndalang va bo‘ylama choklarini payvandlash uchun yuqorigi va pastki roliklarni osongina sozlash nazarda tutilgan.
Ammo faqat ko’ndalang yoki bo‘ylama choklar payvandlashga mo‘ljallangan mashinalar ham ishlab chiqariladi. MШ–3201 bir fazali o’zgaruvchan to’k mashinalar va to’k ikilamchi konturida to’g’rilanadigan MШВ–1202, MШВ–1601, MШВ–4002, MШВ–8001, MШВ–12001 mashinalari eng ko‘p qo‘llaniladi.
Lаbоrаtоriyani bаjаrish tаrtibi.
1. Rolikli payvandlash mashinalarini chizmada ko’rsatilgan sxemasi bilan taqqoslab, qisimlarini o’rganish.
3. Rolikli payvandlash mashinalarini ishga tayorlashni o’rganish.
Nаzоrаt sаvоllаri
1. Chokli payvandlash moxiyat nimadan iborat?
2. Chokli payvandlash jarayonlarini qaysi parametrlariga kura tasniflash mumkin?
3. Chokli payvandlash qaysi sohalarda qo‘llaniladi?
3 – Lаbоrаtоriya ishi.
Uchma-uch kontaktli payvandlash mashinalari tuzilishini o’rganish.
Yuqori mustaxkamlikni ta’minlaydigan yuzalarni biriktirish ketma-ketligini tanlash.
Ish hаjmi: lаbоrаtоriya ishi 4 sоаt аuditоriya vаqtidа ishlаshgа mo‘ljаllаngаn.
Ishdаn mаqsаd:
Uchma-uch kontaktli payvandlash mashinalari tuzilishini o’rganish.
Yuqori mustaxkamlikni ta’minlaydigan nuqtalar qo’yish ketma-ketligini tanlash.
Qisqаchа nаzаriy mа’lumоt. Uchma-uch payvandlash mashinasi quyidagi asosiy uzel va apparatlardan tashkil topgan (3.1-rasm): stanina 2, qo‘zgalmas 8 va harakatlanuvchi 4 plitalar, uzatish yuritmasi 3, qisuvchi mis elektrodlar 7, himoya to’sig’I 5, hamda tirak qurilmalar.
Stanina ichiga bosqichlarni almashlab ulagichi bo‘lgan payvandlash transformatori 1 o‘rnatilgan.
Transformator ikkilamchi kontur vositasida mashina mis elektrodlari 7 bilan bog‘langan. Bu elektrodlar mashinaning plitalari va qisuvchi qurilmalarga o‘rnatilgan. Mashina korpusi ichiga payvandlash transformatorini ulash va mashina ishini boshqarish uchun apparatlar joylangan.
Uchma-uch payvandlash mashinalarini ushbu guruhlarga ajratish mumkin:
1) MС—3, MС—301, MС—5001, MСС—1601, MСС—2501 — asosan po‘latlar va rangli metallardan ishlangan har xil diametrli simlarni qarshilik bilan payvandlash uchun kichik quvvatli avtomat mashinalar;
2) MСР—25, MС—50, MСР—75, MСР—100, MС—801, MС—1202, MС—1602, MСO—0802 — uzluksiz eritib, qizdirgan holda eritib va qarshilik bilan payvandlash uchun richagli uzatish mexanizmi bo‘lgan o‘rtacha quvvatli avtomat mashinalari;
3) MСMУ—150, MС—1604, MСO—301, MСO—602 — eritib payvandlash uchun avtomat mashinalar;
4) K617, K607, K566M — impulsli eritib payvandlash uchun avtomat mashinalar.
Ushbu tur kontakt payvandlash mashinalarining o’rnatilish jarayoni ko’p ma’suliyatni talab etadi. Ya’ni texnologik mashina sotib olinayotgan vaqtda jihozning shartnomadagi spetsifikatsiyasini yaxshi o’rganib chiqish, texnologik mashinani yetkazib berganda uni jihozlarini sinmaganligini sinchiklab tekshirib qabul qilib olish, ba’zi qurilmalari qolib ketmaganligiga ishonch hosil qilish, agar jihozlarda qandaydir xatolik topilsa zudlik bilan mahsulot yetkazib beruvchiga murojaat etish lozim.
Lаbоrаtоriyani bаjаrish tаrtibi.
1. Uchma-uch kontaktlab payvandlash mashinalarini chizmada ko’rsatilgan sxemasi bilan taqqoslab, qisimlarini o’rganish.
3. Uchma-uch kontaktlab payvandlash mashinalarini ishga tayorlashni o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |