Tekshirish uchun savollari
1. Kontaktli payvandlashda mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalarni konstruksiyalashaning o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering.
2. Mexanizatsiyalashtirilgan potok liniya deb nimani aytiladi?
3. Avtomatik liniya deb nimani aytiladi?
4. Sanoat roboti deb nimani aytiladi?
5. Sanoat robotlari qaysi belgilariga ko‘ra tasniflanadi?
6. Sanoat robotlarining asosiy tavsiflarini aytib bering.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI FAKULTETI
“TEXNOLOGIK MASHINALAR VA JIXOZLAR” KAFEDRASI
“ BOSIM OSTIDA PAYVANDLASH” FANIDAN
5320300 ― “Texnologik mashina va jihozlari” (mashinasozlik va metalga ishlov berish) yo`nalishi talabalari uchun
AMALIY ISHLARINI BAJARISH BO’YICHA
USLUBIY KO’RSATMA
Andijon -2021
KIRISH
Mazkur uslubiy ko`rsatma 5320300 - Texnologik mashina va jixozlar (mashinasozlik va metalga ishlov berish) yo`nalishlaridagi talabalarga “Bosim ostida payvandlash” fanidan amaliy mashg`ulotlarni bajarishda foydalanish uchun mo`ljallangan. Uslubiy qo`llanma jami 11 ta amaliy mashg`ulot 36 soatga mo`ljallangan bo`lib, ishning maqsadi, nazariy ma‘lumot, ishni bajarish uchun zarur jihozlar, material va asboblar, ishni bajarish tartibi va ish xaqida xulosa qisimlaridan iborat.
1-Amaliy mashg`ulot
Nuqtali payvandlash mashinalari
I. Ishdаn mаqsаd: Nuqtali payvandlash mashinalarini tuzilishini o`rganish.
II. Qisqаchа nаzаriy mа’lumоt: Nuqtali kontakt payvandlash mashinalari (1) korpus va uning yonida payvandlash transformatori (2) joylashgan. Ikkilamchi o’ram (14) kolodkalari konsollar (7) va (10), elektrod tutqichlar (8) hamda elektrodlar (9) ga egiluvchan (3), (12) va bikr (4), (11), (13) shinalar vositasida biriktirilgan. Elektrodlardan biri (odatda ustkisi) siqish mexanizmi (16) yordamida polzun (15) bilan birga suriladi va detallarni siqadi. Pastki konsolni yukdan holi qilish va bikrligini oshirish uchun, domkrat (6) vositasida ko‘tarilib tusha oladigan kronshteyn (5) xizmat qiladi.
O‘zgarmas tokda ishlaydigan bir fazali nuqtali payvandlash mashinalari MT–604, MT–803, MTP–1110, MTP–1409, MTP–240q, MT–I8I8, MT–2102, MT–4019 po‘latlar va titan qotishmalarini payvandlashga eng moslashgan. Bunday mashinalarda yengil qotishmalarni payvandlashga energiya juda ko‘p sarflanadi va detal va elektrodlarning yuzasi tez ifloslanadi.
MTB–2001, MTBP–400I, MTВ–6304, MTВ–8002, MTB–16002 o‘zgarmas tok mashinalari va past chastotali MTH–7501 mashinalari istalgan payvandlanuvchi metallardan yasalgan buyumlarni payvandlash uchun tavsiya qilingan, chunki ularda tok impulsi qulay shaklda bo‘ladi va energiya nisbatan kam sarflanadi.
MTK–2001, MTK–5502, MTK–6301, MTK–8004, TKM–17 kondensatorli mashinalarning energiya sig’imi eng kam bo‘lib, 0,1–2 mm qalinlikdagi kam uglerodli po‘latlarni, 0,1–1,5 mm qalinlikdagi korroziyabardosh po‘latlarni, mis, aluminiy va magniy qotishmalarini payvandlashga mo‘ljallangan.
Nuqtali payvandlash mashinasi.
1-jadal
Do'stlaringiz bilan baham: |